Alisher Navoiy notiqlik haqida
Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo`lsa, tilning ofatidur.
* * *
Ko`ngul maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalidin so`z bil!
* * *
Tilingni ixtiyoringda asrag’il, so`zungni ehtiyot bila degil!
* * *
Mahallida aytur so`zni asrama, aytmas so`z tegrasiga yo`lama!
* * *
Tiling bila ko`nglungni bir tut, ko`ngliyu tili bir kishi aytqan so`zga but!
* * *
Agarchi tilni asramoq ko`ngulga mehnatdur, ammo so`zni saypamoq boshqa ofatdur.
* * *
Aytur so`zni ayt, aytmas so`zdin qayt!
* * *
Chin so`z - mo`tabar, yaxshi muxtasar.
* * *
So`zi hisobsiz - o`zi hisobsiz.
* * *
Og’zig’a kelganni demak nodon ishi va oldig’a kelganni yemak hayvon ishi.
* * *
Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz.
* * *
Yomon tillig, andoqkim el ko`ngliga jarohat yetkurur, o`z boshig’a ham ofat yetkurur.
* * *
So`zida parishonliq - o`zida pushaymonliq.
* * *
Yolg’on aytquchi g’aflatdadur.
* * *
Chin so`zni yolg’ong’a chulg’ama, chin ayta olur tilni yolg’ong’a bulg’ama.
* * *
Saodatbaxsh ruh zuloliga matla’ ham til. Tilga ixtidorlig’ - hakimi xiradmand; yeo`zga ixtiyorsiz - layni najand. Tilki fasiq va dilnazir bo`lg’ay, kubroq bo`lg’ay agar ko`ngil bila bir bo`lg’ay (Saodatbaxsh ruhning tiniqligi manbai ham til, baxtsizliklar yulduzining boshlanishiga sabab ham til. Tiliga kuchi yetadigan (kishi) aql podshosidir: so`zga ahamiyat bermaydigan (kishi) la’natlangan, past (kishi)dir)
Adabiyotlar:
1.Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 16-jild. -Toshkent: Fan, 2000.
2.Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 9-jild. -Toshkent: Fan, 1992.
3.Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. -Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi “Adabiyot va san’at nashriyoti”, 1989.
4.Islamov O‘. Alisher Navoiy asarlarida nutq madaniyati talqini: filol. fan. nom. dissertatsiya avtoreferati. -Toshkent: 2011, -B.29.
5.Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 14-jild. -Toshkent: Fan, 1998.
6.Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. III jild. -Toshkent: Fan, 1984.
7.Navoiy asarlari lug‘ati. -Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi “Adabiyot va san’at nashriyoti”, 1972.
8.O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1V jild. -Toshkent: “O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2007.
9.Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 15-jild. -Toshkent: Fan, 1999.
10.Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 14-jild. -Toshkent: Fan, 1998
Dostları ilə paylaş: |