Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Past bosimdagi simob lampalari UB nurlarining yuqori uzatuvchanligi bilan 
maxsus kvars oynasidan tayyorlanadi. Nurlanishning 60% dan ortig‗i maksimal 
bakteritsid ta‘sir ko‗rsatadi, xizmat qilish muddati 5-10 ming soat va yoqilgandan 
so‗ng darhol ishlatishga tayyor bo‗ladi. 
Yuqori bosimli lampalar ham kvars shishasidan tayyorlanadi, lekin ular kam 
bakteritsid ta‘sirga ega va xizmat qilish muddati (500-1000 soat) qisqaligi bilan 
farq qiladi. Yoqilgandan so‗ng 5-10 daqiqadan keyin yonish rejimi yuzaga keladi.
Impulsli ksenon lampalar qisqa muddatli kuchli nurlanish impulslarini yaratadi
shuning uchun nurlanish vaqtini kamaytirish mumkin. Ularning kamchiligi 
murakkab va qimmat uskunalardan foydalanish zarurligidir. 
UB nurlanish bilan zararsizlantirish bakteritsid nurlantirgichlar, ya‘ni 
radiatsion manba sifatida bir yoki bir necha bakteritsid lampalarni o‗z ichiga olgan 
qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Umuman olganda, bakteritsid 
nurlantirgichlar (OB) o‗z ichiga elektr qurilma: bakteritsid lampa, reflektor, ishga 
tushirish qurilmasi va boshqa elementlarni oladi. Bakteritsid lampalar tuzilishi va 
ishlatilishiga karab devorga, shiftlarga o‗rnatiladigan, ko‗chma, ekranlangan, 


134 
ekranlanmagan bo‗lishi mumkin. Ekranlanmagan tizimlardan faqat ishchilar 
yo‗qligida, ekranlanganlardan ishchilarning ish vaqtida (qisqa vaqt ichida – 15 
daqiqadan ko‗p bo‗lmagan) va retsirkulyator lampalardan ish davrida 
cheklanmagan vaqt davomida ishlatilishiga ruxsat beriladi. Ekranlangan 
bakteriotsid lampalar havoning yuqori qatlamlarini nurlantirish uchun xizmat 
qiladi, havoning pastki qatlamlari esa konveksiya yo‗li bilan dezinfeksiya qilinadi. 
Ular poldan kamida 2 m balandlikda joylashtirilishi kerak. Moslama lampa nurini 
gorizontal sirtdan 5
0
va 80
0
orasidagi burchak ostida yuqoriga yo‗naltirishi kerak. 
Dorixonaning bakteriotsid lampalar o‗rnatiladigan xonalari: distilyasiya xonasi
sterilizatsiya xonasi, yuvish-sterilizatsiya xonasi va assistent-aseptik xonalar. 
3. Dezinfeksiyaning kimyoviy usuli. 
Zararsizlantirishning kimyoviy usuli faol ta‘sir qiluvchi moddalar bo‗lgan 
kimyoviy 
dezinfeksiyalovchi 
vositalarni 
qo‗llashga 
asoslangan. 
Dezinfeksiyalovchi vositalar quyidagi shakllarda ishlab chiqariladi: tabletkalar, 
granulalar, kukunlar; suyuq konsentratlar (eritmalar, emulsiyalar, pastalar, kremlar 
va boshqalar.); gazlar; tayyor qo‗llaniladigan shakllari
(ishchi eritmalar, bakteritsid 
tabletkalar, laklar, bo‗yoqlar). 
Dezinfeksiyalovchi vositalarga quyidagi talablar qo„yiladi. 
Antimikrob ta‟siri bo„yicha: 
- bakteritsid ta‘sirga ega bo‗lishi, ya‘ni mikroorganizmlarni o‗ldirishi shart; 
bakteriostatik ta‘sirga ega vositalar mikroorganizmlarning o‗sishini kechiktiradi, 
shu sababli bular yaroqsiz xisoblanadi. 
- antimikrob ta‘siri keng doirada bo‗lishi kerak, ya‘ni patogen va shartli patogen 
bakteriyalar, viruslar, mikobakteriyalar, zamburug‗lar, sporalarni o‗ldirish; 
- qisqa muddatda, kam miqdorda qo‗llaniganda yuqori samaradorlikka ega 
bo‗lishi. 
- etarli darajada antimikrob ta‘sirga ega bo‗lishi kerak. 
Dezinfeksiyalovchi vositalar zaxarliligiga ko‗ra 4 sinfga bo‗linadi. 
Dorixonalarda 2-sinf xavflilik darajasiga ega bo‗lgan dezinfeksiyalovchi 
moddalardan foydalanishga ruxsat beriladi. 


135 
Fizikaviy va kimyoviy xossalari bo„yicha: 
- ta‘sir qiluvchi faol moddaning katta miqdorda bo‗lishi; 
- suvda tez eruvchan bo‗lishi; 
- dezinfeksiyalovchi vositalarni yaroqlilik muddati bir necha yil (3-5yil) bo‗lishi, 
ishchi eritmalarda esa - bir necha soat bo‗lishi kerak. 
Dezinfeksiyalovchi vositalar korroziv faollikka ega bo‗lmasligi lozim, ular 
yuzalarni buzmasligi, atrof-muhitni ifloslantirmasligi lozim, ya‘ni biologik 
jihatdan o‗zi parchalanib ketishi kerak. Asosiy antimikrob ta‘siridan tashqari ular 
ijobiy yonaki ta‘sirga ham ega bo‗lishi lozim - yuvuvchi, xushbo‗y hid taratuvchi, 
oqartiruvchi, tozalovchi va hokazo. 
Ob‘ektlarni zararsizlantirish murakkab jarayon bo‗lib, uning samaradorligi 
quyidagi omillarga bog‗liq: 
- dezinfeksiyalovchi vositalarning kimyoviy tabiatiga va uning ta‘sir etish 
mexanizmiga, 
preparat 
tarkibidagi 
dezinfeksiyalovchi 
vositalarning 
konsentratsiyasiga va uning ishchi eritmadagi miqdoriga; 
- mikroorganizmlarning turiga, uning dezinfeksiyalovchi vositalargi chidamliligiga 
va ishlov berilayotgan manba (ob‘ekt)dagi miqdoriga; 
- ishlov berilayotgan manbaning fizik-kimyoviy xossalariga, shakliga, o‗lchamiga, 
undagi organik va neorganik ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligiga; 
- manbani dezinfeksiyalovchi vositalar bilan tozalash usuliga (sug‗orish, yuvish, 
eritmalarga botirish va boshqalar.); 
- dezinfeksiyalovchi eritmaning mikroorganizmlarga ta‘sir etish vaqtiga. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin