Agar jismga kuch ta’sir qilmasa yoki kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nolga teng bo’lsa u o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini davom ettiradi
Rasm 4-3
Jismni stol ustida o`zgarmas tezlik bilan harakatlantirish uchun ishqalanish kuchiga teng bo`lgan kuch bilan itarish kerak. (Rasm 4-4) Agar tarish kuchi modul jihatadan ishqalanish kuchiga teng bo`lsa jism o`zgarmas tezlik bilan harakatlanadi (Rasm 4-3). Bu kuchlar o`zaro teskari yo`nalgan va teng tasir etuvchisi 0 ga teng ( ikki kuchning vektor yegìndisi). Bu Galileyning nuqtai nazari bilan mos tushadi. Galileyning ilmiy ishini davom qildirib Issak Nyuton (Rasm 4.4) o`zining buyuk harakat nazaryasini yaratdi. Nyutonning nazariyasi uning mashhur uch harakat qonunlarida aks etgan.

Nyutonning birinchi qonuni har qanday sanoq sistemalarida bajarilmaydi. Misol uchun: tezlanish bilan harakatlanoyotgan avtomobil tarpedasida turgan piyola siz tomonga qarab harakatlanishi mumkin (Agar avtomobil tekis harakatlanganida piyola o`z holatini o`zgartirmas edi). Bu hech qanday tashqi kuch ta’sirida yuzaga kelmadi. Tezlanuvchan sanoq sistemasida Nyutonning birinch qonuni bajarilmaydi. Fizikadagi Nyuton qonunlari bajariladigan sanoq sistemalari inertsial sanoq sistemalari deyiladi.