Nutq deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui


Lisoniy paradigma. Lisoniy birliklar bir-birini eslatib turish xossasiga ega. Shu boisdan ular jamiyat a’zolari ongida bir tizimga birlashgan holda yashaydi. Masalan, [



Yüklə 23,35 Kb.
səhifə2/4
tarix18.09.2023
ölçüsü23,35 Kb.
#145141
1   2   3   4
til lison

Lisoniy paradigma. Lisoniy birliklar bir-birini eslatib turish xossasiga ega. Shu boisdan ular jamiyat a’zolari ongida bir tizimga birlashgan holda yashaydi. Masalan, [a] fonemasi [o]fonemasini, [u] fonemaci [o‘] fonemasini, [i] fonemasi [e] fonemasini eslatadi. Lekin [a] fonemasi dabdurustdan [q] yoki [h] fonemasini eslatmaydi. Chunki ular ikki tizim - unli va undoshlar tizimiga kiradi. Unlilar bir-birini unlilar tizimida, undoshlar esa undoshlar tizimida eslata oladi. Hatto [u] fonemasining [a]ni eslatishi o‘z tizimdoshlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Masalan, [a], [o] fonemalari kichik, ichki tizim hosil qilib, ular birgalikda qolgan fonemalar juftliklarini eslatadi. Eslatish ikki tomonlama bo‘lishi ham mumkin. Masalan, [yuz] leksemasi bir tomondan [bet], [chehra], [jamol], [oraz] kabi birliklarni, ikkinchi tomondan [burun], [ko‘z], [quloq], [qosh], [lab] leksemalarini eslatadi va bunda u ikki tizimning a’zosi hisoblanadi.
Bir-birini eslatuvchi birliklar umumiy, o‘xshash belgi-xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ana shu o‘xshashlik va umumiylik ularning birlashtiruvchi, bog‘lab, bir tizimda ushlab turuvchi belgilari sanaladi. Masalan, unlilar «sof ovozga egalik» umumiy belgisi ostida birlashadi. Ammo ular farqli belgilarga ham ega bo‘lishi shart. Masalan, [
a] «ablanmaganlik», [o] «lablanganlik» farqlovchi belgilarga ega, «kenglik» belgilari esa ularni birlashtiradi.
Umumiy belgilari asosida birlashgan va bir-birini taqozo etadigan, ammo har biri o‘ziga xos belgilari bilan boshqasiga qarama-qarshi turuvchi lisoniy birliklar tizimi paradigma deyiladi (

Yüklə 23,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin