7. O'QİTİSh VOSİTALARİ - Tarqatma material: (jadvallar, rasmlar, sxemalar), o’quv – metodik qo’llanmalar, fiziologik va klinik apparatura, preparovka qiluvchi asboblar to’plami, instrumentlar, kimograf, pishanchalar, mul`timedia o’qitish vositalari.
8. O’QİTİShNİNG ShAKLLARİ İndividual ishlash, guruxlarda va kollektivda ishlash.
9. O’QİTİSh ShART – ShAROİTLARİ Tematik o’quv xonasi, komp`yuter xonasi, laboratoriya xonasi.
10. MONİTORİNG VA BAXOLASh Og`zaki nazorat, nazorat savollari, o’quv topshiriqlarini bajarish va test.
11.MOTİVATsİYaTalabalarga bajaradigan ishlarni va mavzuning nazariy mavqesini bilish keyinchalik fiziologiyani boshqa bo’limlarini o’rganishlariga, shuningdek kelgusida 3 kursda nazariy fanlarni o’tishida va bakalavriyatning klinik fanlarini hamda umumiy amaliyot shifokoriga zarurdir.
12. FANLARARO VA FANLAR İChİDAGİ ALOQALARNormal fiziologiyani o’rganish talabalarni umumgumanitar, fizik-kimyo, odam anatomiyasi, tibbiy biologiya, gistologiya fanlaridan olingan bilimlariga asoslangan.
F i z i o l o g i ya – umumiy patologiya va klinik tibbiyotni nazariy asosi xisoblanadi.
Fiziologiyani xamma bo’limlarida bu fanlarning o’quv dasturlari bo’yicha integratsiya va ketma-ketlik ko’zda tutiladi.
Mashg`ulot davomida bo’limlaridan ular ichki kasalliklar propedevtikasi, jarroxlik, gematologiya, akusherlik, ginekologiya, allergologiya va boshqa klinik fanlarni, hamda fiziologiyani, patfiziologiya, biokimyoni xususiy mavzularini o’tganda foydalanishlari mumkin.
13. MAShG`ULOT MAZMUNİ 13.1. Nazariy Qism. Fiziologiya (grekcha physis – tabiat, logos – fan)hujayralar, organlar, sistemalar, bir butun organizmning va uni tashqi muxit bilan o’z-aro bog`lanishlari, funktsiyalari, mexanizmlari haqidagi fan.
Fiziologiyani o’rganish bazasi bo’lib, odam tuzilishi va organizmda sodir bo’ladigan fizikaviy va kimyoviy jarayonlarni yaxshi bilish hisoblanadi. Odam tanasi organlarining ishi haqidagi birinchi tushinchalar eramizgacha bo’lgan V asrda paydo bo’lib Gippokratning shifokorlik maktabi bilan bog`liq bo’lgan. Bu davrining XX asrning boshigacha fiziologiyada ustunlik qiluvchi asosiy printsip – analitik yondashish bo’lgan.Bu o’rganiladigan xodisalarni iloji boricha bo’laklashga xarakat qilish sharofati bilan xujayralar organlar va sistemalar faoliyati xaqida juda ko’p miqdorda ilmiy ma`lumotlar olingan.XX asrning birinchi yarmida fiziologiyada organizmni o’rganishda butunlik yondashish ustunlik qildi. Bu printsipni yaratishda İ.P. Pavlov va uning maktabining ishlari asosiy rolni o’ynadi. Organizm bir butunligi barcha hujayralar, to’qimalar, organlar va integratsiyalovchi – asab, endokrin, immun sistemalarning o’zaro ta`siri bilan ta`minlanishi aniqlangan. Organizm bir butunligi printsipi – fiziologiya muommolarini o’rganishdagi etakchi printsip bo’lib, u alohida organlar, to’qimalar va sistemalarni yanada muvaffaqiyatli o’rganishini ta`minlaydi.
To’qima –tuzilishi,funktsiyasi, kelib chiqishning umumiyligi bilan birlashuvchi evolyutsiyada tashkil topgan hujayralar va hujayra emas strukturalar tizimidir.To’qimaning 4 xili farqlanadi. 1) Epitelial to’qima – qoplovchi va bez epiteliysi; 2) Biriktiruvchi to’qima – xususiy biriktiruvchi (yumshoq va zich tolali), yog`, tog`ay, suyak, gemopoetik to’qimalar, qon; 3) Mushak to’qimasi – skelet, yurak, silliq; 4) Asab to’qimasi;
Hamma to’qimalarning funktsiyalari yanada chuqurroq fiziologiya kursining har xil bo’limlarida o’rganiladi. Har xil to’qimalar o’rganlarni tashkil qiladilar.
Organ – evolyutsion taraqqiyot jarayonida tashkil topib, spetsifik funktsiyani bajaradigan, to’qimalar kompleksi turida ajralib turadigan organizmning bir qismi.
Organ kichik masshtablarda organning asosiy funktsiyasini bajaruvchi xujayra yoki xujayralar to’plamini ifodalaydigan struktur – funksional birlikdan tuzilgan.
Buyrakning funktsional birligi bo’lib nefron, jigarniki – jigar bo’lagi, ajratilgan skelet mushaginiki miotsit(butun organizm sharoitida bu motor birlik-motoneyron va u inervatsiya qiladigan mushak tolalarining majmuasi) xisoblanadi. Evalyutsiya jarayonida organlar yanada murrakab funktsiyallarni bajarish uchun sistemalarga birlashdilar.
Organizm sistemalari. Fiziologik va funktsional sistemalar farqlanadi. Fizologik sistema – bu umumiy funktsiyani va ba`zan bir necha funktsiyalarni bajaradigan organ va to’qimalarni irsiyat yo’li bilan mustaxkamlagan majmuasi. Masalan organizmga oziqa moddalarini kirishini ta`minlaydigan xazm qilish sistemasiga og`iz, qizil o’ngach, me`da, ichak, xamda, xazm qilish shiralarini ishlab chiqaradigan jigar va me`da osti bezi kiradi me`da osti bezi shuningdek glyukagon, insulin garmonlarini ishlab chiqaradi va biologik aktiv moddalar-gormonlarni ishlab chiqaradigan har hil organlarni (endokrin bezlar) va aloxida hujayralarni majmuasi bo’lgan endokrin sistemaning tarkibiy qismi xisoblanadi.Fiziologik sistemalar soni chegaralangan. Ular asab, endokrin, immun yurak – tomir qon, nafas, hazm qilish, ayirish qayta ishlab chiqarish,qoplovchi sistemalardir.
Funktsional sistema P.K. Anoxinga binoan organizm uchun foydali bo’lgan moslanish natijasiga etishish uchun shakllanuvchi xar xil organ va fiziologik sistemalarning dinamik majmuidir. Funktsional sistemalar foydali natijaga – sotsial va biologik zaruriyatni qoniqtirish qayta tiklash va x.k eritishni ta`minlovchi optimal fiziologik ko’rsatkichlarni ushlab turadi. Organizmning u yoki boshqa funktsional sistemalarga kiradigan organ va fiziologik sistemalar soni har xil funktsional sistemalarga kiradigan organlar va fiziologik sistemalar soni har xi l.
Tirik organizm – To’xtovsiz modda va va energiya almashinuv yordamida, sezish qobiliyatiga ega, aktiv, maqsadga muvofiq xarakatlanuvchi , o’z-o’zini boshqaradigan asl xolatiga keltiradigan va tiklanadigan va tashqi muxitga adaptatsiyalanuvchi ochiq makromolekulyar sistema. Uning aktivligi yashash sharoitlari va barcha organlar va sitemalarning munosib darajada ishlab turishi bilan aniqlanadi. Funktsiya (lot. Functio –faoliyat) – butun organizm hayot faoliyatini ta`minlovchi xujayralar, organlar va sistemalarning spetsifik faoliyati. Masalan yurak funktsiyasi bu arterial sitemaga qonni chiqarib berish endokrin bezlarning funktsiyasini gormonlar ishlab chiqarish, me`da-ichak traktining funktsiyasi- oziqa moddalarni qonga o’tishini ta`minlash, bu oziqa moddalarni mexanik va kimyoviy ishlov berish yordamida ularning gidroliz maxsulotlarini qonga va limfaga so’rilishi bilan amalga oshiriladi. Ayrim organ va sistemalar bir qancha funktsiyalarni bajaradilar. Buyrakning asosiy funktsiyasi almashinuv maxsulotlarini va yor moddalarni chiqarish xisoblanadi. Lekin buyraklar organizmning metobolik ko’rsatkichlarni ushlab turishda, modda almashinuvida va biologik aktiv moddalarni ishlab chiqarishda nixoyatda muxim rolni bajardilar.
Hujayra va to’qimalarning asosiy xossalari. Ta`sirchanlik tirik materiyani ta`sirlovchi ta`siri natijasida o’zini hayot faoliyatini xarakterini aktiv o’zgarish qobiliyati, bu aloxida xujayralar to’qimalarning ta`sirlovchilar ta`siriga reaktsiyasi nihoyatda xilma-xil bo’lishi mumkin: modda almashinuv intensivligining rN ni o’zgarish, hujayra bo’linishi va o’sishni struktur – funktsional reaktsiyalar kuzatiladigan o’zgarishlarning ifodalanish darajasi xar xil bo’lishi mumkin. U ta`sirlovchi ta`siriga uchraydigan xujayra yoki to’qima turiga bog`liq. Bioelektrik xodisalarning ifodalanish darajasiga qarab xamma to’qimalar qo’zg`aluvchan va qo’zaluvchan emasga bo’linadilar. Qo’zg`aluvchanlik – bu ta`sirlash natijasida hujayraning xarakat potentsialini (XP) generatsiya qilish qobiliyati. Ta`sirchanlik bu hamma hujayralarni eng asosiy xossalarini – qo’zg`aluvchanlik ayrim xollarda uchraydigan xodisasi. Qo’zg`aluvchan to’qimalarga faqat XP generatsiya qiladigan hujayralar kiradi. Bu mushak va asab to’qimalari.
Ko’pincha qo’zg`aluvchan to’qimalarga “bez” to’qimasini ham kiritishadi. Qo’zg`aluvchan emas to’qimalarga ekstrimal va biriktiruvchi (xususiy biriktiruvchi, retikulyar, yog`, tag`ay, suyak, qon) kiradi. Bu to’qimalar hujayralari ularga ta`sirlovchi ta`sir etganda XP ni generatsiya qilmaydilar.