Norevmatik karditlar



Yüklə 21,4 Kb.
tarix22.06.2023
ölçüsü21,4 Kb.
#133949
NOREVMATIK KARDITLAR


NOREVMATIK KARDITLAR
Norevmatik kardit - nospesifik yalliglanish xususiyatli o’zgarishlar hisobiga yurak mushaklarining
shikastlanishi. Autopsiya ma'lumotlariga ko'ra bolalar aholisi orasida kattalarga qaraganda karditlarning tarqalishi yuqori; og’ir shakllari erta yoshdagi bolalarda uchraydi. Ko’pincha karditlar virusli epidemiya vaqtida ancha ko’payadi. Etiologiya va patogenezi. Qo'zgatuvchisidan qat'iy nazar turli infeksion kasalliklar kardit bilan asoratlanishi mumkin. Lekin ko’pchilik ho’llarda kardit o’tkir virusli infeksiyali bolalarda rivojlanadi. Ularning paydo bo’lishigada Koksaki virusi, ayniqsa A va V guruhlari va ECHO virusi katta ahamiyatga ega. Boshqa etiologik omillarga gripp va paragripp, qizilcha, parotit, sitomegalovirus va boshq. kiradi. Norevmatik kardit bakteriyalar, rikketsiyalar, zamburuglar va boshqa infeksion agentlar tomonidan cha?irilishi mumkin.
Noinfeksion kelib chiqish xususiyatiga ega norevmatik karditlar ham farqlanadi, jumladan allergik va toksik miokarditlar. Bakterial karditlar ko’krak yoshidagi bolalarda teri, otogen sepsis sababli rivojlanadi, ancha kattalarda esa - gematogen osteomielit fonida paydo bo’ladi. Zamburug’li karditlar surunkali kasalliklari mavjud bemorlarda, uzoq vaqt antibiotik olganlarda paydo bo’ladi.Oxirgi yillarda irsiy omilar diqqatni tortyapti Bunday qo’llarda kardit kam simptomli, yurak yetishmovchiligi rivojlanishi faqat oxirida bo’ladi. Uning asosida genetik determinirlangan virusga qarshi immunitet nuqsoni yotadi. O’tkir va surunkali kardit patogenezi turlicha. O’tkir karditda infeksion omil (boshlovchi omil) ta'siri ahamiyata ega, yallig'lanish mediatorlarini ajratish,gipersezuvchanlik reaksiyasiningyuqoribo’lishiga va hujayra infiltrasiyasi tomirlardevorlarini shikastlaydi.
Autoallergiyakasallikning o’tkir kechishida faqat komponentbo’lishiga mumkin, lekin yetakchi emas. Immunkomplekslarning turli tuzilishi, ular olchamlari,joylashish joyi va miokardningreparativreaksiyalari turli-tumanligi sababli o’tkirkarditning yaxshi sifatli va yomonsifatli oqibatibo’lishiga mumkin. Surunkali kechishida qo’zgatuvchi asosiyahamiyatga ega emas va kasallikasosidaautoimmun buzilishlar yotadi.

Buholdaautoantitanachalar (antikardial antitanachalar)va/yoki sensibilizasiyalangan limfositlarningautoallergenlar bilan o'zaro ta'sir qilishi sodirbo’ladi. Ikkilamchi autoantigenlargajavobanantikardial antitanachalar paydo bo’ladi, odatdaagressiv. Bunday holat hosil bo’lishigaT-supressorlarning past faolligi natijasidir, buxelperta'sir hiluvchi va giperstimulyasiyalanganVlimfositlarga bog’liq. Avvalo surunkali karditlar (o’z-o’zinitutibturuvchi jarayon, tizimli xususiyatli, yomonsifatliva residivlanuvchi kechishi, terapiyagarezistentligi) ularning shakllanishidaautoimmunnmexanizm haqida oylashni taqozoqiladi. Ko’pyillik kuzatuvlar asosida BelokonN.A.hammualliflari bilan bolalardagi norevmatikkarditlarning ishchi tasnifini berishdi. Norevmatikkarditlar tugma va orttirilgan bo’ladi.


Kasalliktasnifi uning kechishini aks ettiradi. Norevmatik karditlar tugma vaorttirilganbo’ladi. Kasallik tasnifi uning kechishiniaksettiradi. Norevmatik karditlarda jadal boshlanishi bilan kechadigan, yurak-qon tomir yetishmovchiligi mavjud va nisbatan terapiyaga moyil o’tkir kechish turlarini ajratish mumkin.O’tkir osti karditlar ba'zi qo’llarda xuddi o’tkirdek boshlanishi mumkin, lekin sohayish 18 oygacha davom etadi, boshqa qo’llarda kasallikning ancha engil kechishi va sekin-asta rivojlanishi bo’lishiga mumkin (birlamchi o’tkir osti kechishi).
Davomli surunkali kardit (18 oydan ko’p) ba'zi bemorlarda o’tkir yoki o’tkir osti boshlanish xarakeriga ega, boshqalarida esa u kuzatilmaydi (birlamchi surunkali kechish).Tug'ma karditlar ham o’tkir va o’tkir osti kechish xususiyatlariga ega. Kardit og’irligi kompleks klinik-instrumental ma'lumotlar: yurak o’lchamlari, yurak yetishmovchiligi ifodalanganligi, EKG dagi ishemik va metabo’lik o’zgarishlar darajasi, kichik qon aylanish doirasi holatiga bog’liq. Erta tugʻma karditlarning tashxisiy mezonlari Anamnestik Yurak-qon tomir kasalliklariga irsiy moyillik; homiladorlik paytida onaning kasallanishi; tugʻilishida bola tana vaznining pasayishi. Kasallikning birinchi belgisi bola hayotining birinchi yarmida kuzatiladi, postmiokardik elastofibrozda – hayotining 6-18 oylarida.

Klinik


  • Ekstrakardial: tana vaznining sababsiz kam qoʻshilishi; jismoniy rivojlanishda orqada qolish; statistik funksiyalar rivojlanishining sekinlashishi; rangparlik, lanjlik, koʻp terlash, afoniya, sababsiz bezovtalanish xurujlari.

  • Kardial: shilliq qavatlarning, barmoqlar uchlarining yengil sianozi; chap tomonlama yurak bukri; yurak turtkisi susaygan yoki aniqlanmaydi; tonlarning boʻgʻiqlashuvi yoki pasayganligi; davolashga rezistent boʻlgan taxikardiya; yurak-qon tomir yetishmovchiligi, odatda total, lekin chap qorincha yetishmovchiligi ustunligi bilan.

Labarator ECHT, leykotsitlar, qon zardobi oqsil fraksiyalari, ASL va AST titri meʼyorda boʻladi yoki ozgina oʻzgargan. Rentgenografik Chap oʻpka pastki boʻlagi atelektazi. Yurakningsharsimon yoki oval koʻrinishi, chapqorinchaningkuchli dilatatsiyasi bilan birgayurakboʻshliqlarining kattalashishi. EKG Tugʻma fibroelastozda QRS komplekslariningyuqori voltaji, rigid tez marom(koʻpinchamaromsurʼati va oʻtkazuvchanlik buzilishlarisiz), chapqorincha miokardi gipertrofiyasi, ishemiyabelgilari bilan subendokardial boʻlimlarningishemiyasi (ST segmentning izochiziqdanpastgasiljishi va manfiy T tishcha)




Kech tugʻma karditlarning patomorfologiktekshiruvi yurak qavatlarining bir yokibirnechtasining, oʻtkazuvchi tizimning, baʼzidakoronar arteriyalarning patologikjarayongaqoʻshilishini aniqlaydi, kardiosklerozvamiokardgipertrofiyasi rivojlanadi. Lekinkasallikdavomiyligi unchalik ahamiyatli emas, buhaqidaendo- va miokardda elastik toʻqimayoʻqligivafaol yalligʻlanish jarayoni guvohlikberadi. Kech tugʻma karditlarningtashxisiymezonlari Ekstrakardial tugʻilganda normal tana vazni, kamhollardabachadon ichi gipotrofiyasi uchraydi; koʻkrakbilan ovqatlantirganda bolaning charchabqolishi;hayotining 3-5 oyidan keyinjismoniyrivojlanishdan orqada qolish; statistikfunksiyalarrivojlanishining kechikishi; nafas aʼzolariningtezkasallanishi; koʻp terlash; asabtizimidagioʻzgarishlar; shovqinli nafas olish. Kardial hansirash, tugʻilganidan buyon mavjudtaxi-yokibradikardiya; rangparlik, shilliqqavatlarvabarmoqlar uchlarining sianozi; yurak-qontomiryetishmovchiligi; kuchaygan, koʻtariluvchi, pastgasiljigan yurak uchi turtkisi; yetarlichabalandyurak tonlari; sistolik shovqin ehtimolligi; marombuzilishi. Chap qorincha elektropotensiallari ustunligi, marom va oʻtkazuvchanlik buzilishi; ST segmentning izochiziqdan pastga siljishi. Rentgenologik Yurakning normal yoki trapetsiyasimon koʻrinishi. Yurak soyalarining barcha boʻshliqlari, ayniqsa chap tomon boʻshliqlari hisobiga, dilatatsiyasi hisobiga kattalashishi. Labarator Periferik qonda oʻzgarishlar yoʻq, revmotestlarmanfiy.
Yüklə 21,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin