Pedagogikfaoliyat – ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qara- tilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi.
Tarbiya – 1. Bolani boqib, ta’lim berib katta qilish, voyaga yetka- zish uchun qilinadigan mehnat va g‘amxo‘rlik.
Ish-hunar, odob-axloq o‘rgatishga va umuman kishining g‘oyaviy va ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi.
Parvarish, qarov:
tarbiyalab katta qilmoq, voyaga yetkazmoq, o‘stirmoq, ul- g‘aytirmoq;
Ta’lim – 1) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona jarayoni, ijtimoiy etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli yo‘naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni;
muayyan bilimlarni egallash g‘oyaviy-axloqiy, qadr, malaka, ko‘nikma, axloq me’yorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim;
o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim vositalari– ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproyektor, videomagnitafon, uskuna, tele- vizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subyektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar.
Ta’lim jarayoni– tarbiyachi va bolalar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta’limmaqsadi – ta’lim berishdan (olishdan) ko‘zlangan muddao.