Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə81/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   107
Tayanch iboralar: tabiatshunoslik, metodlar, takrorlash, frontal so’rash, individual so’rash, bilimlarni yozma tekshirish, bilim, ko’nikma, malaka, tabiatshunoslik daftarlari, kuzatish kundaligi, tabiat kalendari, mehnat kalendari, sxemalar, jadvallar.

O’qituvchining o’qitish jarayonini nazorat qilib borishi, o’quvchilar bilimini tekshirishi va baholashi o’qitish jarayonining majburiy elementidir. Tekshirish bilimlarni mustahkamlash va aniqlashtirishga xizmat qiladi, chunki uzoq vaqt tekshirishsiz qolgan bilimlar oson unutiladi. Bilimlarni takrorlash yangilarini o’rganish uchun tayanchdir.


Tabiatshunoslik darslarida o’tilgan materialni takrorlash va umumlashtirish yangi mavzuni o’rganish jarayonida va uni o’rganishdan keyin, shuningdek har bir chorak hamda yil oxirida o’tkaziladi.
Takrorlashning turli uslublari mavjud. Hammadan avval bu: 1) ko’rilgan diafilmlar yoki kinofilmlar, suratlar, kontur kartalar bo’yicha suhbat vaqtida, o’quvchilar tomonidan tajribalar o’tkazilatganida; 2) masalalar yechish va mashqlar bajarilayotganida; 3) qiziqarli savollarga javob berilayotganida bilimlarni frontal yoki indiviudal tekshirishdir.
Takrorlash turlaridan biri o’quvchilar bilimini og’zaki hisobga olishdir, u har bir darsda butun sinfni frontal so’rash yoki ayrim o’quvchilardan individual so’rash ko’rinishida o’tkaziladi.
Frontal so’rashning qimmati shundaki, bunda javob berishga ko’proq sondagi o’quvchilarni jalb qilish va sinf e’tiborini ushlab turish imkoniyati bo’ladi. Biroq ayrim savollarga olingan javoblar har bir o’quvchi bilimlarining chuqurligini aniqlashga imkon bermaydi va ularga o’z fikrlarini ravon hikoya tarzida bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantirishga xalaqit beradi. Shuning uchun ham individual so’rash, ya’ni ayrim o’quvchining ravon hikoyasi so’rashning asosiy turi hisoblanadi.
So’rash jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning bilimlarini naqadar aniqligi, konkretligi va fahmlab olinganligini, ularning o’rganilayotgan jonsiz tabiat obyektlari, o’simlik va hayvonlar to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarni qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash kerak bo’ladi. Shunga ko’ra materialni faqat og’zaki bayon qilinishi bilan qanoatlanib qolmaslik kerak. Talab qilish kerakki, o’quvchilar javoblarida kuzatish natijalaridan foydalansinlar, o’z hikoyalarini o’qituvchi materialni tushuntirishda foydalangan tablisa, model va boshqa o’quv qurollarini ko’rsatish bilan birga olib borsinlar.
Alohida o’quvchidan so’rashning butun sinf bilimlarini mustahkamlashga yordam berishligi munosabati bilan sinf e’tiborini har bir javobga qaratilishga erishish kerak. Sinf e’tiborini faollashtirish uchun savolni butun sinfga berish, keyin esa konkret o’quvchini javobga chiqarish lozim. Bu barcha o’quvchilar diqqatlarini to’plashga va materialni xotirada tiklashga majbur qiladi. Bundan tashqari javob beruvchi o’quvchi yo’l qo’ygan xato va noaniqlikni tuzatish, uning javobini to’ldirish va qo’shimcha savollar berish uchun butun snfga javobni kuzatib borishni taklif qilish kerak. O’qituvchi javob berayotgan o’quvchiga e’tibor berish bilan birga butun sinfni o’z nazorati ostida ushlab turmog’i lozim. O’quvchilar e’tiborini bo’shashganligini o’z vaqtida payqash va uni tiklash usullarini topish, chekinish harakatlarini o’z vaqtida payqash va bartaraf qilish g’oyat muhimdir.
Bilimlarni yozma tekshirish. Tekshirishning bu turi savollarga yozma javob berish yoki yozma topshiriq bajarish tarzida o’tkaziladi. Yozma ishlar uchun o’rganilgan obyektlarni sanab berish bilan bog’liq bo’lgan: 1) tabiat hodisalari, landshaftlarning ayrim elementlari va odamlarning xo’jalik faoliyatlari o’rtasidagi aloqa yoki o’zaro bog’liqlikni ochib beruvchi;
2) bolalarning tabiatshunoslik tushunchalarini bilib olganliklarini aniqlash;
3) tabiatdagi kuzatish va natijalarni ta’riflashni mo’ljallagan, tabiiy obyekt yoki jarayonlarni rasmlar chizish yordamida tasvirlash;
4) tabiat obyektlarini tanib olish bilan bog’liq bo’lgan savollar taklif qilinadi. Misol tariqasida «Dala» mavzusi (3-sinf) bo’yicha tekshirish ishi uchun savollar keltiramiz: 1. Paxta mevasi nima deb ataladi? 2. G’allaning poyasi nima deb ataladi? 3. Poliz o’simliklarining qaysilarini bilasiz?
4. Uzum qanday ko’paytiriladi?
5. Yirtqich qushlar qanday foyda keltiradi?
Yozma ish uchun tezis tipidagi dasturlashtirilgan topshiriqlar, raqamli diktantlar, dasturlashtirilgan kartochkalardan foydalanilishi mumkin.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin