Nutqning patologiyasi



Yüklə 20,12 Kb.
tarix08.08.2023
ölçüsü20,12 Kb.
#138909
6-Amaliy mashgulot (1)


Nutqning patologiyasi.
Nutq faoliyati va uning buzilishi. Yoshlik chog`idan boshlab nutqi rivojlanmay qolishi alaliya, yoki qandaydir sabablarga ko`ra nutqi qisman yoki butunlay yo`qolishini afaziya deb yuritiladi. Aksariyat hollarda alaliya yosh bolalarda uchraydi. Afaziya esa har qanday yoshda ham uchrashi mumkin. Alaliyada eshitishi qobiliyati saqlangan bo`lib, nutq rivojlanmaydi. Yosh bolaqay 2-3 yoshiga yetganda ham 2-3 tadan ortiq so`z aytolmaydi. Imo-ishoralar, mimika (yuz harakatlari)ni yaxshi o`zlashtiradi, o`nga qarata aytilgan so`zlarni deyarli tushuna oladi. Psixik va fiziologik nuqtai nazardan rivojlanishi normal kechib, abjir chaqqonligi va aqlli nigohi bilan ajralib turadi. 3-4 yoshga borib so`z boyligi biroz oshishi mumkin. Shunga qaramasdan mutaxassis logopedlar yordamida muntazam mashg`ulotlar olib borilsa samarali natijalarga erishishi va maxsus maktablarda tarbiya olishi mumkin. Alaliya ikki xil motor va sensor shaklda bo`lishi mumkin. Motor alaliyada muntazam rivojlanmay qolishi bo`lsa, sensorli alaliyada o`nga qarata aytilgan so`zlarni tushuna olmaydi. Afaziya o`z navbatida har qanday yoshda uchrashi mumkin bo`lgan potologik holat bo`lib, o`z nutqini yo`qolishi va o`zgalar nutqini tushuna olmaslik bilan xarakterlanadi. Miya kasalliklari ensrfalit, mayda qon tomirchalar shukasi, miyadagi jarohatlar ta’sirida afasiya holati vujudga kelishi mumkin. Oyoq-qo`llar falajligi ham afaziya holati paydo bo`lishi mumkin.
Afaziya shakli ikki xil bo`ladi motorli va sensorli afasiyalar. Motorli afaziyada, miyaga qon quyilishi, ensefalit, har turli miya jarohatlari tufayli og`zaki nutq yo`qolib bemor mimika yoki qo`l harakatlari bilan muomila qiladi. Ba’zi hollarda bemor 2-3 ta so`z ayta olishi ham mumkin. Shunga qaramay unga qarata aytilgan sodda doim eshitib yurgan so`zlarini to`la tushunadi. Biror jumlada so`z yozganda xatoliklarga yo`l qo`yadi, agrammatizm kuchaygan bo`ladi. Sensor afaziyada eshitish qobiliyati saqlangan holda bemor o`zgalar nutqini tushuna olmay qoladi. Bunday holat akusiktik analiz va sintezlarning buzilganligidan nutqdagi so`zlar ma’nosini anglay olmaydi. Masalan: ularga “O`rningdan turib mana bu stulga o`tir va o`ng qo`lingni ko`tar” deb so`ralsa, shu uch harakatni to`liq bajara olmaydilar. Ba’zilari shu zahotiyoq o`ng
qo`lini ko`tarib tursa, boshqa biri sulni ko`tarib turadi. Yana biri esa sul oldiga borib qarab turishi mumkin va xokozo. Demak ularga buyurilgan vazifani yo`liq uddalay olmaydilar. Amnesik afasiyada bemor predmetlar nomi, ba’zi oddiy so`zlarni yodda chiqarib qo`yadi. Bunday holatlarda bemor masalan: “piyola” so`zini yoddan chiqarib, choy ichadigan idish, qalamni esa yozadigan narsa, paltoni esa kiyadigan narsa deb ham aytishi mumkin. Ba’zi hollarda esa agar bilsa boshqa tillarda ushbu atamani aytib yuborishi mumkin. (masalan: qalamni – karandash, daftarni – tetradь deb ham yuborishi mumkin). Amnesik sindromda yoddan chiqqan so`zlarni birinchi bo`g`imini aytsangiz darhol eslab, o`sha so`zni to`liq aytadi, ammo birozdan so`ng yana yodidan ko`tariladi.
Hisoblash qobiliyati, uning buzilishi va tekshirish usullari. Hisoblash ham bosh miya oliy faoliyatining bir turidir. Bu qobiliyat asosan tepa va ensa qismlarining tutashgan joyi zararlangan taqdirda buziladi. Hisoblash qobiliyatiniig buzilishi akalьkuliya deb ataladi. Akalьkuliyada hayolan fikrlash buziladi. Lekin akalьkuliya bosh miyaning boshqa qismlari zararlanishi natijasida ham uchraydi. Masalan, chakka qismning tepa pushtasi zararlanishida, ya’ni sensor afaziyaga duchor bo`lgan bemorda uchrashi mumkin. Chunki u eshitilgan sonni o`zlashtira olmaydi, tushunmaydi, lekin shu son yozib ko`rsatilsa, bemor «misolni darhol tushunadi va to`g`ri yechadi.
Bosh miyaning peshona qismi zararlansa, bemor o`ziga o`qib berilgan masalaniig mazmunini to`la eshitib bo`lmasdanoq uni tushunar-tushunmas impulьsiv» ravishda miyasiga kelgan raqamlarni aytib yechishga oshiqadi va bu narsa albatta keraksiz noto`g`ri natijalarga olib keladi.
Bosh miyaning tepa va ensa qismlari zararlansa, bemor masalani yechish uchun o`z oldiga maqsadlarni to`g`ri qo`ya oladi-yu, ammo uning xayolan fikrlash va sintez qilish qobiliyati buzilganligi sababli masalani to`g`ri va tez yecha olmaydi.
Yüklə 20,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin