Suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlarini hamda bu qonunlarning texnikaning turli soxalariga tatbiq etilishini organuvchi fan gidravlika fani deb aytiladi. Gidravlika suyuqliklarda kuchlarning tarqalishi va bu kuchlarning harakat davomida ozgarib borish qonunlarini har xil qurilmalar va mashinalarni hisoblash hamda loyixalashga tadbiq etish bilan shugullanadi. Gidravlika sozi yunoncha sozdan olingan bolib (gydor) suv (aulos) quvurdagi harakat degan ma`noni bildiradi.Gidravlika fani ikki qismdan iborat:Gidrostatika va gidrodinamika Gidrostatika qismida suyuqliklarning tinch holatdagi qonunlari organiladi. Buni organishdan maqsad suyuqliklarning chuqurligi boyicha ixtiyoriy nuqtalarda gidrostatik bosimni ozgarishini aniqlash. Gidrostatik bosimning holatdagi suyuqliklarning turli nuqtalarida har xil boladi. Gidrostatik bosim vaqtga bogliq emas, u faqat koordinatalarga bogliq.
Gidrodinamika qismining ikkinchi bolimida esa uning birinchi bolimidagi asosiy nazariy tenglamalarni har xil gidrotexnik inshootlarni gidravlik hisoblashda amaliy qollash usullari beriladi. Bu fan sifatida meloddan oldingi 4000 ming ilgari Xitoy va Suriyadan Keyinrs Ynoniston, Rimda suvdan foydalanish daryolarida togonlar, charxpalakli tegirmonlar qurishni bilganlar. Gidravlika faniga oid dastlabki qolyozma miloddan avval (287 212 y) yashagan Ynon fizigi Arximed tomonidan yozilgan «Jismning suzish qonunlari» asari. XV asrga kelib italiyalik olim Leonardo da Vinchi (1452 - 1519) gidravlikaga tegishli masalalardan yangi kashfiyotlar ixtiro etgan. Bular «Daryo va ozanlarda suv harakatini organish hamda «Suyuqlikning teshikdan oqib chiqishi deb nomlangan» 1612 yilda italiyalik fizik, mexanik hamda astranom Galeleo Goliley «Suvdagi jismning harakati» asari va uning shogirdi Torechellening suyuqliklarning teshikdan oqib chiqishi qonuni ishlab chiqdi. 1650 yilda fransuz matematigi Paskal «Yopiq idishdagi suyuqlikka tashqaridan berilgan bosim suyuqliklarning barcha nuqtalariga bir xil ozgarmas miqdorda tarqaldi» deb aniqlagan, 1687 yilda angliyalik olim I.Nyuton suyuqlik harakatida ichki ishqalanish qonuni kashf etdi.