Nutq texnikasi va madaniyati Tayyorladi: Tolliboyev Shohjahon Reja



Yüklə 19,15 Kb.
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü19,15 Kb.
#203275
1   2   3   4   5   6   7
Nutq turlari

1. Generator – ovoz generatsiyasi ovoz paylarida hosil bo‘ladi, bunda og`iz bo‘shlig`ining roli kam. Ovoz paylari shovqin va tonlarni farqlaydi.
2. Rezonator tizimi bunda tomoq, halqum, burun bo‘shlig`i, og`iz bo‘shlig`i qatnashadi va ular ovozning kuchini (statikasini) va dinamikasini ta’minlaydi.
3. Energetika tizimi - o‘pkadan kelayotgan kuchli nafasning miqdori va tezligini ta’minlaydi.
Diapazon – tovush hajmi bo‘lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohang bilan belgilanadi. Diapazon qisqarishi nutqning bir ohanli bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Bir ohangda gapirish axborotni idrok qilishni susaytiradi, uyquni keltiradi.
Ritm – bu ayrim so‘z va bo‘g`inlarning aytilishi muddati va to‘xtash, nutq va ifodalarning navbat bilan o‘z o‘rnida ishlatilishini bildiradi. Ritm nutqning eng asosiy qismidir, chunki, nutq ohangi va to‘xtamlar ham tinglovchilarga beixtiyor o‘zgacha hissiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘zlayotganda obrazga kirish, ovozni kerakli joyda pastlatish, ohista gapirish o‘qituvchi mahoratiga bog`liq.
Tembrtovush rangdorligi, yorqinligi hamda uning yoqimliligi va alohidaligidir.
Diksiya – aniq talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o‘qituvchi nutqining o‘quvchilar tomonidan to‘g`ri tushunilishini ta’minlaydi.
Ongli ravishda ovozni mashq qildirish uzoq, muntazam va individual davom etadi. Ko‘p olimlar olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, past ovoz o‘quvchilar tomonidan yaxshi idrok etiladi. Past ovoz ularga yuqori ovozga nisbatan yoqadi.
Yuqori ovoz o‘quvchilarni ham, o‘qituvchining o‘zini ham tez charchatib qo‘yadi. O‘qituvchi kasb kasalliklarining 40,2 foizini ovoz kasalliklari tashkil etadi.
O’qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo’llari
Ovoz kasalligining sabablari:
a) yuqori ovozda gapirish;
v) ovoz gigiyenasiga amal qilmaslik;
g) ovoz apparatining tug`ma kamchiliklaridir.
b) ovoz apparatlaridan to‘g`ri foydalanmaslik;
Turli xil ovoz kasalliklarining oldini olish maqsadida ishdan so‘ng pedagog 2-3 soat davomida kam va sekin gapirishi kerak. 3-4 soat dars berishdan so‘ng bir soat ovoz apparatlariga dam berish kerak.
Ongli ravishda ovozni mashq qildirish uzoq, muntazam va individual davom etadi. Ko‘p olimlar olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, past ovoz o‘quvchilar tomonidan yaxshi idrok etiladi. Past ovoz ularga yuqori ovozga nisbatan yoqadi.
Yuqori ovoz o‘quvchilarni ham, o‘qituvchining o‘zini ham tez charchatib qo‘yadi. O‘qituvchi kasb kasalliklarining 40,2 foizini ovoz kasalliklari tashkil etadi.

Yüklə 19,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin