Nutq texnikasi va madaniyati


Notiqlik san’atining paydo bo’lishi tarixi



Yüklə 34,95 Kb.
səhifə2/2
tarix01.12.2023
ölçüsü34,95 Kb.
#170339
1   2
Nutq

Notiqlik san’atining paydo bo’lishi tarixi

O’qituvchining pedagogik mahoratida uning nutqi, notiqlik qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa ushbu muammoga mustaqillikdan keyingi yillarda jiddiy e’tibor qaratildi. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda avvalo milliy istiqlol mafkurasi muhim ahamiyatga ega. Mafkuramizning yuksak ustunlaridan biri ─ millat tilidir. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lito’g’risida”gi Qonunlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda barkamol avlod tarbiyasida o’z ona tiliga nisbatan mehr─muxabbat tuyg’ularini shakllantirish e’tirof etilgan. Yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasida o’qituvchining nutqi, uning notiqlik san’ati alohida e’tibor kasb etadi. Qadimgi Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilar edi. Ular, notiqlik san’atining etuk namoyondalari bo’lib, o’zlarining chiroyli so’zlari, baland va ta’sirchan ovozlari bilan odamlar tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta’lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu sababli, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining nazariyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Yunonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonistonda epos, lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me’morchilik bilan birga notiqlik san’ati ham murakkab va muhim san’at asari sifatida tan olingan. Notiqlik san’atini davlatning muhim ijtimoiy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg’in ta’sir etuvchi murakkab vosita ekanligi uchun Yunonistonda uni “San’atlar shohi” deb atashgan. Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda “Notiqlik san’ati”ning eng takomillashgan va rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda notiqlik san’atining quyidagi uchta qonuniyati qizg’in takomillashtirilib, notiqning unga jiddiy e’tibor berishi talab qilingan:





  • tinglovchiga tushuntirish (ma’lum bir g’oyani);

  • tinglovchining tafakkurini uyg’otish (fikrini, ongini, maqsadini);

  • tinglovchini o’ziga jalb qilish (huzur halovat va qoniqish hissini

uyg’otish asosida). Notiqlar ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda “tinglovchilarga halovat bag’ishlash” orqali odamlarni ezgulikka, adolatparvarlikka, vatan oldidagi burchlariga sadoqatli bo’lishga, eng yaxshi insoniy fazilatlarga amal qilib, ularni doimo bajarishga, odob va axloq qoidalariga rioya qilishga chorlar edilar. Bu ularning asosiy vazifasi hisoblanardi. Yunonistonda notiqlik san’atini chuqur egallagan, o’zlarining go’zal va chiroyli nutqlari hamda noyob asarlari bilan jamiyatda hurmat va e’tibor qozongan Sokrat, Platon, Dinarx, Giperid, Gorgiy, Isokrat, Isey, Esxil, Demosfen, Tsitseron, Kvintilian kabi namoyondalar Yunonistonning mashhur davlat arboblari bo’lib etishganlar. Yunon notiqlari og’zaki nutqning shakl va qonuniyatlarini, mulohaza va isbot kabi mantiq ilmining qoidalarini chuqur o’zlashtirganlar. Ular o’z fikrlari va tuyg’ularini ruhan o’quvchilar hamda tinglovchilar tafakkuri va ongiga chuqur singdira olganlar va keskin ta’sir o’tkazganlar. Har bir notiq o’z ustida yillab tinimsiz mashg’ulotlar olib borgan, sehrli ovoz sohibi bo’lish uchun nutq texnikasining barcha qonuniyatlariga amal qilganlar. Ular o’zlarining ta’sirchan nutqlarini namoyish qilish bilan notiqlik san’atini “Mafkuraviy va siyosiy kurash hamda yosh avlodni tarbiyalash quroli” deb hisoblaganlar va buni o’z faoliyatlarida isbotlab berganlar.Mashhur faylasuf olim Sokrat (eramizdan avvalgi 469 ─ 399 yillar) o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda savol-javob usulini joriy qilib, ushbu usul orqali suhbat metodiga asos solgan. Sokratning shogirdi Platon esa o’z ustozi g’oyalarini davom ettirib, savol-javobni notiqlik san’atining bir shakli sifatidagi ahamiyatini o’z asarlarida yoritadi hamda uni inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini og’zaki nutq bilan boyituvchi noyob uslub sifatida baholab, uni mazmunan amaliy va nazariy jihatdan yanada boyitdi.


Yunonistonda notiqlik san’atining har tomonlama takomillashishi Demosfen (eramizdan avvalgi 384─322 yillar) nomi bilan uzviy bog’langan. U yoshlik yillaridanoq notiqlik san’atiga qiziqdi. Tug’ma duduq bo’lishiga qaramasdan, o’quvchi va tinglovchilarning istehzolariga bardosh berib, qizg’in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini namoyish eta olgan. Faqat Demosfen Yunonistonda notiqlik san’atining etuk namoyodasi, ya’ni o’z davrida “notiqlik san’atining elitasi” sifatida mashhur bo’ldi. U davlat tribunasini notiqlik san’atiga asoslangan siyosiy va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi.
Demosfenning notiqlik san’ati to’g’risidagi g’oyalarini uning shogirdi Mark Tsitseron (eramizdan avvalgi 106─43 yillar) davom ettiradi. Qadimgi Yunonistonda nutq mahorati, uni takomillashtirish yo’llari, nazariyasi va tarixi bo’yicha o’z tajribalaridan kelib chiqib Tsitseron bir nechta asarlar yaratdi. Tsitseronning notiqlik san’ati tarixiga bag’ishlangan “Brut”, “Notiqlik san’ati namoyondalari”, “Notiq”, “Notiqlik haqida” kabi asarlari shular jumlasidandir. Notiqlik san’atining ulkan imkoniyatlarini, odamlarni va jamiyatni boshqarishda qudratli qurol ekanligini ta’kidlab, uni davlatning siyosiy jihatdan bosh quroli deb hisoblaydi. Shu sababli har bir davlat rahbari va davlat arbobi notiqlik san’atining cheksiz imkoniyatlarini chuqur egallashi lozimligini aytadi. Tsitseronning notiqlik san’ati nazariyasida “Ideal notiq” haqidagi g’oyalari muhim ahamiyatga ega. Uning fikricha, “Ideal notiq egasi yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimga ega, tafakkuri boy faylasuf bo’lishi kerak.” Ideal notiqlar tinglovchilar qalbiga va his tuyg’ulariga tez, chuqur kirib borishi, ularning kayfiyatini, ruhiyatini bilib, shodlik va sevinch tuyg’ularini, yoki aksincha, g’azab va nafratini ta’sirchan nutqi asosida uyg’ota olishi lozim. Tsitseron tomonidan ishlab chiqilgan va nazariy hamda amaliy jihatdan asoslangan notiqlik san’ati haqidagi ma’lumotlarni, tizimlar va uslublarni rimlik Kvintilian (eramizdan avvalgi 35-95 yillar) ma’lum bir tartibga keltirib, tabaqalashtirib, undan notiqlik san’ati sohasi bo’yicha faoliyat ko’rsatuvchilar unumli foydalanishlari uchun qayta ishlab chiqdi. U notiqlik san’atining balandparvoz, asabga teguvchi teatr artistlariga xos ovoz ritorikasiga qarshi edi. Kvintilianning fikricha, notiq tashqi ovoz natijalari bilan emas, balki ilmiy asosga ega bo’lgan, mazmunan boy, mukammal va “tiniq” nutq orqali ulkan yutuqlarga erishishi mumkin. U “Tarbiya haqida” nomli asarida o’z nazariyalariga asoslanib, notiqlik san’atini o’rganish metodikasini yaratdi. Faylasuf olim o’z asarida ilk bor notiqlik san’atining ta’lim-tarbiya maskanlarida bolalar bilimi, ongi va tafakkuriga ijobiy ta’siri haqidagi g’oyalarini ilgari surdi. Kvintilian o’qituvchilar va tarbiyachilarning qizg’in faoliyat olib borishlari uchun notiqlik san’atini mukammal o’rganishga doir o’zining metodikasini taqdim etdi. Ushbu metodika notiqlik san’ati tarixida ulkan ahamiyatga ega va hozirgi davrda ham o’z qimmatini yo’qotmagan. Mamlakatimizda notiqlik san’atining rivojlanishi O’rta Osiyo madaniyati tarixi bilan bog’liq bo’lib, nutq madaniyati hamisha o’ziga xos mavqega ega bo’lib kelgan. O’rta Osiyoda notiqlik san’atining xususiyatlari shundan iborat ediki, u eng avval o’sha davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik san’ati ustalarini nadimlar, qissago’ylar, masalgo’ylar, badihago’ylar, qiroatxonlar, muammogo’ylar, voizlar, go’yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilishi ham ana shundan dalolat beradi. Movarounnahrda notiqlik san’ati voizlik deb atalgan. Voizlik, ya’ni va’zxonlik «Qur’on»ni targ’ib qilish bilan mushtarak holda so’zning ahamiyati, ma’nosini anglatgan. «Va’z» so’zi arab tilidan pand- nasihat ma’nosini beradi. Va’z aytuvchi, nutq so’zlovchi shaxs Voiz deb atalgan. Voizlik san’ati tinglovchining, jamoaning ongiga, his tuyg’usiga ta’sir etish mahorati bo’lib, qadimgi Sharqda hukmdorlar ushbu san’at namoyondalari xizmatini yuksak darajada qadrlaganlar.
Sharq mutafakkirlari mudarrisning muloqotga kirishish odobi to’g’risidagi adabiy meroslarida ko’plab ijobiy fikrlarini bayon qilganlar. Ana shu nuqtai-nazardan qaralsa, «Nutq odobi», «Muomala madaniyati» nomlari bilan yuritilib kelingan nutq madaniyati tushunchasi juda qadimdan olimlar, ziyolilarning diqqatini jalb etgan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Unsurul Maoliy Kayqovus, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg’ariy, az-Zamahshariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug’ siymolar nutq odobi masalalariga, umuman notiqlik san’atiga jiddiy e’tibor berishga da’vat etish bilan birga tilga, lug’atga, grammatikaga va mantiqshunoslikka oid asarlar yozdilar. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o’zining «Geodeziya» asarida har bir fanning paydo bo’lishi va taraqqiy etishi inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi
Yüklə 34,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin