“Ноорганик бирикмаларни физик усуллар билан тадқиқоти”



Yüklə 375,5 Kb.
səhifə1/2
tarix17.09.2022
ölçüsü375,5 Kb.
#63725
  1   2
fizik kimyo test 250 - last


Kimyo mutaxassisligida o’qitiladigan “fizikaviy kimyo” fanidan test savollari

  1. Quyidagi olimlardan qaysi biri o’zbekistonda fizik - kimyoning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shgan?

  1. Murtazaev

  2. Usmonov

  3. Raximov

  4. Oripov

  1. Quyidagi olimlardan qaysi biri o’zbekistonlda polimerlar fizikaviy kimyosi ustida izlanishlar qilib fizkolloid kimyoning rivojlanishaga o’z hissasini qo’shib kelmoqda?

  1. Rustamov

  2. Murtazaev

  3. Raximov

  4. Usmonov

  1. Quyidagi olimlardan qaysi biri o’zbekistonda mineral o’g’itlarni yangi turlarini yaratish ustida ishlagan va o’g’itlarning fizikaviy kimyosini o’rgangan?

  1. Usmonov

  2. Nabiev

  3. Murtazaev

  4. Raximov

  1. Gitratlar nazariyasini quyidagi olimlardan qaysi biri yaratgan?

  1. Gess

  2. Mendeleev

  3. Lomonosov

  4. Kablukov

  1. Motorning elektr oqimi yordamida ishlashiga elektr energiya qaysi tur energiyaga aylanadi?

  1. Issiqlik energiyaga

  2. Kinetikaviy energiyaga

  3. Mexanikaviy energiyaga

  4. Potentsial energiyaga

  1. Jismning harakatdagi ish bajarish energiyasi qaysi tur energiyaga mansub?

  1. Kinetikaviy energiyaga

  2. Issiqlik energiyasi

  3. Elektr energiyaga

  4. Mexanikaviy energiyaga

  1. Bir turdagi energiyaning boshqa turdagi energiyaga aylanishini kimyoning qaysi bo’limini o’rganadi?

  1. Kinetika

  2. Fotokimyo

  3. Termodinamik

  4. Termokimyo

  1. Kimyoviy reaktsiyalarnining issiqlik effektini fiz kimyoning qaysi bo’limini o’rganadi?

  1. Termokimyo

  2. Fotokimyo

  3. Elektrkimyo

  4. Ermodinamika

  1. Oddiy moddalardan bir mol murakkab modda olishda ajralib chiqqan yoki yutilgan issiqlik qanday isiqlik deyiladi?

  1. Hosil bo’lish issiqligi

  2. Birikish issiqligi

  3. Yonish issiqligi

  4. Neytrallanish issiqligi

  1. Kimyoviy reaktsiyalarning issiqlik effekti reaktsiyada ishtirok etadigan moddalarning boshlang’ich va oxirgi holatlaridagina bog’liq, lekin boshlang’ich holatdan oxirga holatga qanday yo’l bilan o’tilganligiga bog’liq emas – degan ta‘rif qaysi qonunga ta‘luqli.

  1. Vant – Goff qonuni

  2. Gess qonuni

  3. Gey – Lyussak qonuni

  4. Massalar ta‘siri qonuni

  1. Oziq – ovqat texnologiyasida ovqat kaloriyaliligi hamda tuyimliligi qaysi qonunga asosan aniqlanadi?

  1. Energiyaning saqlanish qonuni

  2. Massalar ta‘siri qonuni

  3. Gey – Lyussak qonuni

  4. Avagadro qonuni

  1. Har qanday sistema umumiy energiyaning o’zgarmas haroratda foydali ishga aylana oladigan qismiga qanday energiya deyiladi?

  1. Elektr energiya

  2. Bog’langan energiya

  3. Kinetikaviy energiya

  4. Erkin energiya

  1. Ichki energiyaning hech qanday sharoitda foydali ishga aylantirib bo’lmaydigan va faqat issiqlikka aylanib, tarqalib ketishi mumkin bo’lgan qismiga qanday energiya deyiladi?

  1. Ichki energiya

  2. Potentsial energiya

  3. Erkin energiya

  4. Issiqlik energiya

  1. Tarkibida ikki yoki bir necha modda bor bir jinsli sistemalarga nima deyiladi?

  1. Eruvchi modda

  2. Eritma

  3. Suyuqlanma

  4. Sistema

  1. Eritmada biror moddaning miqdori boshqalariga nisbatan 16ko’p bo’lsa, unga nima deyiladi?

  1. Suyuqlanma

  2. Erituvchi

  3. Erigan modda

  4. Dispers faza

  1. Eritmadagi erigan moddaning massa ulushi nimalarda ifodalanadi?

  1. Grammlarda

  2. Millilitrlarda

  3. Foizlarda

  4. Mollarda

  1. Reaktsiyaga kirishayotgan moddalarning ikkalasi ham bir xil fazada bo’lsa va ular orasida chegara sirtlar bo’lmasa bunday reaktsiyalarga qanday reaktsiya deyiladi?

  1. Gomogen reaktsiya

  2. Birikish reaktsiyasi

  3. O’rin olish reaktsiyasi

  4. Geterogen reaktsiya

  1. Kimyoviy reaktsiyaning tezligi reaktsiyaga kirishayotgan moddalar kontsentratsiyalarining ko’paytmasiga proportsionaldir. Bu qaysi qonunning ta‘rifi?

  1. Massalar ta‘siri qonuni

  2. Ekvivalentlar qonuni

  3. Moddalar massasining saqlanish qonuni

  4. Avogadro qonuni

  1. Fotosintez ta‘limotining asoschisi kim?

  1. Zelinskiy

  2. Lomonosov

  3. Mendeleev

  4. Temiryazev

  1. Reaktsiya maxsulotlari o’zaro ta‘sirlashib, dastlabki moddalarni hosil qilsa, bu qaysi tur reaktsiya hisoblanadi?

  1. Qaytmas reaktsiya

  2. Qaytar reaktsiya

  3. Almashinish reaktsiyasi

  4. Neytrallanish reaktsiyasi

  1. Reaktsiya jarayonida kimyoviy muvozanat qaysi holatda qaror topadi?

  1. Teskari reaktsiyada

  2. To’g’ri reaktsiyada

  3. To’g’ri va teskari reaktsiya tezliklari tenglashganda

  4. Tezlik kamayganda

  1. Agar kimyoviy muvozanatda turgan sistemaga tashqaridan biror ta‘sir (kontsentratsiya, harorat yoki bosimning o’zgarishi) ettirilsa, sistema ichida shu ta‘sirni kamaytirishga intiladigan jarayonlar sodir bo’ladi deb qaysi olim aytgan?

  1. Vant-Goff

  2. Guldberg

  3. Le-shatele

  4. Gess

  1. Erituvchi molekulalarining past kontsentratsiyali eritmadan yuqori kontsentratsiyali eritmaga yarim o’tkazgich parda orqali o’tish xodisasiga nima deyiladi?

  1. Diffuziya

  2. Osmos

  3. Sublimatsiya

  4. Bug’lanish

  1. Osmotik bosimi bir xil bo’lgan eritmalarga qanday eritmalar deyiladi?

  1. Suyultirilgan eritma

  2. Izotonik eritma

  3. To’yinmagan eritma

  4. To’yingan eritma

  1. O’simliklarda suvning harakatlanishi va uning ildizidan barglarning uchigacha ko’tarilishini ta‘minlovchi asosiy kuch nima?

  1. Broun harakati

  2. Diffuziya

  3. Osmotik bosim

  4. Plazmoliz

  1. Xujayradagi suvning bug’lanib ketishi natijasida ular bujmayib o’simlik so’liy boshlaydi, bu jarayon nima deyiladi?

  1. Sedimentatsiya

  2. Broun harakati

  3. Plazmoliz

  4. Osmotik bosim

  1. Agar moddalar har xil fazalarda reaktsiyaga kirishsa, bunga qanday reaktsiya deyiladi?

  1. Geterogen reaktsiya

  2. Birikish reaktsiya

  3. Zanjir reaktsiya

  4. Qaytmas reaktsiya

  1. Kimyoviy sistemalarda ba‘zi tashkil qiluvchi modda kimyoviy jarayon vaqtida hosil bo’ladi, bunga qanday modda deyiladi?

  1. Oraliq modda

  2. Dastlabki modda

  3. Oxirgi modda

  4. Mustaqil bo’lmagan modda

  1. Karbonat angidrid gazining suvdagi eritmasi qaysi tur eritmaga mansub?

  1. Gaz eritma

  2. Ishqor eritma

  3. Tuz eritma

  4. Suyuq eritma

  1. Po’lat va cho’yanlar qaysi tur eritmaga mansub?

  1. Zich eritma

  2. Qattiq eritma

  3. Dag’al eritma

  4. Bufer eritma

  1. Bir vaqtning o’zida necha molekula eritmaga o’tsa, shuncha molekula qaytadan kristallanadi. Bunda qanday eritma hosil bo’ladi?

  1. Kontsentrlangan eritma

  2. Suyultirilgan eritma

  3. To’yingan eritma

  4. To’yinmagan eritma

  1. Agar eritma kontsentratsiyasi kristallanish darajasiga yetmasa, unda qanday eritma hosil bo’ladi?

  1. Suyultirilgan eritma

  2. Kontsentrlangan eritma

  3. To’yinmagan eritma

  4. To’yingan eritma

  1. Agar eritma qizdirib turib to’yintirilsa-yu, sekinlik bilan sovitilsa qanday eritma hosil bo’ladi?

  1. Suyultirilgan eritma

  2. To’yingan eritma

  3. O’ta to’yingan eritma

  4. To’yinmagan eritma

  1. Elektrolit suyuqlanmasidan yoki uning suvli eritmasidan elektr oqimi o’tkazilganda bo’ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoniga nima deyiladi?

  1. Dissotsiatsiya

  2. Gidroliz

  3. Elektroliz

  4. Piroliz

  1. Natriy xloridning suyuqlanmasi elektroliz qilinganda katodda qaysi modda hosil bo’ladi?

  1. Vodorod

  2. Kislorod

  3. Natriy metall

  4. Xlor

  1. Natriy xloridning suvdagi eritmasi elektroliz qilinganda katodda qaysi modda hosil bo’ladi?

  1. Kislorod

  2. Xlor

  3. Vodorod

  4. Natriy metali


  1. Natriy nitratning suvdagi eritmasi elektroliz qilinganda anodda qaysi modda hosil bo’ladi?

  1. Kislorod

  2. Vodorod

  3. Azot

  4. Natriy metali

  1. Quyidagi moddalarning qaysi biri birinchi turdagi o’tkazuvchilarga misol bo’ladi?

  1. Metallar

  2. Tuz eritmalari

  3. Ishqor eritmalari

  4. Kislota eritmalari

  1. Elektrodlarda hosil bo’lgan moddalar miqdori elektrolit orqali o’tgan elektr oqimi kuchiga va elektr oqimi o’tgan vaqtga to’g’ri proportsional bo’ladi degan ta‘rif qaysi qonun ta‘rifi hisoblanadi?

  1. Gess qonuni

  2. Faradeyning birinchi qonuni

  3. Vant Goff qonuni

  4. Faradeyning ikkinchi qonuni

  1. Bir xil miqdordagi elektr oqimi har xil elektrolitlarni parchalaganda kimyoviy ekvivalentlariga teng miqdordagi moddalarni hosil qiladi – degan ta‘rif qaysi qonun ta‘rifi hisoblanadi?

  1. Faradeyning ikkinchi qonuni

  2. Gess qonuni

  3. Massalar ta‘siri qonuni

  4. Faradeyning birinchi qonuni

  1. Kimyoviy reaktsiyalarning vaqt bo’yicha o’zgarish qonuniyatlarini ya‘ni kimyoviy reaktsiyalar tezligini kimyoning qaysi bo’limi o’rganadi?

  1. Elektrokimyo

  2. Kimyoviy kinetika

  3. Termodinamika

  4. Termokimyo

  1. Kimyoviy reaktsiyalarning tezligi reaktsiyaga kirishayotgan moddalar kontsentratsiyalarining ko’paytmasiga proportsionaldir – degan ta‘rif qaysi qonunning ta‘rifi hisoblanadi?

  1. Vant Goff qonuni

  2. Genri qonuni

  3. Massalar ta‘siri qonuni

  4. Gey Lyussak qonuni

  1. Harorat har 100c ko’tarilganda reaktsiya tezligi taxminan 2–4 marta ortadi – degan ta‘rif qaysi qonunning ta‘rifi?

  1. Gey Lyussak qonuni

  2. Massalar saqlanish qonuni

  3. Massalar ta‘siri qonuni

  4. Vant Goff qonuni

  1. Kimyoviy reaktsiya tezligining katalizatorlar ishtirokida o’zgarishiga nima deyiladi?

  1. Sedimentatsiya

  2. Piroliz

  3. Kataliz

  4. Dializ

  1. Reaktsiyaga kirishuvchi moddalar bilan katalizatorlar ishtirokida o’zgarishiga nima deyiladi?

  1. Musbat kataliz

  2. Manfiy kataliz

  3. Gomogen kataliz

  4. Geterogen kataliz




  1. Agar katalizator reaktsiya tezligini oshirsa, bunday jarayon qanday kataliz deyiladi?

  1. Geterogen kataliz

  2. Gomogen kataliz

  3. Musbat kataliz

  4. Manfiy kataliz

  1. Katalizator qo’shilganda reaktsiya tezligi kamayadigan bo’lsa, bunday jarayonga qanday kataliz deyiladi?

  1. Musbat kataliz

  2. Gomogen kataliz

  3. Geterogen kataliz

  4. Manfiy kataliz

  1. Reaktsiyaga kirishuvchi moddalar bilan katalizator turli agregat holatlarda bo’ladigan reaktsiyalar qanday kataliz deyiladi?

  1. Geterogen kataliz

  2. Fermentativ kataliz

  3. Musbat kataliz

  4. Manfiy kataliz

  1. Hayvon va o’simlik organizmlarining to’qima va xujayralarida sodir bo’ladigan reaktsiyalar qaysi kataliz tufayli tezlashib turadi?

  1. Fermentativ kataliz

  2. Musbat kataliz

  3. Manfiy kataliz

  4. Gomogen kataliz

  1. Eritmada erigan modda kontsentratsiyasining o’z–o’ziga bir tekis tarqalib tenglashuviga nima deyiladi?

  1. Diffuziya

  2. Plazmoliz

  3. Piroliz

  4. Kataliz

  1. Fizikaviy kimyoning tekshirish usullari

  1. Kinetikaviy nazariya

  2. Kvanlar mexanikasi

  3. Termodinamika

  4. Kinetikaviy nazariya va kvanlar mexanikasi

  1. FIZIKAVIY KIMYONING AHMIYATI.

  1. Qishloq xo’jaligidagi, sanoat tarmoqlaridagi, texnologik jarayonlardagi amaliy

  2. Qishloq xo’jaligidagi

  3. Texnologik jarayonlardagi amaliy

  4. Sanoat tarmoqlaridagi

  1. ENERGIYA VA UNING MAVJUD BO’LISH shakllari.

  1. Kinetik, potentsial, ichki energiya. Kundalik turmushdagi va tabiatdagi almashinuvlari, issiqlik va ish to’g’risida ma‘lumotlar.

  2. Potentsial

  3. Kinetik

  4. Kinetik, potentsial, ichki energiya

  1. Ichki energiya, ish va issiqlik orasidagi o’zaro bog’liqlik temodinamikaning qaysi qonuni orqali ifodalanadi.

  1. Termodinamikaning bitinchi qonuni

  2. Gess qonuni

  3. Avagadroning qonuni

  4. Gey – Lyussak qonuni




  1. Termodinamik sistemalarga qaysi sistemalar kiradi.

  1. Gomogen va geterogen sistemalar, izolyatsiyalangan sistema

  2. Izoxorik.

  3. Izobarik

  4. Izotermik

  1. Kristall modda nima?

  1. Muayyan shakldagi va muayyan suyuqlanish temperaturasiga ega bo‘lmagan qattiq modda

  2. Muayyan shakldagi va muayyan suyuqlanish temperaturasiga ega bo‘lgan qattiq modda

  3. Faqat muayyan qaynash temperaturasiga ega bo‘lgan modda

  4. O‘zidan elektr tokini o‘tkazuvchi qattiq modda

  1. Amorf modda nima?

  1. Zarrachalari tartibsiz joylashgan va muayyan suyuqlanish temperaturasiga ega bo‘lgan qattiq modda.

  2. Fizik xossalari yo‘nalishlar bo‘yicha farq qiluvchi qattiq modda.

  3. Suyuqlanish temperaturasi muayyan bo‘lgan qattiq modda.

  4. Zarrachalari tartibli joylashgan va suyuqlanish temperaturasi o‘zgaruvchan bo‘lgan qattiq modda.

  1. Kristall moddaning asosiy xossalari.

  1. Anizotropik, bir jinsli ma’lum bir geometrik shaklga ega va simmetrik.

  2. Anizotropiya va izotropiya.

  3. Izotropiya va simmetriya.

  4. Bir jinsli, geometrik shaklga ega bo‘lmaydi.

  1. Amorf moddaning asosiy xossalari.

  1. Izotropiya.

  2. Anizotropiya.

  3. Yo‘nalishiga qarab fizikaviy xossalarining o‘zgaruvchanligi.

  4. Suyuqlanish va qaynash temperaturalarining to‘g‘ri bo‘lishi.

  1. Kristall panjaralar qanday tasavvur qilinadi.

  1. Kristallrni tashkil etgan zarrachalar shu kristallarning xajmida tartib bilan geometrik qonuniyat ravishda joylashadi.

  2. Xar xil geometrik shaklga ega bo‘lgan katakcha.

  3. Xar xil xajmga ega bo‘lgan katakcha.

  4. Qattiq moddalarning atom va molekulalari betartib joylashgan katakcha.

  1. Kristall panjara xillari.

  1. Ion, atom, metall va molekulyar panjaralar.

  2. Faqat ion va atom panjara.

  3. Faqat atom va metall panjara.

  4. Molekulyar panjara.

  1. Simmetriya elementlari nimalardan iborat?

  1. Simmetriya o‘qi (L), simmetriya tekisligi (R) va simmetriya markazi(S).

  2. Simmetriya o‘qlari (L) va simmetriya tekisligi (R).

  3. Simmetriya o‘qlari (L) va simmetriya markazi (S).

  4. Simmetriya tekisligi (R) va simmetriya markazi (S).

  1. Elementar katakcha deb nimaga aytiladi?

  1. Panjaraning kristall strukturasini ko‘rsatadigan kichik bir xajmli elementar katakchaga aytiladi.

  2. Kristall panjaraning bir qismi.

  3. Kristall panjaraning geometrik shakli kub xolatida bo‘lgan bir bo‘lagi.

  4. Zarrachalar joylashgan kristall panjaraning bir qismi.

  1. Elementar katakchaning parametrlarini belgilang.

  1. Elementar katakchaning uch yo‘nalish bo‘yicha (a, b, s) razmeri va ularning burchaklari orasidagi (, , ) qiymatlari.

  2. Elementar katakchaning geometrik shakli.

  3. Elementar katakchaning geometrik shakli va tomonlarining katta kichikligi.

  4. Elementar katakchaning geometrik shakli va uning tomonlari o‘rtasidagi burchaklari.

  1. Rentgen nuri kim tomonidan va nechanchi yili kashf qilingan?

  1. Rentgen, 1895

  2. Rengten, 1900

  3. Laue, 1890.

  4. Laue, 1912.

  1. Rentgen nurlarining asosiy xossalari.

  1. Ko‘zga ko‘rinmaydi, gazlarni ionlantiradi, foto plastinkaning emulsiyasiga ta’sir ko‘rsatadi va qattiq jismlardan o‘ta olish xususiyatiga ega.

  2. Ko‘zga ko‘rinmaydi, qattiq jismlardan o‘ta olmaydi.

  3. Qattiq jismlardan o‘ta oladi, foto plastinkaning emulsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

  4. Ko‘zga ko‘rinmaydi, gazlarni oinlantira olmaydi.

  1. Rentgen nurlarining kristalldagi difraksiyasi kim tomonidan va nechanchi yilda topilgan?

  1. Laue, 1912.

  2. Vulf, 1915

  3. Rentgen, 1895.

  4. Breg, 1914.

  1. Rentgen nurlarining asosiy parametrlari.

  1. Rentgen nuri yo‘nalish (s), to‘lqin uzunligi () va uning amplitudasiga (Eo), boshlang‘ich fazasiga () ega.

  2. Rentgen nuri yo‘nalish (s) va to‘lqin uzunligiga () ega.

  3. Rentgen nuri to‘lqin uzunligi () va uning amplitudasiga (Eo) ega.

  4. Rentgen nuri yo‘nalish (s) va boshlang‘ich fazasiga () ega.

  1. Bregg formulasining matematik ifodasi.

  1. N = 2dsin.

  2. D = 2nsin.

  3. Nsin = 2d.

  4. Sin = 2dn

  1. Bregg formulasidagi “d” nimani ifodalaydi?

  1. Kristall panjaradagi tekisliklararo masofa.

  2. Elementar katakchaning elementar kattaliklaridan biri.

  3. Butun songa teng bo‘lgan koeffitsient.

  4. Proporsionallik koeffitsienti.

  1. Rentgenofazaviy analiz usulidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

  1. Kukun xolidagi kristall moddalarning fazalarini aniqlashda.

  2. Kristall xoldagi moddalarning atom strukturasini aniqlashda.

  3. Amorf moddalarning fazalarini aniqlashda.

  4. Izomorf moddalarning fazalarini aniqlashda.

  1. Rentgentstrukturaviy analiz usulidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

  1. Kristall xoldagi moddalarning atom strukturasini aniqlashda.

  2. Poroshok xolidagi moddalarni bir-biridan ajratishda.

  3. Kristall moddalarning kimyoviy xossalarini o‘rganishda.

  4. Amorf xoldagi moddalarning strukturasini o‘rganishda.

  1. Rentgenografiya, elektronografiya va neytronografiya usullari bir-biridan nima bilan farqlanadi?

  1. Kristallning atom panjarasidagi difraksiyaga uchrayotgan nurlarning tabiati bilan.

  2. Atom strukturasi aniqlanayotgan moddalarning tuzilishining murakkabligi bilan.

  3. Atom strukturasi aniqlanayotgan moddalarning agregat xolati (qattiq, suyuq, gazsimon) bilan.

  4. Atom strukturasi aniqlanayotgan moddaning fizik-kimyoviy xossalari bilan.




  1. Elektronlarning atom va ion radiuslari bir-biridan farq qiladimi?

  1. Musbat ionning radiusi neytral atomning radiusidan kichik bo‘ladi. Manfiy ionning radiusi neytral atomning radiusidan katta bo‘ladi.

  2. Musbat ionning radiusi neytral atomning radiusidan katta bo‘ladi.

  3. Manfiy ionning radiusi neytral stomning radiusidan kichik bo‘ladi.

  4. Musbat va manfiy ionlarning radiuslari neytral atomlarning radiuslariga teng bo‘ladi.

  1. Kristall moddalardagi kimyoviy bog‘larning turlari qanday?

  1. Kristall moddalarning panjaralarida joylashgan zarachalarning o‘rtasida kovalent, ion, metall tipidagi bog‘lar va molekulalararo tortishish tipidagi bog‘lar bo‘lishi mumkin.

  2. Faqat kovalent va ion tipidagi bog‘lar.

  3. Faqat kovalent va metall tipidagi bog‘lar.

  4. Faqat ion va molekulalararol tipidagi bog‘lar.

  1. Brave elementar katakchalari bir-biridan nima bilan farq qiladi?

  1. Brave elementar katakchalari bir-biridan xar xil geometrik shaklga, xar xil simmetriya elementlariga ega bo‘lishi va katakchalarda zarrachalari xar xil joylashishga ega bo‘lishi bilan bir-biridan farq qiladi.

  2. Faqat katakchalarning xar xil simmetriya elementlariga ega bo‘lishi bilan.

  3. Faqat elementar katakchalardagi zarrachalarning xar xil joylashinishi bilan.

  4. Faqat xar xil geometrik shaklga ega ekanligi bilan.

  1. Brave elementar katakchalarning soni nechta?

  1. 14ta

  2. 10 ta

  3. 12 ta.

  4. 8 ta.

  1. Qanday moddalar izomorf moddalar deb ataladi?

  1. Kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga o‘xshash ba’zi moddalarning kristallari bir xildagi shaklda bo‘ladigan moddalar.

  2. Kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga o‘xshash, lekin kristallari xar xil shaklda bo‘ladigan moddalar.

  3. Kimyoviy xossalari bilan bir-biridan farq qiladigan, lekin kristallari bir xil shaklda bo‘ladigan moddalar.

  4. Kimyoviy xossalari va kristallari shakli bilan farq qiladigan moddalar.

  1. Qanday moddalar polimorf moddalar hisoblanadi?

  1. Sharoitga qarab turli shaklda kristallar hosil qilishi mumkin bo‘lgan moddalar.

  2. Sharoitga qarab bir xil shakldagi kristallar hosil qilishi mumkin bo‘lgan xar xil moddalar.

  3. Sharoitga qarab kristall yoki amorf holdagi qattiq moddalar hosil qiluvchi moddalar.

  4. Sharoitga qarab amorf holdagi moddalar hosil qiluvchi moddalar.

  1. Rentgenostrukturaviy analizning birinchi bosqichi nimalardan iborat.

  1. Rentgenostrukturaviy analizning birinchi bosqichi elementar katakchaning parametrlarini va simmetriya sining fazoviy parametrlarini aniqlash va elementar katakchaga to‘g‘ri keladigan struktura birligining sonini topish.

  2. Faqat elementar katakchaning parametrlarini aniqlashdan.

  3. Faqat elementar katakchaning to‘g‘ri keladigan struktura birligi (yoki molekulalar soni) ni aniqlashdan.

  4. Faqat elementar katakchaning simmetriyasini (simmetriyaning fazoviy guruhini) aniqlashdan.

  1. Rentgenostrukturaviy analizning ikkinchi bosqichi nimalardan iborat?

  1. Difraksiyaga uchragan nurlarning intensivligini o‘lchash orqali elementar katakchadagi atomlarning koordinatini aniqlab, moddaning strukturasini aniqlash.

  2. Faqat difraksiyaga uchragan nurlarni intensivligini o‘lchash.

  3. Faqat elementar katakchadagi atomlarning koordinatini aniqlash.

  4. Olingan natijalar bo‘yicha tekshirilayotgan moddaning strukturasini aniqlash.




  1. Rentgenostrukturaviy analiz usuli kuimyoviy birikmalarning tadqiqotidagi o‘rni.

  1. Faqat moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini strukturasi orqali tushuntrish.

  2. Qattiq moddalarni asosan fizik-kimyoviy xossalarini tushuntirib berish.

  3. Faqat moddalarning stereokimyoviy muammolarini tushuntirish.

  4. Moddalarning xossalarini ularning strukturasiga bog‘liqligi, ya’ni fundamental muammo «struktura-xossa» qilishda tushuntrish.

  1. Kristall moddaning anizotropiya va izotropiya xossalarining bir-biridan farqi

  1. Yo‘nalishlari bo‘yicha farq qiladi

  2. Bir-biridan farq qilmaydi

  3. Faqat agregat holati bilan farqlanadi

  4. Simmetriya elementlari bilan farqlanadi

  1. Kristall moddaning anizotropiya xossasi

  1. Moddalarning yo‘nalish bo‘yicha xossalari o‘zgarishi

  2. Moddalarni simmetriya elementlari o‘zgaishi

  3. Moddalarni agregat holatini o‘zgarishi

  4. Moddalarni kristall holatini o‘zgarishi

  1. Amorf moddalarda qanday simmetriya elementlari bo‘ladi?

  1. Simmetriya elementlari umuman bo‘lmaydi

  2. Simmetriya tekisligi

  3. Simmetriya yo‘q

  4. Simmetriya markazi

  1. Kristall moddalarda simmetriya elementlaridan qaysi biri bo‘ladi?

  1. Hamma simmetriya elementlari bo‘lishi mumkin

  2. Faqat simmetriya markazi

  3. Faqat simmetriya o‘qi

  4. Faqat simmetriya tekisligi

  1. Nechta simmetriya guruhlari (yoki nuqtaviy simmetriya gruppalari) bor?

  1. 32 ta

  2. 18 ta

  3. 36 ta

  4. 24 ta

  1. Kim tomonidan fazoviy simmetriya gruppalari soni aniqlangan?

  1. Fedrov

  2. Belov

  3. Breg

  4. Vulf

  1. Fazoviy simmetriya gruppalarini soni nechta?

  1. 230

  2. 180

  3. 225

  4. 235

  1. Rentgen nurlarini zarrachalar oqimi deb aytish mumkinmi?

  1. Zarryadlangan katta energiyaga ega bo‘lgna nur

  2. Mumkin

  3. Ham zarracha va elektromagnit to‘lqin

  4. Protonlar oqimi

  1. Fazoviy simmetriya gruppalari deb nimaga aytiladi?

  1. Ham ochiq, ham yopiq operatsiyalardan iborat bo‘lgan va fazoda uch (3) yo‘nalishda harakat qiladigan simmetriya gruppalariga aytiladi.

  2. Faqat ochiq operatsiyalardan iborat bo‘lgan va fazoda bir yo‘nalishda harakat qiladigan simmetriya gruppalariga aytiladi.

  3. Faqat ochiq operatsiyadan iborat bo‘lgan va fazoda bir yo‘nalishda harakat qiladigan simmetriya gruppalarga aytiladi.

  4. Faqat uch yo‘nalishi bo‘yicha harakat qiladigan simmetriya gruppalariga aytiladi.

  1. Nuqtaviy simmetriya gruppalari deb nimaga aytiladi?

  1. Agar simmetriya gruppasi faqat ypiq operatsiyalardan iborat bo‘lsa ular nuqtaviy simmetriya gruppalari deyiladi

  2. Agar simmetriya gruppasi faqat ochiq operatsiyadan iborat bo‘lsa ular nuqtaviy simmetriya gruppalari deyiladi

  3. Agar simmetriya gruppasi kristall strukturasi tuzilishini ifodalasa ular nuqtaviy simmetriya gruppasi deb ataladi

  4. Agar simmetriya gruppasi elementar katakchani simmetriyadan aniqlansa ular nuqtaviy simmetriya gruppasi deyiladi

  1. Nechta difraksiya effektini olish usullari bor?

  1. 3 ta

  2. 2 ta

  3. 4 ta

  4. 5 ta

  1. Difraksiya effektini olish usullari

  1. Polixromatik, poroshkogramma va monokristall aylantirish usullaridan iborat

  2. Faqat polixromatik usul

  3. Faqat poroshkogramma (debayagramma) usuli

  4. Faqat monokristall aylantirish usuli

  1. Laue sharoitini to‘liq matematik ifodasi

  1. A(cos1 – cosx1)q v(cos2 – cosx2)qq c(cos3 – cosx3)qr

  2. C(cos - cosx)qr

  3. V(cos -cosx)qq

  4. A(cos - cosx)q

  1. Spektroskopik tadqiqotda qaysi usullar qo‘llaniladi?

  1. Elektron-, tebranma spektroskopiya

  2. Elektron spektroskopiya

  3. EPR- spektroskopiya

  4. Tebranma spektroskopiya

  1. Radiospektroskopiya usullaridan qanday elektromagnit nurlar ishlatiladi?

  1. Qisqa to‘lqinli radionurlar

  2. Infra-qizil nurlar

  3. Ultra-binafsha nurlar

  4. Rentgen nurlar

  1. Elektron spektroskopiyada molekulaning qanday harakatlari kuzatiladi?

  1. Elektronlar harakati

  2. Molekulani aylanma harakati

  3. Kimyoviy bog‘ni tebranma harakati

  4. Molekulani energetik pog‘onalardagi

  1. Elektron spektroskopiyada qanday elektromagnit nurlardan foydalaniladi?

  1. Ultra-binafsha nurlar va ko‘rinuvchi nurlari

  2. Rentgen nurlari

  3. Infra-qizil nurlari

  4. Gamma nurlari

  1. Tebranma spektroskopiyada qanday elektromagnit nurlar qo‘llaniladi?

  1. Infra-qizil nurlar va qutblangan nurlar

  2. Ultra-binafsha nurlar va ko‘rinuvchi nurlari

  3. Rentgen nurlari

  4. Gamma nurlari.

  1. Simmetriyaga ega bo‘lgan molekulada nechta simmetriya elementlari bor?

  1. 5 ta

  2. 3 ta

  3. 2 ta

  4. 4 ta

  1. Simmetriya o‘qi nimani bildiradi?

  1. O‘q atrofida aylangandagi molekulani o‘xshash holatlari

  2. Molekulani aylanish markazini

  3. Molekulani og‘irlik tayanchini

  4. Molekulani tebranma harakatini

  1. Ammiak molekulasida qanday simmetriya elementlari mavjud?

  1. 1 ta uchinchi tartibli simmetriya o‘qi va 3 ta vertikal simmetriya tekisligi

  2. Simmetriya o‘qi yo‘q

  3. 2 ta ikkinchi tartibli simmetriya o‘qi

  4. 2 ta gorizontal simmetriya tekisligi

  1. Mors potensial energiyasi fizik ma’nosi nima?

  1. Ikki atomli molekulani asosiy holatdagi qo‘zg‘algan holatga o‘tish energetik pog‘onasi va dissotsiatsiya energiyasi

  2. Energetik pog‘onalar farqi

  3. Qo‘zg‘algan va asosiy holat energiyalari farqi

  4. Atomlar orasidagi masofa va bog‘lanish energiyasi

  1. Frank-Kondon qoidasi nimani bildiradi?

  1. Molekulani energatik o‘tishida atomlar o‘z holatini o‘zgartirmaydi.

  2. Atomlararo masofa o‘zgaradi.

  3. Molekula tuzilishi bir holatdan boshqa holatga o‘tadi.

  4. Molekula qo‘zg‘algan holatga o‘tadi.

  1. Elektron spektrlarida kompleks birikmalar uchun qanday ma’lumotlar olinadi?

  1. Kompleks birikmalarni tuzilishi va koordinatsion soni, ligandlarni bog‘lanishi haqida.

  2. Markaziy atomni koordinatsion soni haqida

  3. Ligandni metal ioni bilan bog‘lanish tabiati haqida

  4. Kompleks birikmani kimyoviy tarkibi haqida

  1. Ligandlarni spektroskopik qatori nmani bildiradi?

  1. Kompleks hosil qiluvchi markaziy atomga nisbattan donorlik qobiliyati

  2. Ligand molekulasini tabiatini

  3. Ichki sferadagi ligandni siqib chiqarishni

  4. Sis- va trans- tuzilishdagi kompleks hosil bo‘lishini

  1. IK-spektroskopiyasida qanday birikmalar o‘rganiladi?

  1. Molekulani dipol momentiga ega bo‘lishi shart.

  2. Molekula har xil atomlardan tuzilgan bo‘lishi kerak.

  3. Molekula bir xil atomlardan tuzilgan bo‘lishi kerak.

  4. Molekulada dipol momenti bo‘lishi shart.

  1. Infra –qizil spektroskopiyasida qanday birikmalar tahlil qilinadi?

  1. Molekulani asosiy va qo‘zg‘algan holatlarida dipol momenti o‘zgarishi kerak.

  2. Ion bog‘i bo‘lmagan molekulalar o‘rganiladi.

  3. Molekulani dipol moment o‘zgarmasligi kerak.

  4. Dipol momenti bo‘lmagan molekulalar o‘rganiladi?

  1. Chiziqsiz (fazoviy) tuzilishga ega bo‘lgan 3 atomli molekulani IK-spektrida nechta tebranma chastotalari kuzatiladi?

  1. 3 ta tebranma chastotalari kuzatiladi.

  2. 2 ta tebranma chastotalari kuzatiladi.

  3. 4 ta tebranma chastotalari kuzatiladi.

  4. 1 ta tebranma chastotalari kuzatiladi.

  1. Chiziqli tuzilishga ega bo‘lgan 4 atomli molekulani IK-spektrida nechta tebranma chastotalari kuzatiladi?

  1. 7 ta tebranma chastotalari kuzatiladi

  2. 5 ta tebranma chastotalari kuzatiladi

  3. 3 ta tebranma chastotalari kuzatiladi

  4. 2 ta tebranma chastotalari kuzatiladi

  1. Ko‘p atomli molekulani IK- spektrida qanday tebranma harakatlariga mos chastotalar kuzatiladi?

  1. Valent tebranish (simmetrik va nosimmetrik) deformatsion tebranish

  2. Faqat valent tebranishlar

  3. Faqat deformatsion tebranish

  4. Nosimmetrik valent tebranish

  1. Mochevina molekulasi metall ioni bilan azot atomi orasida koordinatsion bog‘ hosil qilsa IK- spektrida qaysi bog‘larning tebranishi chastotalari o‘zgaradi?

  1. va bog‘larining chastotasi o‘zgaradi

  2. va bog‘larining chastotasi o‘zgaradi.

  3. Faqat bog‘ining chastotasi o‘zgaradi.

  4. ning chastotasi kamayadi

  1. Mochevina molekulasi kobalt ioni bilan kislorod atomi orqali koordinatsion bog‘ hosil qilsa IQ- spektrida qaysi bog‘larning tebranish chastotalari o‘zgaradi?

  1. bog‘ining tebranish chastotasi o‘zgaradi.

  2. bog‘ining tebranish chastotasi o‘zgaradi.

  3. va bog‘larining tebranish chastotasi o‘zgaradi.

  4. Faqat bog‘ining tebranish chastotasi o‘zgaradi.

  1. Yadromagnit rezonans (YAMR) usuli bilan qanday kimyoviy birikmalar o‘rganiladi?

  1. Yadro magnit momenti ega bo‘lgan birikmalar

  2. Paramagnit xossasiga ega bo‘lgan birikmalar

  3. Juft elektron spiniga ega bo‘lgan birikmalar

  4. Yadro magnit momenti ega bo‘lmagan birikmalar

  1. YAMR spektrlarida qanday o‘lchov birligi qabul qilingan?

  1. Milli ulush

  2. Gers

  3. Angstrem

  4. Nanometr

  1. Proton magnit rezonans (PMR) spektroskopiyasi YAMR spektroskopiyasidan nima bilan farq qiladi?

  1. PMR-da faqat vodorod (proton) yadrolari o‘rganiladi.

  2. Har xil yadroli molekulalar o‘rganiladi.

  3. Izoten yadroli molekulalar o‘rganiladi.

  4. PMR va yamrlarni bir-biridan farqi yo‘q.

  1. PMR-spektrlarining maydoni (intensivligi) nimani bildiradi?

  1. Elektron manfiy atom bilan bog‘langan vodorod atomlarini sonini bildiradi.

  2. Aniq javob yo‘q

  3. Molekuladagi umumiy vodorod atomlarini sonini bildiradi.

  4. Uglerod atomlari sonini bildiradi

  1. PMR-spektroskopiyasida qanday erituvchilar qo‘llaniladi?

  1. Vodorod atomlari bo‘lmagan erituvchilar.

  2. Dixloretan

  3. Nopolyar erituvchilar

  4. Har xil spirtlar.

  1. Yadro spini bilan elektron spini ta’sirlanishi natijasida EPR-spektrida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

  1. Spektrda nozik va o‘ta nozik chiziqlar paydo bo‘ladi.

  2. Hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi.

  3. Spektr ikki xilga bo‘linadi.

  4. Spektr parametrlari o‘zgaradi.

  1. EPR- va YAMR-spektroskopiyasida spin gamiltonion nimani anglatadi?

  1. Elektronning kristall panjara spin orbital, yadro spin magnit maydoni bilan ta’sirlanishini.

  2. Spektrni intensivligini.

  3. Elektronning kinetik energiyasini.

  4. Spektrning magnit maydonidagi o‘rnini.

Yadro spinli bo‘lganda qanday energetik o‘tish holatlari kuzatiladi?

  1. 4 ta energetik o‘tish.

  2. O‘tish kuzatilmaydi.

  3. 1 ta energetik o‘tish.

  4. 2 ta energetik o‘tish.

  1. EPR-spektrining intensivligi nimani bildiradi.

  1. Paramagnit ionini konsentratsiyasini.

  2. Radioto‘lqin energiyasini.

  3. Spin sonini

  4. Rezonans energiyasini.

  1. IK-spektroskopiyasida qanday bog‘ tabiatli birikmalar o‘rganiladi?

  1. Dipol momentiga ega bo‘lgan moddalar.

  2. Ion bog‘li moddalar.

  3. Kristall moddalar.

  4. Kovalent bog‘li moddalar.

  1. Kombinatsion tarqalish spektroskopiyasida qanday moddalar o‘rganiladi?

  1. Dipol momenti yo‘q moddalar

  2. Amorf moddalar.

  3. Faqat kovalent bog‘li moddalar.

  4. Ion bog‘li moddalar

  1. Diffuzionsion qaytarilish spektrlari moddaning qanday agregat holatda olinadi?

  1. Qattiq holatda.

  2. Suyuq

  3. Eritmada

  4. Gaz

  1. Gibridlanish turiga qarab molekulaning fazoviy tuzilishini aniqlash mumkinmi?

  1. Mumkin.

  2. Mumkin emas.

  3. Gibridlanishni molekula tuzilishiga aloqasi yo‘q.

  4. To‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Kompleks birikmalarning rangi qanday omillarga bog‘liq?

  1. Markaziy atom bilan ligandlar elektrostatik ta’siriga.

  2. Markaziy atom tabiatiga.

  3. Ligand turiga.

  4. Gibridlanish darajasiga

  1. Rentgen faza analiz usuli bilan kimyoviy moddaning qanday holatlari aniqlanadi?

  1. Kristall va amorf holati.

  2. Qattiq holati

  3. Kristall holati.

  4. Suyuq holati.

  1. Rentgen faza analiz usuli bilan aralash moddalarning aniqlash mumkinmi?

  1. Aralash moddalarni fazoviy va kimyoviy tarkibi aniqlanadi.

  2. Aralashmani tarkibi aniqlanadi.

  3. Aralash moddalarni miqdori aniqlanadi.

  4. Aralashmani kimyoviy tarkibi topiladi.

  1. Rentgenogrammani indutsirlash asosida molekula tuzilishi uchun qanday kattaliklar hisoblanadi.

  1. Kristall parametrlari va elementar yacheyka tarkibi

  2. Molekula tuzilishi.

  3. Moddaning kristallik darajasi.

  4. Kristall panjara tuzilishi.

  1. Termik analiz usulida kimyoviy birikmalar uchun qanday ma’lumotlar olinadi?

  1. Moddaning erish parchalanish temperaturalari aniqlanadi.

  2. Moddaning gaz holatiga o‘tishi aniqlanadi.

  3. Moddaning suyuq holatga qtishi aniqlanadi.

  4. Qayta krstallanish temperaturasi topiladi.

  1. Moddalarni termik parchalanishida endoeffekt nimani bildiradi?

  1. Parchalanish issiqlik yutilishi bilan boradi.

  2. Termik parchalanish past temperaturada boradi.

  3. Parchalanish issiqlik chiqishi bilan boradi.

  4. Parchalanish yuqori temperaturada boradi.

  1. Moddalarni parchalanishida ekzoeffekt nimani bildiradi?

  1. Parchalanish issiqlik chiqishi bilan boradi

  2. Parchalanish issiqlik yutilishi bilan boradi

  3. Parchalanish yuqori temperaturada boradi.

  4. Parchalanish past temperaturada boradi.

  1. Termik degidratatsiya nimani anglatadi?

  1. Modda tarkibidagi gidrat suv molekulalarini ajralishini

  2. Moddaning parchalanishini

  3. Moddaning qurish jarayonini

  4. Moddaning suvga nisbattan beqarorligini

  1. Termik deaktotatsiya nimani anglatadi?

  1. Koordinatsiya ga uchragan suv molekulasini ajralib chiqishini

  2. Ichki sferadagi suvni tashqi sferaga o‘tishini

  3. Moddaning kristallogidrat suvda erishini

  4. Modda tarkibidagi suv molekulalarini barqarorligini

  1. Tiomochevinani termik izomerlanishida qanday modda hosil bo‘ladi?

  1. Ammoniy rodanid

  2. Ammiak

  3. Vodorod sulfid

  4. Ammoniy sulfide

  1. Termik analiz asosida modda parchalanishini qanday termodinamik kattaliklari aniqlanadi?

  1. Entalpiya va entropiya

  2. Parchalanish energiyasi

  3. Gibbs energiyasi

  4. Modda hosil bo‘lish issiqligi

  1. Qutbli bog‘lar tebranish chastotalari qanday spektroskopiya usullari bilan tahlil qilinadi?

  1. IK- spektroskopiyasi

  2. Elektron spektroskopiya

  3. Kombinatsion tarqalish spektroskopiyasi

  4. EPR- spektroskopiyasi

  1. Qutbsiz bog‘lar tebranish chastotalari qaysi chpektroskopiya usuli bilan tahlil qilinadi?

  1. Kombinatsion tarqalish spektroskopiyasi bilan

  2. IK- spektroskopiyasi

  3. PMR- spektroskopiyasi

  4. Elektron spektroskopiyasi

  1. Elektron spektroskopiyasida moddalarni qanday holatda tahlil qilinadi?

  1. Suyuq va eritma holatida

  2. Faqat eritma holatida

  3. Qattiq holatda

  4. Gaz holatida

  1. Kompleks birikmalarni eritmadagi tarkibi qaysi spektroskopiya usuli bilan aniqlanadi?

  1. Elektron spektroskopiyani turi-spektrofotometriya

  2. IK-spektroskopiya

  3. Kombinatsion tarqalish spektroskopiya

  4. PMR- spektroskopiya

gibridlanishga ega bo‘lgan birikmalar qanday geometrik tuzilishga ega?

  1. Tekis kvadrat

  2. Tetraedr

  3. Oktaedr

  4. Piramida

gibridlanishga ega bo‘lgan birikmalar qanday geometrik tuzilishga ega?

  1. Oktaedr

  2. Tekis kvadrat

  3. Tetraedr

  4. Piramida

  1. Nima sababdan gomoyadroli molekulalar doimiy dipol momentiga ega emas?

  1. Molekuladagi atomlarning nisbiy elektromanfiyligi o‘zaro teng

  2. Gomoyadroli molekulalardagi kimyoviy bog‘lar kovalent bog‘lar

  3. Ular elektr maydonga kiritilganda qutblanmaydi

  4. Yadrolarning massasi o‘zaro teng

  1. Nima uchun gomoyadroli molekulalar infraqizil spektr namoyon qilmaydi?

  1. Ular doimiy dipol momentiga ega emas

  2. Ular garmonik tebranma harakat qiladi

  3. Ularda tebranma harakat ro‘y bermaydi

  4. Ular nolinchi tebranish energiyasiga ega emas

  1. Atomlar qo‘zg‘algan holatga o‘tishi uchun qanday ichki harakat kuzatilishi kerak?

  1. Elektron o‘tishlar

  2. Aylanma harakat

  3. Tebranma harakat

  4. Yadro spini yo‘nalishining o‘zgarishi

  1. Molekulalar qo‘zg‘algan holatga o‘tishi uchun ularda qanday ichki harakatlar ro‘y bera olishi mumkin?

  1. Molekulalarda aylanma, tebranma yoki to‘liq o‘tish ro‘y berishi

  2. Molekulada tebranma harakatlarni aloxida ro‘y berishi

  3. Molekulada aylanma va elektron o‘tishning birgalikda ro‘y berishi

  4. Molekulada elektron o‘tishning ro‘y berishi

  1. Nima uchun molekulalarda aylanma,tebranma o‘tishlar natijasida moddaning rangi o‘zgarmaydi?

  1. Bunday o‘tishlar chastotalari ko‘rinuvchi soha chastotalaridan kichik bo‘ladi

  2. Tebranma o‘tishlar radioto‘lqinlaridir

  3. Tebranma o‘tish – orientasion qutblanish demakdir

  4. Tebranma o‘tish oq nur ishtirokida ro‘y beradi

  1. Aylanma o‘tishlar radiochastotalar sohasiga to‘g‘ri kelganligi uchun ularni spektrini yozib olish...

  1. Qiyin

  2. Oson

  3. Ko‘p o‘rganilgan

  4. Garmonik ossillyatordan model sifatida foydalaniladi

  1. Molekulalarning aylanma harakat spektri uzluksiz bo‘la oladimi?

  1. Kvantlangan- diskret chiziqli tuzilishga ega bo‘ladi

  2. Uzluksiz bo‘ladi

  3. Aylanma harakat natijasida modda isiydi,uni sovutib turish kerak

  4. Aylanma o‘tish qattiq jismlarda kuzatiladi

  1. Molekulalarning aylanma harakat spektri asosida:

  1. Ikki atomli molekulalarning bog‘ uzunligi aniqlanadi

  2. Gomoyadroli molekulalarga ham tadbiq etsa bo‘ladi

  3. Molekulaning inersiya momentini aniqlab bo‘lmaydi

  4. Moddalarni identifikasiya qilishda qo‘llaniladi

  1. Molekulalarning tebranma harakat spektrlari

  1. Xarakteristik chastotalarga ega bo‘lgan molekulalarning “Barmoq izi ” deyiladi

  2. Bu IQ soxadagi chiqarish spektridir

  3. Uzoq vaqt davomida yozilsa o‘rganiladigan modda parchalanishi mumkin

  4. Olishda moddaga disperslanmagan nur bilan ta’sir qilinadi

  1. Molekulaning tebranma harakat spektri

  1. Bu diskret yutilish spektridir

  2. Olishda moddalarni sovutish kerak

  3. Nur yutilishini ko‘z bilan ko‘rish mumkin

  4. Unchalik informativ emas

  1. Molekulalrning tebranma harakat spektri uzluklimi yoki uzluksizmi?

  1. Uzlukli

  2. Uzluksiz

  3. Tebranma energik pog‘onalar ϑ ortib borishi bilan o‘zaro uzoqlashib boradi

  4. O‘rganish modeli garmonik ossillyatordir

  1. Qanday moddalar rangga ega bo‘ladi?

  1. Molekulasidagi bog‘ hosil qilayotgan elektronlar ko‘rinuvchi sohada qo‘zg‘algan holga o‘ta olsa

  2. Ko‘zga ko‘rinayotgan rang modda tomonidan yutilgan nur

  3. Ko‘zga ko‘rinayotgan rang molekulaning aylanma harakat spektri

  4. Ko‘zga ko‘ringayotan rang molekulaning tebranma harakat spektri

  1. Atomlarning optik spektri qanday jarayon natijasida uzluksiz tuzilishga ega bo‘ladi.

  1. Ionlanish sodir bo‘lganda.

  2. Atom qo‘zg‘algan holatga o‘tganda.

  3. Kimyoviy element suyuq holida tekshirilayotganda.

  4. Kimyoviy element gaz holida tekshirilayotganda.

  1. Atom va molekulalarning optik spektrlarining hosil bo‘lish sabablari bir xilmi yoki turli xilmi?

  1. Har xil.

  2. Bir xil.

  3. Sabab yadrolarning tebranma harakatidir.

  4. Sabab ichki aylanish

  1. Kimyoviy birikmalarning har xil rangga ega bo‘lishi:

  1. Yolg‘iz elektron o‘tishi bilan bog‘lik;

  2. Molekuladagi aylanma o‘tish bilan bog‘liq;

  3. Aylanma-tebranma o‘tish bilan bog‘liq;

  4. Molekulada asimmetrik atomlarning bor yoki yo‘qligi bilan bog‘liq.




  1. Diamagnit hossaga ega bo‘lgan moddalar doimiy tashqi magnit maydoni tomonidan:

  1. Itariladi.

  2. Tortiladi.

  3. Ta’sir sezmaydi.

  4. Kuchsiz itariladi, kuchli ravishda tortiladi.

  1. Paramagnit hossaga ega bo‘lgan moddalar tashqi magnit maydoni ta’sirida:

  1. Tortiladi

  2. Itariladi

  3. Ta’sir sezmaydi

  4. Kuchli itariladi, kuchsiz ravishda tortiladi.

  1. Yutilish optik spektri qachon paydo bo‘ladi?

  1. Molekula ko‘rinuvchi soxadagi nurni qabul qilganda.

  2. Modda o‘zidan ko‘rinuvchi sohadagi kvant nurlantirganda.

  3. Modda asta sekin sovutilganda.

  4. Molekula kondensator plastinkalari orasiga kiritilganda.

  1. Yadromagnit rezonans (yamr) usuli bilan qanday kimyoviy birikmalar o‘rganiladi?

  1. Yadro magnit momenti ega bo‘lgan birikmalar.

  2. Juft elektron spiniga ega bo‘lgan birikmalar.

  3. Yadro magnit momentiga ega bo‘lmagan birikmalar.

  4. Paramagnit xossasiga ega bo‘lgan birikmalar.

  1. IK- spektroskopiyasida qanday moddalar o‘rganiladi?

  1. Dipol momentiga ega bo‘lgan moddalar;

  2. Ion bog‘li moddalar

  3. Kovalent bog‘li moddalar.

  4. Kristall moddalar.

  1. Kombinasion tarqalish spektroskopiyasida qanday moddalar o‘rganiladi?

  1. Dipol momentiga ega bo‘lmagan moddalar

  2. Faqat kovalent bog‘li moddalar.

  3. Ion bog‘li moddalar

  4. Amorf moddalar

  1. Yamr spektroskopiyasida qanday nurlardan foydalaniladi?

  1. Radioto‘lqinlaridan;

  2. IQ nurlardan;

  3. Yorug‘lik nuridan;

  4. Γ-nurlardan

  1. Hcl va CO kabi molekulalar aylanma spektrini namoyon qiladimi?

  1. Ha, chunki bu molekulalar kichik bo‘lsa ham dipol momentiga ega buladi;

  2. Bu molekulalar dipol momentiga ega, lekin aylanma spektri namoyon qilmaydi.

  3. Yo‘q, chunki bu molekulalar kovalent bog‘lanishga ega.

  4. Ha, chunki bu molekulalar dipol momentiga ega emas

  1. Moddalarni difraksion usullar bilan o‘rganish usullari yozilgan qatorni ko‘rsating:

  1. Rentgenografiya, elektronografiya, neytronografiya;

  2. Rentgenografiya, yamr, Spektrfotometriya

  3. Mass-spektroskopiya, elektronografiya;

  4. Yamr, EPR;

  1. Chiziqli tuzilishga ega bo‘lgan 4 atomli molekulaning IQ-spektrida nechta tebranma chastotalari kuzatiladi?

  1. 7 ta tebranma chastotalari kuzatiladi

  2. 5 ta tebranma chastotalari kuzatiladi

  3. 3 ta tebranma chastotalari kuzatiladi

  4. 2 ta tebranma chastotalari kuzatiladi

  1. Ikki atomli molekulaning IQ- spektrida qanday tebranma harakatlariga mos chastotalar kuzatiladi?

  1. Valent tebranish (simmetrik va nosimmetrik), deformatsion tebranish

  2. Faqat valent tebranishlar

  3. Faqat deformatsion tebranish

  4. Nosimmetrik valent tebranish

  1. Chiziqli CH2D molekulasining IQ spektrida qanday tebranma chastotalari kuzatiladi?

  1. 7 ta tebranma chastotalari kuzatiladi

  2. 5 ta tebranma chastotalari kuzatiladi

  3. 3 ta tebranma chastotalari kuzatiladi

  4. 4 ta tebranma chastotalari kuzatiladi

  1. Simmetriya guruhlari soni?

  1. 32

  2. 12

  3. 23

  4. 16

  1. Simmetriya elementlaridan 1 ta uchinchi tartibli simmetriya o‘qi va 3 ta vertikal simmetriya tekisligi mavjud molekula qaysi?

  1. Ammiak molekulasi

  2. Vodorod molekulasi

  3. Metan molekulasi

  4. Kislorod molekulasi

  1. Yadro magnit momentiga ega bo‘lgan birikmalar qanday usul bilan o‘rganiladi?

  1. Yadromagnit rezonans (yamr) usuli

  2. Kombinasion tarqalish spektroskopiyasi usuli

  3. Difraksion usul

  4. Elektron spektroskopiyasi usuli

  1. N = 2dsin formulasining matematik ifodasi kimga tegishli?

  1. Bregg formulasining matematik ifodasi

  2. Rezerford formulasining matematik ifodasi

  3. Laue formulasining matematik ifodasi

  4. Bor formulasining matematik ifodasi

  1. Qaysi spektrda Milli ulush o‘lchov birligi qabul qilingan?

  1. Yamr spektrida

  2. IK- spektrida

  3. Kombinatsion tarqalish spektrida

  4. Termik analiz spektrida

  1. Fazoviy simmetriya gruppalari soni kim tomonidan aniqlangan?

  1. Fedrov

  2. Laue

  3. Belov

  4. Vulf

  1. Dipol momentiga ega bo‘lmagan moddalar qanday usul bilan o‘rganiladi?

  1. Kombinasion tarqalish spektroskopiyasi usuli

  2. Yadromagnit rezonans (yamr) usuli

  3. Termik analiz usuli

  4. Elektron spektroskopiyasi usuli

  1. Kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga o‘xshash va ba’zi moddalarning kristallari bilan bir xil shaklda bo‘ladigan moddalar deb nimaga aytiladi?

  1. Izomorf moddalar

  2. Polimorf moddalar

  3. Izotrop

  4. Anizotrop

  1. Rentgen nuri kim tomonidan kashf qilingan?

  1. Rentgen

  2. Rezerford

  3. Laue

  4. Vulf

  1. Kukun xolidagi kristall moddalarning fazalarini aniqlashda qaysi analiz. Usulidan foydalaniladi?

  1. Rentgenofazaviy analiz

  2. Termik analiz

  3. Element analiz

  4. IK- spektri

  1. Qanday moddalar doimiy tashqi magnit maydoni tomonidan itariladi?

  1. Diamagnit hossaga ega bo‘lgan moddalar

  2. Paramagnit hossaga ega bo‘lgan moddalar

  3. Qattiq moddalar

  4. Amorf moddalar

  1. Qanday moddalar tashqi magnit maydoni ta’sirida tortiladi?

  1. Paramagnit hossaga ega bo‘lgan moddalar

  2. Diamagnit hossaga ega bo‘lgan moddalar

  3. Qattiq moddalar

  4. Amorf moddalar

  1. Modda tarkibidagi gidrat suv molekulalarini ajralishi nima deb yuritiladi?

  1. Termik degidratatsiya

  2. Termik akvotatsiya

  3. Termik degeneratsiya

  4. Degeneratsiya

  1. Tekis kvadrat tuzilishga ega bo‘lgan birikmalar qanday gibridlanishga ega?






  1. Yüklə 375,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin