Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishningilmiy-pedagogik shart-sharoitlari. Ta’lim tizimidagi islohotlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bolalar nutqini shakllantirish, xusu- san, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish metodikasi va amaliyotida o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etadi. Bu o‘zgarishlar me’yoriy o‘quv-metodik adabiyotlarda muayyan darajada o‘z aksini topgan. Lekin, ularga hozirgi talablar nuqtayi nazaridan tanqidiy yon- doshmoq talab etiladi.
Metodist olimlarning ko‘pchiligi bolalar bog‘chalarida bolalar- ning nutqini o‘stirish shartlarini to‘g‘ri ta’kidlaydilar. Mazkur muallif- larning fikricha, nutq madaniyatining kamchiliklari bola shaxsiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, bola tengdoshlari bilan muloqotda qo‘rs, odamovi, quntsiz bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, bunday bola- da tevarak-atrofni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish pasayadi, keyinchalik esa maktabda darslarni o‘zlashtira olmaslikka sabab bo‘ladi.
E’lon qilingan tadqiqot ishlarini umumlashtirib o‘rgangan holda ularning ko‘pchiligida maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madani- yatini shakllantirishga oid vazifalarni hal etishga nisbatan quyidagi- cha yagona yondashuv zaruriyatini aniqladik:
tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada avvalo nutq eshitish shakllanadi, talaffuzni u keyinroq egallaydi);
aniq talaffuz hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini dona-dona hamda aniq talaffuz qilish);
so‘zni talaffuz qilganda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida ishlash;
nutqning orfoepik jihatdan to‘g‘riligi ustida ishlash (bu namu- naviy adabiy talaffuz qoidalarining jami);