Kurs loyiha rahbari: dotsent N.N Mamatqulov
KUCHSIZ NITRAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISH SEXINING KONTAKT APPARATI (ABSORBSIYALASH MINORASI) NI MODDIY VA ISSIQLIK HISOBLARI.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
Azot kislotasi ishlab chiqarishning funksional sxemasi.
Azot oksidining asborbsiyasi
Texnalogik qism.
2.1 Azot kislotasi ishlab chiqarishda energotexnologik tizim.
Hisobiy qism
3.1 Moddiy balans.
3.2 Issiqlik balansi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
1914-yilda koks gazi ammiaki asosida azot kislotasi ishlab chiqarish ishlanmasi amalga oshirilib, 1916-yili hozirgi Donesk shahrida azot kislotasi ishlab chiqaruvchi sex foydalanishga topshirildi. Ishlanma rus muhandisi I.N. Andreyev rahbarligida olib borildi. Hozirda ammiakdan azot kislotasi olish - uni ishlab chiqarishning asosiy usuli hisoblanadi.
Azot kislotasi ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo sintetik ammiak, havo kislorodi va suv hisoblanadi. Bunda quyidagi reaksiyalar sodir bo‘ladi: Ammiakning havo kislorodi orqali oksidlanishi:
4NH3 + 5O2=4NO + 6H2O + Q, (1)
Azot oksidining azbt dioksidigacha qo'shimcha ravishda oksidlanishi:
2NO + O2 = 2NO2 + Q2 (2)
NO gazinirrg suv orqali yutilishi, azot kislotasi hosil bo'lishi:
Uchinchi reaksiya bilan bir vaqtda ikkinchisi ham sodir etiladi, chunki NO2ning barcha miqdori HNO3 ga aylantirishi mumkin. Barcha reaksiyalar ekzotermik reaksiyalardir.
(1)-(2) kimyoviy tenglamalardan kelib chiqqan holda funksional sxema am-miakning oksidlanishi, gazlarning keyinchaliksovutilishi, azot oksidining oksid-lanishi hamda hosil bo’luvchi nitroz gazlarni suv bilan absorbsiyalash tizimchalarini o‘z ichiga oladi (1-rasm).
Bu yerda biz ishlab chiqarish ayrim bosqichlarining fizik- kimyoviy asoslanishlariga to‘xtalamiz.
Dostları ilə paylaş: |