Sinonimlar (qadimgi yunoncha: σύν va ὄνυμα — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv,) uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror kabi soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi.
Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan soʻzlar guruhi Sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator 2 va undan ortiq soʻzdan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma Sinonimik qator 2 soʻzdan, yuz, aft, bashara, bet... Sinonimik qator esa kup suzlardan tuzilgan. Koʻp maʼnoli soʻzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq Sinonimik qatorga kirishi mumkin. Bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi.
Sinonimik qatordagi bir soʻz bosh soʻz (asosiy soʻz) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va sh. k. xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farqlanadi hamda xuddi shu xususiyatlariga koʻra tilda boshqalariga nisbatan keng qoʻllanadi. Chiroyli, goʻzal, husnli, husndor, xushroʻy, koʻhli, zebo, suluv, sohibjamol... Sinonimik qatorda chiroyli soʻzi shunday belgilarga ega va bosh soʻz hisoblanadi. Qolgan soʻzlar esa har biri oʻziga xos belgixususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi: goʻzal soʻzi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo soʻzlari koʻproq kitobiy uslubga ega, suluv soʻzi esa nisbatan kam qoʻllanadi va h.k. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgi, xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim ahamiyatga ega
Sinonimlar(ma’nodosh so’zlar) – shakli har xil, ma’nosi bir – biriga yaqin bo’lgan so’zlar. Sinonimlar bir so’z turkumi doirasida yuzaga keladi barcha so’z turkumlarida sinonimlik mavjud. Sinonimik qatordagi asosiy so’z dominanta deyiladi. U uslubiy betaraf bo’ladi: masalan: yuz, chehra, jamol, bashara, turq. Yuz – dominanta, asosiy so’z, u uslubiy betaraf. Chehra, jamol – ijobiy bo’yoqdor so’zlar. Bashara, turq – salbiy bo’oqdor so’zlar. Leksik (lug’aviy) sinonimlar– so’zlar sinonimligi.