Xulosa:
Bugun Qoraqalpog‘istonda hayot butunlay o‘zgarmoqda. Barcha shahar va tumanlar, qishloqlar, mahallalar yangicha qiyofa kasb etmoqda. Zamonaviy korxonalar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, sport va ijtimoiy sohaning boshqa ob’ektlari, kommunikatsiya tarmoqlari qurilmoqda. Bu esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi tutgan o‘rnining tobora oshib borayotganligidan darak beradi.
Mustaqillikning o‘tgan davri - tarix uchun bir lahzadir. Lekin shu muddatda Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilgan ishlar salmog‘i va ko‘lami bilan bir necha o‘n yilliklarga teng keladi. Tarixan qisqa davrda mamlakatimiz hayotida ham, odamlar turmushida ham keskin burilish yasaldi. Tafakkurimiz tobora kengaydi, o’zligimizni anglay boshladik.
Dostları ilə paylaş: |