5.3. XONALAR HAVOSINI MIKROBLAR BILAN IFLOSLANISHI
SABABLARI VA ANIQLASH USULLARI.
Dorixonalarda havoning bakterial ifloslanishi (mijozlar va ishchilar
xisobiga) katta axamiyatga ega, chunki personalning har xil infeksiyalar bilan
zararlanishiga va mikroblarning dori vositalariga tushishiga sabab bo‗ladi. Dorivor
preparatlarga tushgan mikroflora uning fizik-kimyoviy xossalarining o‗zgarishiga,
terapevtik faolligining pasayishi, saqlash muddatining kamayishi, kasalliklar kelib
chiqishi va asoratlarga olib keladi. Intensiv ravishda bakterial ifloslanish savdo
zalida, yuvish va qo‗shimcha xonalarda kuzatiladi.
Xonalar havosini mikroblar bilan ifloslanishi manbalari. Mikrozarrachalarni
xodimlar, to‗suvchi konstruksiyalar, asbob-uskunalar ajratadi, ular toza xonaga
atrof-muhitdan olib kiriladi. O‗rtacha hisobda toza xonada mikroiflosliklarning 70-
80 foizi odamlarga, 15-20 foizi – asbob-uskunalarga, 5-10 foizi – atrof muhitga
to‗g‗ri keladi. Toza xonada iflosliklarinng asosiy manbasi- odam. Bu odamning
terisi tuzilishi va uning o‗zgarishi dinamikasi bilan izohlanadi. Odam terisi tashqi
qoplami o‗lchami 1 mkm dan o‗nlab mkmlargacha plastinkalar (tangachalar)dan
iborat. Ular teri yuzasidan muntazam tarzda ajraladi, bir necha kun ichida teri
qoplamasi to‗liq yangilanadi. Ajralganda ular yanada mayda zarrachalarga
parchalanadi. Tinch, harakatsiz holatda odam 1daqiqada o‗lchami 0,5 mkm
atrofida taxminan 200 mingta zarracha ajratadi. Tananing ozgina harakati va
kiyimning ishqalanishi ham zarrachalarning ajralishini 1 daqiqadabir necha
milliongacha oshirib yuboradi. Intensiv harakat qilganda daqiqasiga taxminan 10
mln zarracha ajraladi. O‗rtacha yiliga 3,5 kg yoki kuniga 10 g ajraladi.
128
Ko‗pchilik tibbiy preparatlar – in‘eksion va infuzion preparatlar, ko‗z
tomchilari, shilimshiq qavatlarning steril uchastkalariga yoki teridagi ochiq
yaralarga suriladigan mazlar, kremlar, emulsiyalar steril bo‗lishi, ya‘ni har qanday
mikroorganizmlardan holi bo‗lishi lozim. Ishlab chiqarilayotgan tibbiy preparatlar,
shuningdek tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan buyumlar (kateterlar, qon quyish
tizimlari, dializatorlar, gemo- va plazmofiltrlar va h. k. ) sifatini ta‘minlash
farmatsevtika va tibbiyot sanoatining murakkab muammolari bo‗lib, ancha katta
sarf-xarajatlarni taqozo etadi. Biologik kelib chiqqan aksariyat preparatlar esa –
vaksinalar va zardoblar, fermentlar, aminokislotalar, antibiotiklar, vitaminlar,
gormonal preparatlar, interferonlar, qon o‗rnini bosuvchilar o‗ramada- sterillash
usullariga dosh bera olmaydi. Shuning uchun bunday preparatlarni ishlab chiqarish
bosqichlarining katta qismida aseptika va sterillik sharoitlarini yaratish,
shuningdek suyuqliklarni sterillovchi filtrlashdan foydalanish talab etiladi. Steril
mahsulotning har ikkala turi toza xonalarda ishlab chiqarilishi zarur, ularga talablar
GMP koidalarida keltirilgan
Mikroorganizmlarning tayyor dori vositalariga tushishi yo„llari.
Mikroorganizmlarning tayyor dori vositalariga tushishi yo‗llari har xil. Bular
ishlab chiqarishda qo‗llaniladigan xom ashyo va oraliq mahsulotlar, suv va
gazlardir. Mikrobli kontaminatsiyaning boshqa manbasi atrof-muhitdir, muhim
manbasi – odamlar. Preparatni tayyorlash jarayonida mikrobli kontaminatsiyani
oldini olishga qaratilgan choralar mikrobli kontaminatsiya manbasining xavf
darajasiga mos bo‗lishi kerak. Tashqi muhitdan izolyasiyalashga tegishli filtrlar
tizimlari bilan jihozlangan va toza xonalarda ortiqcha bosimni ta‘minlaydigan
ventilyasiya tizimlari yordamida erishiladi. Suv va gaz ta‘minoti manbalari orqali
mikrobli kontaminatsiyaning oldi olinishiga ushbu muhitlarni issiqlik usulida yoki
filtrlar yordamida sterillash yo‗li bilan erishiladi. Toza xonaga kiradigan odam
umumiy hisobda 1014 dan ortiq tirik bakterial hujayralarga ega, ularning eng
ko‗pi terida, og‗izda, ichakda mavjud. Toza xonalarda teri qoplamalari
mikroflorasi preparat uchun katta xavf tug‗diradi, chunki ko‗pchilik bakteriyalar
bemorlar
uchun,
ayniqsa
immuniteti
zaiflashganlar
uchun
patogen
129
hisoblanadi.Me‘yoriy xujjatlarga ko‗ra havoning tozaligiga baho berishda 1 m3
havodagi mikroblar soni bilan baholanadi. A, B va V sinfga mansub xonalarda
Staphilacoccus aerius koloniyalari, mog‗or zamburug‗lari va achitqilar 1 m
3
havoda aniqlanmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |