Nuriddinov Ahrorning “Demografik qarishning iqtisodiy jihatlari” Mavzusida Mustaqil ishi


Aholi va mehnat resurslarini prognozlash



Yüklə 19,23 Kb.
səhifə3/5
tarix02.01.2022
ölçüsü19,23 Kb.
#39957
1   2   3   4   5
Demografik qarishning iqtisodiy jihatlari

3 Aholi va mehnat resurslarini prognozlash.

Yaxlit holdagi aholi prognoz soni va strukturasi dastlab tashqi migratsiyani hisobga olmagan holda amalga oshiriladi, chunki uning hissasi uncha katta emas, biroq regionlar uchun demografik prognozlar aholi migratsiyasini hisobga olgan holda tuzilishi lozim.

Migratsiya nafaqat aholining umumiy soniga ta‘sir qiladi, balki uning nisbiy va yosh strukturasini ham o‘zgartiradi. Shuning uchun bu omil tugilish bilan bir qatorda asosiy omil hisoblanadi. Migratsiya koeffitsiyentini hisoblash uchun dastlab region hududining har 1000 kishisiga to‘gri keladigan ko‘chib kelishlarning o‘rtacha soniga teng bo‘lgan ko‘chib kelish koeffitsiyentini hisoblash lozim. Har 1000 kishiga hududdan ko‘chib ketish va kelishlar koeffitsiyenti beriladi. So‘ngra ko‘chib ketishlar va kelishlar o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Bu farq sof migratsiya koeffitsiyentini yoki migratsiya soldosi koeffitsiyenti hisoblanadi. U madaniy yoki musbat ishorali bo‘lishi mumkin. Ko‘chib keluvchilar va ko‘chib ketuvchilar soni hududning jami aholi uchun hisoblangani kabi har bir jinsi yoki guruhlar uchun alohida hisoblanadi. Migratsiyani hisobga olgan holda aholi sonini prognozlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.

1 - bosqichda aholi tabiiy o‘zgarishi prognozlash usuli asosida amalga oshiriladi. Masalan, ikki omil tugilish va o‘limning ta‘sirini hisobga olib korrelatsion analiz yordami.

Aholining jinsiy yosh tarkibi uchun yoshning siljishi metodidan foydalaniladi. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, aholi sonini yuzaga kelgan yosh va jinsiy strukturadan kelib chiqib jins va yosh bo‘yicha hisoblashda kutilayotgan tugilish va o‘lim darajalari mos ravishda qo‘shiladi va ayriladi.

2-bosqichda hosil qilingan aholi soniga (umumiy yoki jinsiy yosh) migratsiya ta‘siridan tuzatishlar kiritiladi. Buning uchun aholi soni sof migratsiya koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi va ishorasiga qarab hisoblangan tuzatma kattaliklar birinchi bosqichda topilgan umumiy aholi soniga qo‘shiladi yoki ayriladi.

Demografik prognozlashlashning yetakchi o‘rinlaridan biri mehnat resurslari sonining perspektiv baholanishi hisoblanadi. Uning negizi aholining jinsiy yosh strukturasi bo‘yicha sonining prognozi sanaladi, buning asosida mehnatga layoqatli 16—55 (59) yoshdagi aholi soni to‘g‗risidagi ma‘lumotlar olinadi.

Prognozlashda eng avvalo mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishning barcha tomonlarini qamrab oluvchi mavjud (yoki yuzaga kelgan) qonuniyatlar va proporsiyalar (ularning shakllanishi, takomilashishi va qo‘llanilishi) bo‘yicha o‘rganish lozim. Bularning barchasi shunga muvofiq statistik yoki boshqa ahborot to‘planishini talab qiladi.

Aholi sonini prognozlashda ekstropolyatsiya va matematik modellash usullaridan keng qo‘llaniladi.

Immigratsiya usuli asosida dinamik qatorlardan foydalangan holda aholi harakatining turli komponentlari prognozlari aniqlanadi. Bu prognoz o‘rta va uzoq muddatli davr uchun yaratiladi. Hozirgi paytda matematik modellash usullari va birinchi navbatda omilli analiz usuli keng qo‘llanilmoqda.

Aholi sonini prognozlash modeli tenglamalar tizimi ko‘rinishida tuziladi.

U=a0+a1x1-a2x2+a3x3

Bu yerda: x1 –tugilish,x2 –o‘lim, x3 –migratsiya.

Х1=b0+b1z1k+b2z2+ b3z3…

Х2=s0+s1z1+ s2z2+ s3z3

Х3=d0+d1z1+ d2z2+ d3z3va hokazolar




Yüklə 19,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin