NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
4
1. Mehnatkash omma ijodi nima deb ataladi?
– Xalq og‘zaki ijodi.
2. San’atning turlariga qaysilar kiradi?
- Musiqa, teatr, raqs, o‘yin, tasviriy san’at,
haykaltaroshlik va h.k.
3. Insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at bu… -
Xalq og‘zaki ijodi.
4. Xalq og‘zaki ijodining yana bir nomi nima? –
Folklor.
Topishmoqlar
1. Topishmoqlarni ba’zan qanday atashgan?
– “Topmacha”, “jumboq”, “matal”.
2. Topishmoq mumtoz adabiyotda qanday atalgan? –
“Chiston”.
3. “Chiston” so‘zi qaysi tildan olingan? –
Forschadan “chist” – “u”, “on” – “nima” degan
ma’noni bildiradi.
4. Topishmoq qanday savollar vositasida ifodalanadi?
– O‘xshatish, taqqoslash savollari
vositasida.
5. Topishmoqda yashirin ma’no, ko‘pincha, qanday shaklda keltiriladi? –
Majoziy shaklda.
6. Aqlni chiniqtiradigan, bolani yoshlikdan mantiqiy fikrlashga o‘rgatadigan ko‘ngilochar o‘yin
janri bu … -
Topishmoq.
7. Kishining tasavvuri va tafakkurini o‘stiradigan, bolalarni topag‘on bo‘lishga, hozirjavoblikka
o‘rgatadigan janr bu … -
Topishmoq.
8. Topishmoqlar necha xil shaklda bo‘ladi? –
2 xil: nasriy va she’riy.
9. Topishmoqlar tuzilishiga ko‘ra … -
2 xil: bir yoki bir necha predmetli bo‘ladi.
10. “Qoziq ustida qor turmas?” –
Tuxum.
11. “O‘zi bir qarich, soqoli qirq qarich?” –
Igna.
12. “Bir daraxtda o‘n ikki shox, har shoxda o‘ttiz yaproq – bir yog‘i qora, bir yog‘i oq?” –
Yil
(daraxt), o‘n ikki oy (shox), o‘ttiz kun (o‘ttiz yaproq), o‘ttiz kecha va kunduz (bir yog‘i
Dostları ilə paylaş: