1. Nomoddiy aktivlarning mohiyati, ahamiyati, o‘ziga xos belgilari va auditining xususiyatlari.
2. Nomoddiy aktivlar auditini tashkil etish va o‘tkazishning umumiy tartibi
3. Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimi sintetik hisobini hamda soliqqa tortishning to‘g‘riligini tekshirish.
4. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirishning to‘g‘riligini tekshirish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Nomoddiyaktivlarningmohiyati,ahamiyati,o‘ziga xos belgilari va auditiningxususiyatlari Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi tufayli korxona mablag‘lari va mablag‘lar manbalarini, Shuningdek, ularning ha-rakatini buxgalteriya hisobida aks ettirish uslubida ham sezilarli o‘zgarish-lar ro‘y berdi. Buxgalteriya hisobining obyekti bo‘lgan va tegishli nazorat o‘rnatilishini talab etuvchi xo‘jalik mablag‘larining yangi turlari paydo bo‘ldi. Bozor islohotlarining chuqurlashtirilishi va iqtisodyotning erkin-lashtirilishi tufayli korxonalar, firmalar va aksiyadorlik jamiyatlarining xo‘jalik yuritish amaliyotida mulkchilik va muomalalarning yangicha tur-lari kirib kelmoqda. Bulardan biri nomoddiy aktivlardir.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, litsenziyalar, «nou-xou», savdo mar-kalari, tovar belgilari, sanoat namunalari, dasturiy ta’minot, gudvill, tash-kiliy xarajatlar, franshizalar, mualliflik huquqlari, yer va tabiiy resurs-lardan foydalanish huquqlari, xizmat ko‘rsatish belgilari va boshqalar kiradi.
Tashqi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, qo‘shma korxonalar va aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi sababli nomoddiy aktivlar hisobi va auditi oldiga muayyan talablar qo‘yilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu sohada bir qancha masalalar ho-zirgi kunda o‘z yechimini kutmoqda, xalqaro tajriba sust o‘rganilmoqda.
Ik-kinchi tomondan, nomoddiy aktivlar haqiqatan, hatto dunyo amaliyoti uchun ham murakkab va xilma-xil tushuncha bo‘lib, xususan ularni hisob-ga olish va hisobotda aks ettirish hamda auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha yagona xalqaro va milliy standartlarning yo‘qligi hamda bu muammolar bo‘yicha davom etib kelayotgan printsipial kelishmovchiliklar bundan dalolat beradi.
Xususan, bizning respublikamizda ham nomoddiy aktivlarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar hali ishlab chiqil-magan.
Hozirgi kunda nomoddiy aktivlarni hisobda va hisobotda aks ettirish masalalariga sezilarli darajada e’tibor kuchaydi. Bular iqtisodiy aloqalar-ning rivojlanishi va chet el investitsiyalarining ko‘plab jalb qilinishi, mo-liya bozorlarining rivojlanishi; jahon iqtisodiyotida yakkahokimlik uchun raqobatli kurashning kuchayishi, fan-texnika taraqqiyotining jadallashishi va murakkablashuvi kabi jahon iqtisodiy taraqqiyoti umumiy tendensiya-larining qonuniy oqibati hisoblanadi.
Mavjud me’yoriy hujjatlar va amaliy tajribaga tayangan holda nomod-diy aktivlar auditini quyidagi tartibda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir: hi-sob obyektlarining nomoddiy aktivlar qatoriga to‘g‘ri kiritilganligi, intel-lektual mulk, sanoat namunalari va shunga o‘xshashlar uchun korxonaga mulkiy huquq beradigan hujjatlarni tahlil qilish, hujjatlarda aks ettirilgan qiymat ko‘rsatkichlarini o‘rganish, nomoddiy aktivlar kirimi, eskirish hisoblash va hisobdan chiqarilishiga doir muomalalarning buxgalterlik hisobida to‘g‘ri aks ettirilishi; nomoddiy aktivlarning haqiqatda mavjud-ligini inventarizatsiya qilish; nomoddiy aktivlarni hisobga olish va uning huquqiy jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi haqidagi xulosalarni umum-lashtirish va aniqlangan xato kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha tadbirlar bel-gilash.
Mohiyatiga ko‘ra nomoddiy aktivlar qatoriga jismoniy shaklga ega bo‘lmagan, lekin korxona faoliyatida uning boshqa aktivlari qatorida qat-nashib daromad keltiruvchi mablag‘lar kiritiladi.
Patentlar, litsenziyalar, savdo markalari, savdo belgilari, mualliflik hu-quqlari kabi nomoddiy aktivlarning mohiyati O‘zbekiston Respublikasi-ning tegishli yuridik qonunlari bilan tartibga solib turiladi.
Nomoddiy aktivlarning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat: bu-yumlashgan ko‘rinishga ega emasligi; uzoq vaqt davomida ishlatilishi; korxonaga foyda keltirish; ularni ishlatishdan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hajmining nisbatan yuqori darajadagi noaniqligi.
Nomoddiy aktivlarning mohiyatiga ko‘ra xususiyatlarini ko‘rib chiqa-miz: sanoat intellektual mulk obyektlariga kashfiyot huquqi, sanoat namu-nalari, tovar belgilari, savdo markalari, xizmat ko‘rsatish belgilari kiradi. Kashfiyot huquqi kashfiyot egasiga qaror qabul qilish uchun maxsus beril-gan huquqdir. Kashfiyotlarni muhofaza qilishning eng ko‘p tarqalgan tizi-mi ularni patentlashdir.