Fonologik ziddiyatning ziddiyat tizimiga munosabatiga ko‘ra tasnifi. Bunda ziddiyatlar bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli, muntazam va ajralgan ziddiyatlarga bo‘linadi. Bir o‘lchovli ziddiyatda fonemalar bir belgi asosida zidlanadi. Masalan, [i] va [u] fonemalaridan biri lablanmagan va ikkinchisi lablangan bo‘lib, bunda ular bir belgi - «lablangan»lik xossasiga ko‘ra qarama-qarshi turadi.
Ko‘p o‘lchovli ziddiyatda ziddiyat a’zolari birdan ortiq belgi asosida qarama-qarshi qo‘yiladi: [i], [o] ziddiyatida [i] yopiq va lablanmagan bo‘lsa, [o] yarim yopiq, lablangandir.
Muntazam ziddiyatda zidlanuvchi a’zolar o‘zaro o‘ziga xos belgilar asosida qarama-qarshi qo‘yiladi: «[i]-tor [o]-keng» zidlanishi muntazam zidlanishdir. Bunda [i] fonemasi «tor» lik, [o] fonemasi «keng»lik belgisiga ega. «[i] (tor) [o] (tor emas)» zidlanishi esa muntazam emas. Chunki birinchi a’zoda ziddiyat belgisi aniq, ikkinchi a’zoda aniq emas. Agar ikkinchi a’zoning ziddiyatdagi belgisi «keng» bo‘lganda edi, ziddiyatni muntazam ziddiyat deyish mumkin bo‘lur edi.
Bir belgining bo‘linishlari asosida zidlanish ajralgan zidlanish deyiladi. Quyidagi ikki zidlanishga diqqat qiling:
Adabiyotlar
1. Abduazizov A.A. O’zbek tilinbing fonologiyasi va morfonologiyasi. –T.:O’qituvchi, 1992. 2. Mengliyev B.R. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Fonetika-fonologiya. Grafika. Imlo. Leksikologiya-semasiologiya. Leksikografiya. I qism Qarshi. 2004. 3. Hamreva Y. va b. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan mashqlar t o’plami. I qism (Fonetika. Grafika. Imlo), Qarshi , Nasaf n. 2005, 85 bet 4. Nurmonov A. O’zbek tilinbing fonologiyasi va morfonologiyasi. –T.:O’qituvchi, 1992. 5. Aхmanоva О.S. Fоnоlоgiya. Mоrfоlоgiуа. Mоrfоnolоgiуа. –M.: Izd. MGU, 1966. 6. SH.SHoabdurahmonov va b. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. 1980. 7. E. Qilichev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Buxoro. 1999.