Faol va passiv nutq Faol nutq biror narsa gapirayotgan va yozayotgan kishining nutqidir. SHuningdek, kishi biror shaxsga maktub yozayotgan, olim maqola, kitob yozayotgan, yozuvchi o’zining adabiy asarini yaratayotgan vaqtidagi nutq ham faol nutq bo’ladi.
Boshqa birovning faol nutqini idrok qilish va tushunish jarayoni passiv nutqdir. Gapirayotgan kishining so’zini tinglab turgan yoki yozilgan narsani o’qiyotgan kishi boshqa bir kishining faol nutqini o’zicha takrorlagandek bo’ladi. Masalan, o’qituvchi darsni tushuntirib berayotganida, o’quvchilar esa uning darsini eshitayotganlarida o’qituvchining nutqi faol nutq bo’ladi, o’quvchilarning shu nutqni idrok qilish, ya`ni tushunish jarayoni esa passiv nutq bo’ladi.
Boshqa birovning nutqini, shu nutq so’zlanayotgan tilni o’zimiz bilganimiz taqdirdagina bu nutqni idrok qilishimiz va o’zlashtirishimiz mumkin. Ammo shunda ham o’sha nutqni idrok qilishimiz hamisha bayon qilinayotgan nutqqa aynan teng va muvofiq bo’lavermaydi. Ba`zan boshqa bir kishining nutqini tushunmaslik, bu nutqni bir tomonlama, noto’g`ri tushunish, so’z illuziyaiari va boshqa shu kabilarning hosil bo’lishiga sabab ham shudir. Passiv nutqning bu xususiyatlari idrok qilayotgan kishining aqli qay darajada etukligiga bog`liq bo’ladi. Gapirayotgan kishi o’z nutqining mazmunini va shaklini shu nutqni tinglovchilarning qay darajada idrok qilishini ko’lda tutib tuzadi. CHunonchi, o’qituvchi o’z nutqining o’quvchilar qanchalik tushuna olishini nazarda tutib, so’zlayotgan nutqini shunga qarab tuzadi.
Har bir kishi passiv nutqni faol nutqqa qaraganda, birmuncha oldinroq egallaydi. YOsh bola oldin kattalarning gapini tushunadigan bo’ladi, so’zgra o’zi ham tilga kirib, gapira boshlaydi. Xuddi shuningdek, boshqa bir tilni o’rganish vaqtida o’rganilayotgan tilda faol nutqni egallash passiv nutqni egallashga qaraganda birmuncha keyinda qolib boradi.
Biz yuqorida bayon qilgan nutq faoliyatini klassifikatsiya qilishda uni turli belgilarini asos qilib olamiz va shunga binoan uni turlicha turlarini ajratish mumkin:
1. Nutqning psixofiziologik mexanizmiga qarab:
a) xor bilan aytiladigan nutq;
b) exolik nutq;
d) atash nutqi;
e) kommunikativ nutq.
2. Nutqni rejalashtirish nuqtayi nazaridan:
a) faol nutq;
b) reaktiv nutq;
d) yozma nutq
3. Nutqni ixtiyoriylik darajasiga qarab:
a) ixtiyorsiz nutq;
b) ixtiyoriy nutq
4. Eksteriozirizatsiyalashgan va interiorizatsiyalashgan xarakteriga qarab:
a) ichki va tashqi nutqqa ajratiladi.
Xor bilan aytiladigan nutq ko’pchilikning baravar aytadigan nutqidir. Masalan: o’qituvchi sinfga kirishi bilan talabalar «Assalomu alaykum» deb uni qarshi oladigan nutq xor bilan aytiladigan nutqdir.
Exolik nutq bu akssado beruvchi nutq bo’lsa, atash nutqi narsalarning nomi bilan izohlanadi. Masalan: «Bu pedogogika institute, «stol», «shkaf», «kitob» va h.k. Kommunikativ nutq ikki yoki undan ko’proq kishilar bilan o’zaro munosabatga kirishuvdagi nutqdir.
Nutq turlaridan o’zining xususiyatlariga qarab o’zaro munosabatlarda maqsadga muvofiq ravishda foydalaniladi, faoliyat maqsadiga ko’ra munosabatga kirishiladi.
So’zlayotgan, mustaqil fikrlab yozayotgan nutq faol bo’lmagan nutq bo’lsa, tez fikrlab bayon qiladigan nutq faol bo’lmasa, tez fikrlab bayon qiladigan nutq reaktiv nutqdir. YOzma nutq bevosita aloqa vositasi bo’lmasdan balki uzoqdagi odamlar bilan aloqa bog`lash vositasidir. U so’z belgilari asosida fikrlarni bayon qilish usulidir. Nutqlar ichida eng murakkab nutqdir. CHunki u atrofdagi kishilarga mo’ljallangan bo’lishi uni mazmunan tushunarli bo’lishini, grammatik jihatdan to’g`ri tuzilishi kerak. Ixtiyorsiz nutq tashqi ta`sirlar natijasida paydo bo’ladigan nutq bo’lsa, ixtiyoriy nutq o’z ixtiyorimiz bilan yozayotgan, fikrlayotgan vaqtimizdagi nutqdir. U monolog, dialog, yozma va og`zaki bayon qilinishi mumkin.
Eksteriorizatsiyalashgan (tashqi) nutq boshqa odamlar bilan aloqa qilishinizda foydalaniladigan, biror kishiga qaratiladigan, biror nimani xabar qiladigan nutqdir. Interiorizatsiyalashgan (ichki) nutq fikrlar boshqalarga bayon qilinmasdan ichida ifodalanadigan va ovoz chiqarib aytilmaydigan nutqdir. U kishining o’zi uchun yaratilgan. Biror narsadan xursand bo’lganimizda yoki qattiq ta`sirlanganimizda o’zimiz bilan o’zimiz «gaplashamiz». Qattiq ta`sirlanganimizda bexosdan ovoz ham chiqarib yuboramiz.
Nutqning hamma turlari ham hayotimizda muhim ahamiyatga egadir.
1 Michael W. Eysenck, Mark T. Keane Cognitive psychology. Psychology press USA, 2005 401 bet