Yozma nutq OTOʻS.1.YN.1 bosh hamda kichik harf shakllarini biladi hamda toʻgʻri yoza oladi;
OTOʻS.1.YN.2 asosiy husnixat qoidalariga amal qilgan holda yoza oladi;
OTOʻS.1.YN.3 fikr
ifodalashda nutq ohangiga mos nuqta, vergul, soʻroq hamda
undov belgilarini qoʻllay oladi;
OTOʻS.1.YN.4 tinish belgilari hamda imlo qoidalariga amal qilgan holda 15
– 20ta
soʻzdan iborat diktant yoza oladi;
OTOʻS.1.YN.5 oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini (ismi, familiyasi, manzili) yoza oladi;
OTOʻS.1.YN.6 berilgan rasm, matn (audiomatn) asosida shaxs, narsa yoki maʼlum
voqea-hodisani tasvirlab 1
– 2ta oʻzaro mustaqil gap tuza oladi
OTOʻS.1.YN.7 turli maqsadlarda (tasvirlash, savol-javob, hikoya qilish) matn tuzib
yoza oladi;
OTOʻS.1.YN.8 berilgan rasm, matn (audiomatn) asosida shaxs, narsa yoki maʼlum
voqea-hodisani tasvirlab 2
– 3ta gapdan iborat matn tuzib yoza oladi
OTOʻS.1.YN.9 sinf darajasiga mos matnlarni rasmlar bilan boyita oladi;
OTOʻS.1.YN.10 tugʻilgan kun hamda bayram tabriknomasini yoza oladi.
Lingvistik koʻnikmalar OTOʻS.1.LK.1 tovushlarni taniydi, ularni harflarga moslashtira oladi, tovushlarni
qoʻshib soʻz hosil qila oladi, tovushlar joylashuvini oʻzgartirib yoki
tovushni olib tashlab yangi soʻz hosil qila oladi;
OTOʻS.1.LK.2 boʻgʻinlarni taniydi, ularni qoʻshib soʻzlarni talaffuz qila oladi,
boʻgʻinlarni birlashtirib, joylashuvini oʻzgartirib yoki boʻgʻinni olib
tashlab yangi soʻz hosil qila oladi;
OTOʻS.1.LK.3 qofiyadosh soʻzlarni taniydi va ayta oladi;
OTOʻS.1.LK.4 sinf darajasiga mos matnlardagi notanish soʻzlarning maʼnosini
aniqlaydi va nutqida qoʻllay oladi;