Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə206/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Tesrlar kaliti





1. a

21.d

41.a

61.b

81.a

101.a

121.d

141.b

161.a

181.b

2. a

22.b

42.d

62.b

82.d

102.c

122.b

142.a

162.c

182.b

3.c

23.b

43.b

63.a

83.c

103.b

123.a

143.c

163.c

183.a

4.d

24.a

44.b

64.c

84.c

104.b

124.c

144.c

164.c

184.a

5.c

25.d

45.c

65.c

85.d

105.d

125.a

145.d

165.d

185.b

6.d

26.d

46.b

66.b

86.b

106.d

126.b

146.b

166.c

186.c

7.b

27.a

47.d

67.d

87.b

107.b

127.b

147.c

167.a

187.d

8.b

28.d

48.c

68.c

88.a

108.a

128.c

148.c

168.a

188.d

9.c

29.b

49.a

69.c

89.c

109.b

129.d

149.b

169.b

189.c

10.c

30.b

50.d

70.c

90.c

110.b

130.d

150.d

170.d

190.c

11.d

31.b

51.a

71.a

91.c

111.c

131.c

151.c

171.c

191.d

12.d

32.c

52.d

72.a

92.d

112.d

132.b

152.b

172.c

192.b

13.c

33.a

53.c

73.b

93.d

113.d

133.d

153.b

173.c

193.d

14.b

34.b

54.b

74.c

94.b

114.c

134.b

154.d

174.a

194.a

15.b

35.a

55.d

75.d

95.c

115.a

135.c

155.c

175.a

195.d

16.d

36.c

56.a

76.b

96.d

116.b

136.a

156.c

176.a

196.a

17.d

37.d

57.b

77.c

97.b

117.d

137.c

157.c

177.d

197.d

18.a

38.d

58.d

78.a

98.c

118.b

138.a

158.b

178.b

198.d

19.c

39.b

59.a

79.b

99.d

119.a

139.c

159.c

179.c

199.a

20.b

40.d

60.a

80.d

100.d

120.c

140.b

160.b

180.c

200.b

IZOHLI LUG‘AT

(glossariy)


Maktabgacha ta’lim – bolaning sog‘lom, har tomonlama ka- mol topib shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshi- dagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
Didaktik tizim – (yunoncha «systema» – yaxlit, qismlarda tashkil topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini belgilash, ajratib ko‘rsatish.
Didaktik o‘yin – o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida bolaning bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi.
Jamoa – (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi ma’nolarni anglatadi) – bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh.
Jamoa an’analari – jamoa a’zolari tomonidan birdek qo‘llab- quvvatlanuvchi barqarorlashgan odat.
Jismoniy tarbiya – bolalarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakl- lantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mu- dofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.
Idrok aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni.
Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha adapto – moslashish) – anomal bolalar individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-atvor qoidalari tizimiga mos kelishi.
Ijtimoiylashuv – ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok eti- shi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
Izohlash – tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli.
Individ (lotincha «individium» bo‘linmas, yagona, alohida degan ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamida- gina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.
Individuallik – shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari.
Iqtisodiy tarbiya – bolalarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila budjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosa- batlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik jarayon.
Iqtisodiy ta’lim – bolalarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila budjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va ho- kazolar) to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan peda- gogik jarayon.
Yosh xususiyatlari – muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan
anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli – shaxs, davlat va jamiyat, uz- luksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o‘zaro hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadr- larni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, lo- yiha. Uning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyek- ti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
Davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyor- lash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
Uzluksiz ta’lim – malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimining tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi;
Fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi;
Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ular- ning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moli- yaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash jarayonining faol ishtirokchisi.
Korreksiya (yunoncha «correctiio» - tuzatish) – pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bo- lalarning psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarini qisman yoki to‘liq tuzatish.
Ko‘nikma – olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig‘indisi.
Ko‘rgazmali metodlar – predmet, hodisa yoki jarayonlar mohiya- tini tabiiy holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko‘rsatishda qo‘llaniluvchi usullar.
Loyihalashtirish (rejalashtirish) – bolalarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish.
Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida in- sonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojla- rini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi. Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni) – ta’lim jarayonida bola tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma,
malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Malaka ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Materialni og‘zaki bayon qilish metodlari – o‘quv material- ning mohiyatini ozg‘aki (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi kabi
shakllarda) yoritishda qo‘llaniluvchi usullar.
Mashq va o‘rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari – muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga mu- vofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirish usullari.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizim- lashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Metod – yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi ma’nolarni anglatadi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin