Norqulov Mirzayusuf Ne’matulla o’g’lining


Davriy qonun va davriy sistemaning ahamiyati



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə10/34
tarix02.01.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#44987
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Norqulov

Davriy qonun va davriy sistemaning ahamiyati. D.I.Mendeleyev davriy qonun asosida yaratgan davriy sistema hamma kimyoviy elementlar orasida mavjud bo'lgan bog'lanishni ochib beradi.Har qaysi elementning xossasi hakida boshqa elemetlarning xossalariga, shuningdek, shu elementning davriy sistemadagi o'rniga qarabgina to'la xulosa chiqarish mumkin.Mendeleyev "elementlar bitta qonunga buysunadi, tabiati jihatidan bir xil va bir-birini to'ldiradi, ana shuning uchun ham ular davriy sistemada ma'lum tartibda joylashadi" degan edi.

Davriy sistema kimyoning va boshqa tabiiy fanlarning rivojlanishida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi. U yangi elementlar izlash, ko'pgina elementlarning atom massasini to'g'rilash, ularning valentligini aniqlash hamda moddalarning tuzilishini o'rganishda olg'a siljish uchun muhim turtki bo'ldi.

Kimyoviy elementlar davriy sistemasi (boshqa nomlari: Davriy jadval,Mendeleyev davriy sistemasi) - kimyoviy unsurlarni ularning atom raqami, elektron konfiguratsiyasi va davriy takrorlanuvchi kimyoviy xossalariga asoslangan holda jadval shaklida tasvirlashdir. Unsurlar unda atom raqamlari (protonlari soni) oshib borishi tartibida joylashgan. Jadvalning standart shakli tepada 18 x 7 kataklardagi asosiy unsurlar va ostida ikki qator boshqa guruh unsurlaridan iborat. Jadval shuningdek to'rtta to'rtburchak bloklar: chapda s-blok, o'ngda p-blok, o'rtada d-blok va pastda f-bloklarga bo'linishi mumkin. Jadval qatorlari davr, s-, d- va p- bloklardagi ustunlar esa guruh deyiladi; bu ustunlarga galogenlar yoki inert gazlar degan alohida nomlar ham beriladi. Davriy jadval ta'rifiga binoan u davriy qonunga ko'ra tuzilgan uchun, har qanday davriy jadval yordamida tegishli unsurlarning xossalari orasida aloqadorlik keltirib chiqarish va yangi, hali ochilmagan yoki sintezlanmagan unsurlar xossalarini bashorat etish mumkin. Natijada davriy jadvalkimyodakeng qo'llanilib, muhim asos bo'lib xizmat qiladi.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin