Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-bob. ChET EL HUQUQI NORMALARINING QO‘LLANILIShI. XALQARO ShARTNOMALAR



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə49/50
tarix20.06.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#133259
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Документ DOCX

17-bob. ChET EL HUQUQI NORMALARINING QO‘LLANILIShI. XALQARO ShARTNOMALAR
88-modda. Notarius tomonidan chet el huquqi normalarining qo‘llanilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, xalqaro shartnomalarga muvofiq chet el huquqi normalarini qo‘llaydi.
Notarius xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlarni qabul qilib oladi, shuningdek, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga zid kelmasa, ularga boshqa davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilgan shaklda tasdiqlovchi ustxatlar yozadi.
(88-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
89-modda. Meros mol-mulkni qo‘riqlash va merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarosi vafotidan keyin uning O‘zbekiston Respublikasi hududida qolgan mol-mulkini qo‘riqlash yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etganidan keyin chet el fuqarosiga tegishli bo‘lgan mol-mulkni qo‘riqlash, shuningdek bunday mol-mulk xususida merosga bo‘lgan huquq haqida guvohnomalar berish bilan bog‘liq harakatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(89-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
90-modda. Chet elda amal qilishga mo‘ljallangan ishonchnomalar
Notarius tomonidan tasdiqlangan, chet elda amal qilishga mo‘ljallangan, amal qilish muddati ko‘rsatilmagan ishonchnomalar ularni bergan shaxs tomonidan bekor qilinguniga qadar o‘z kuchida qoladi.
91-modda. Notariusning chet elda tuzilgan hujjatlarni qabul qilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Chet elda boshqa davlatlar vakolatli organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tuzilgan yoki ulardan kelayotgan hujjatlar rasmiylashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan taqdirdagina notarius tomonidan qabul qilinadi.
(91-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda rasmiylashtirilmagan yoki apostil qo‘yilmagan holida notarius tomonidan qabul qilinadi.
(91-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin