jilolash pastasi (vena ohagi yoki xrom oksidi aralash pastalar, shu
ningdek GOI pastalari tarzida surtiladi). Jilolashda jilo beruvchi
doiraning tezligi 35 m/s ga yetadi.
Detallami abraziv donalari aralashtirilgan suyuqlik bilan ham
jilolash mumkin. Bu holda suyuqlikka yaxshilab aralashtirilgan mayda
abraziv donalari ishlov beriladigan yuzaga 80 kN/m
2
bosim ostida
purkaladi, bunda abraziv donalari yuzani tekislaydi va g ‘adir-
budurligini kamaytiradi. Bu usul istalgan shakl va o‘lchamdagi
shakldor yuzalarga ishlov berish uchun qo‘llanilishi mumkin. Odatda,
suyuqlik (suv) dagi abraziv donalari miqdori massa bo‘yicha 30-40
%
ga teng bo‘ladi. Jilolash (yaltiratish) usulidan ishlov beriiayotgan detal
yuzasini ko‘zgudek yaltiroq qilish uchun foydalaniladi. Jilolashda
namat, rezina yoki qalin kanop mato qoplangan yumshoq elastik doi-
ralardan foydalaniladi. Doiralaming yuzasiga elektr-korund, kremniy
karbidining abraziv kukuni yoki pasta yelim yordamida surtiladi.
Pasta sifatida xrom oksid, krokus, vena ohagi, kukun ishlatiladi.
Jilolangan yuzalarning tozaligi 7 dan 12-sinfga to ‘g‘ri keladi.
Jilolash usulidan, ko‘pincha, detallaming yuzalarini pardozlash,
shuningdek, galvanik qoplash (xromlash, nikellash va h.) oldidan
yuzalami tayyorlashda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: