Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va
Tarbiyachi: To'g'ri, kimki xaltachaning ichidan bitta o'yinchoqni olsa, shu
o'yinchoqning nomini aytib, u haqda she’r aytib beradi, deb aytadi va o'zi xalta ichidan bitta o'yinchoqni olib, u haqda yod olingan she’rni aytib beradi. So'ngra bolalarni yoniga bitta- bittadan chaqirib, xaltacha ichidan o'yinchoq olishni va u haqda she’r aytib berishni taklif etadi.
O'rta guruhda she’r yodlatishda yilning boshida kichik guruhdagi usullar: o'yinchoqni, buyumni, harakatJarni ko'rsatish usullaridan foydalaniladi. Yilning ikkinchi yarmidan boshlab o'yin usullari yoddan aytih berilgan she'r ustida suhbatlashish bilan almashinadi.
Katta guruhda mavzusi jihatdan turli xildagi: ona-Vatan, tabiat, bayramlar, kishilarning mehnatlari, bolalar hayoti, o’simlik va hayvonot dunyosi va boshqalar haqidagi she’rlar yod oldiriladi. Bu guruhda tarbiyachining vazifasi faqat bolalarning she’rni yod oli^hlariga yordam berishgina emas, balki uni emotsional tarzda idrok qilishlariga erishish hamdir.
Bolalarni she’rni ifodali aytib berishga o'rgatishga alohida ahamiyat berish lozim. Tarbiyachi suhbat vaqtida bolalarga bayramlar haqidagi she’rlarni sevinch ifodasi bilan, kuz haqidagi she'rlarni esa biroz g'amgin ohangda aytilish sabablarini tu- shuntiradi.
She’rni nutq o'stirishga doir bir necha mashg'ulotlarning ikkinchi qismida, ertalabki va kechki soatlarda takrorlash rejalashtiriladi. Quyida miso! tariqasida tayyorlov guruhlarida she'r yodlatish mashg'ulotining ishlanmasini keltiramiz.