O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə309/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

Ii. Tashishning umumiy shartlari 
Avtomobil transportida yuklarni tashish tashish shartnomasi asosida amalga 
oshiriladi. 
Tashuvchi yukni tashish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda yetkazib 
berishi kerak. Yukni yetkazib berish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari 
amal qilishi davriga ko‘paytirilishi yoki tomonlarning ikki tomonlama bitimi 
bo‘yicha uzaytirilishi mumkin. Yukni yetkazib berish kechiktirilishi to‘g‘risida 
kechikishning sabablari va vaqti ko‘rsatilgan holda yo‘l varaqasiga belgi qo‘yiladi. 


549
Yuklar tashilganligi uchun, agar qonun hujjatlarida o‘zgacha hol nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, tashish shartnomasida belgilangan to‘lov undiriladi. 
Tashuvchi, agar qonun hujjatlarida, tashish shartnomasida o‘zgacha hol 
belgilanmagan bo‘lsa, yoki majburiyatlarning mohiyatidan kelib chiqmasa unga 
tegishli bo‘lgan tashish to‘lovini va tashish bo‘yicha boshqa to‘lovlarni ta’minlash 
uchun tashish uchun unga berilgan yukni ushlab turish huquqiga ega. 
Tashuvchi, agar tashish shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
tashish shartnomasini bajarish uchun zarur bo‘lgan avtotransport vositalarining tiplari 
va sonini mustaqil belgilaydi. 
Tashuvchi yukni tashish shartnomasida belgilangan muddatda tegishli yukni 
tashish uchun yaroqli holatdagi soz avtotransport vositasini yukni jo‘natuvchiga 
yukni ortish uchun beradi, yukni jo‘natuvchi esa yukni belgilangan muddatlarda 
tashuvchiga taqdim etadi. 
Agar mijozni tashuvchi tomonidan berilgan avtotransport vositasi qoniqtirmasa, 
u holda u tegishli dalolatnomani tuzib va uni tashuvchiga berib avtotransport 
vositasini rad etishga haqlidir. 
Yukni jo‘natuvchi tomonidan tashishga yaroqli bo‘lmagan holatda taqdim 
etilgan va uni o‘z vaqtida jo‘natishni ta’minlaydigan muddatda yukni jo‘natuvchi 
tomonidan zarur holatga keltirilmagan yuk taqdim etilmagan deb hisoblanadi. 
Agar tashuvchi quyidagi holatlar bo‘yicha tashishda uning saqlanishini 
ta’minlay olmasa, tashuvchi yukni tashish uchun qabul qilishni rad etishi mumkin: 
Yuk zarur tarzda bo‘lmagan tarada yoki o‘ramda taqdim etilgan; 
Yuk bajarish uchun yuklarni tashishga qabul qilingan buyurtmanomaga muvofiq 
emas; 
Yukning taqdim etilgan turkumi massasi avtotransport vositasining yuk 
ko‘tarishidan ortiq; 
Yuk tashish yo‘nalishining avtomobil yo‘li bo‘ylab harakat vaqtincha 
to‘xtatilishi yoki cheklanishi tufayli yetkazib berilishi mumkin emas. 
Agar: 
Bunday tashish qonun hujjatlarida taqiqlangan bo‘lsa; 
Tovar xususiyatiga ega bo‘lgan yuklar tovar-transport yukxatlari bilan 
rasmiylashtirilmagan bo‘lsa; 
Tashish uchun taqdim etilgan yuklarning har xil tiplari o‘z xossalariga ko‘ra bir 
avtotransport vositasida birgalikda tashishga qo‘yilmasa; 
Yuk yo‘l harakati xavfsizligiga xavf solsa va yo‘l harakati qoidalari talablariga 
javob bermasa yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) yukni taqdim etmasligi, tashuvchi esa 
yukni tashish uchun qabul qilmasligi kerak. 
Yukni jo‘natuvchi yuklarni tashishga taqdim etishda narxni e’lon qilishga 
haqlidir. 


550
Yukning e’lon qilingan qiymati miqdori tashuvchida shubha uyg‘otgan taqdirda 
u o‘z hisobidan shartnoma asosida ekspertlarni jalb etishi va yukning real qiymati 
to‘g‘risida dalolatnoma tuzishi mumkin. 
Qiymati e’lon qilingan yuk tashishga taqdim etilganda yukni jo‘natuvchi uch 
nusxada yuk o‘rinlari ro‘yxatini tuzishga majburdir. Ro‘yxatning bir nusxasi yukni 
jo‘natuvchida, ikkinchi nusxasi — tashuvchida qoladi, uchinchi nusxasi — yukni 
jo‘natuvchi tomonidan yuk o‘rnining ichkarisiga qo‘yiladi. 
Yuklarni qabul qilish-topshirishda tovar-transport yukxatida ushbu yuklarning 
yuk o‘rinlari massasi va soni (imkoniyati bo‘lsa sanab) ko‘rsatiladi. 
U bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarning harakati hisobi yuritilmaydigan yukni 
tashish erkin shakldagi buyurtma-naryad asosida amalga oshirilishi mumkin. Har xil 
avtotransport vositalarida tashilishi kerak bo‘lgan yuk ortilgan taqdirda 
foydalaniladigan avtotransport vositalari soniga muvofiq bo‘lgan miqdorda 
buyurtmalar-naryadlar tuziladi. 
Tarali va donali yuklar massasi yukni jo‘natuvchi tomonidan ular tashishga 
taqdim etilgunga qadar belgilanadi va yuk o‘rinlariga tamg‘a bosishda ko‘rsatiladi. 
Ushbu yuklarni tashishda bir avtotransport vositasida tashiladigan yukning butun 
turkumining umumiy massasi tarozida tortish orqali yoki yuk o‘rinlarining barcha 
massasini sanab chiqish yo‘li bilan belgilanadi. Yuklarning ayrim turlari uchun massa 
o‘lchash yoki hajmli massa bo‘yicha hisoblab chiqish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. 
Yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) tovar-transport yukxatida yukning massasini va, 
agar massa to‘g‘ridan to‘g‘ri tortish orqali aniqlanmasa, uni aniqlash usullarini 
ko‘rsatishi kerak. 
Yuklar yopiq avtotransport vositasida yoki yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) 
tomonidan tamg‘alangan alohida seksiyalar, konteynyerlar yoki sisternalarda 
tashilganda, yukning massasi yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) tomonidan aniqlanadi. 
Notovar xususiyatga ega bo‘lgan yuk massasini aniqlashda yukni jo‘natuvchi 
tortish yo‘li bilan bir rusumdagi bir necha avtotransport vositalarini nazorat tartibida 
tarozida tortishi mumkin, shundan keyin yukning umumiy massasini avtotransport 
vositalari soniga bo‘lish yo‘li bilan bir avtotransport vositasidagi yukning o‘rtacha 
massasini aniqlash mumkin. 
Agar tashish uchun taqdim etilgan yukning tarasi yoki o‘ramini tashqi tomondan 
ko‘zdan kechirishda tashuvchi tomonidan yukning yo‘qotilishiga, buzilishiga yoki 
shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar aniqlansa, yukni jo‘natuvchi 
nuqsonlarni bartaraf etishi yoki tashishda yukning saqlanishini ta’minlaydigan 
boshqa ishlarni bajarishi kerak. 
Yukni jo‘natuvchi tomonidan tashish uchun taqdim etilgan yukning massasi 
avtotransport vositasining nominal yuk ko‘tarishidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
Yukning massasi yoki sonini aniqlash yukni jo‘natuvchi va yukni oluvchi 
tomonidan bir xil usulda amalga oshiriladi. Tashish uchun yukni qabul qilishda 


551
massani aniqlash uchun butun yukni tarozida tortish zarur. Yukning alohida 
qismlarini tortish orqali yukning umumiy massasini aniqlashga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Sisterna kuzovli avtotransport vositalarida tashiladigan to‘kiladigan va 
uyo‘ladigan yuklar, shuningdek quyib tashiladigan oziq-ovqat yuklari massasi 
avtotransport vositalarini tashish uchun mo‘ljallangan turg‘un tarozilarda aniqlanadi. 
To‘kiladigan, uyo‘ladigan va quyo‘ladigan yuklarni tashish oldidan 
avtotransport vositasining massasi tekshiriladi. 
Yuklarni avtomobillar tortiladigan tarozilarda tortish yukning massasini aniqlash 
maqsadida amalga oshiriladi, tortish mijoz bilan tashuvchi o‘rtasidagi kelishuv 
bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Avtopoyezdlarni tortishda butun avtopoyezdni taroziga o‘rnatish zarur. Agar 
platformaning o‘lchami butun avtopoyezdni o‘rnatish imkonini bermasa, shatakchi va 
tirkama alohida tortiladi. 
Katta o‘lchamli va uzun yuklarni tortishda yuklarning quyi uchlari tarozilarning 
harakatlanmaydigan qismlaridan (staninalar, ustunlar) yoki bog‘lovchi romdan 
tashqarida turmasligi kerak. 
Yuklarni tarada, o‘ramda yoki mayda turkumlar bilan tashishga tayyorlashda 
yukni jo‘natuvchi har bir yuk o‘rnini markalashga haqlidir. 
Yukka tovar-transport yukxatlaridagi ma’lumotlar markalashga muvofiq bo‘lishi 
kerak. 
Yukning xossalarini ko‘rsatish va yuklarni ortish (tushirish), tashish yoki 
saqlashning maxsus qoidalariga rioya qilish zarur bo‘lganda yukni jo‘natuvchi 
maxsus markalanishi kerak. 
Markalaydigan yorliqlar qog‘oz, karton, mato, metall yoki plastmassadan 
tayyorlanishi mumkin hamda eng qulay, yaxshi ko‘riladigan joylarda taraga ishonchli 
mahkamlangan bo‘lishi kerak. 
Bir necha yukni oluvchilar manziliga yetkazib beriladigan sim chiviqlar, 
quvurlar yoki boshqa katta o‘lchamli buyumlarni tashishda ushbu buyumlarning oxiri 
moyli bo‘yoqda markalanishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Uyo‘lgan, to‘kilgan yoki quyilgan holda ortiladigan va tushiriladigan yuklarni 
tashishda markirovka qilinmaydi. 
Yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) furgon tipidagi kuzovli avtotransport vositasini, 
bir yuk oluvchiga yetkazib beriladigan konteynyerlarni tamg‘alashga, yashchiklar, 
qutilar va boshqa taradagi mayda donali tovarlarni esa tamg‘alashga yoki banderol 
qilishga haqlidir. 
Yuklarni banderol qilish o‘ramning yaxlitligini buzmasdan yukka yaqinlashishni 
istisno etishi kerak. 
Yukni tamg‘alash yoki banderol qilish holati tovar-transport yukxatida qayd 
etiladi. 


552
Bir necha manzillar bo‘yicha tashiladigan yukning saqlanishini ta’minlash 
uchun tashuvchi kuzovni alohida tamg‘alanadigan seksiyalarga bo‘lish imkonini 
beradigan to‘siqlar o‘rnatishi mumkin. 
Yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) tomonidan tamg‘alangan yuk tashuvchi 
tomonidan yukni oluvchiga yukning massasi, holati va yuk o‘rinlari soni 
tekshirilmasdan topshiriladi. 
Kuzovni tamg‘alash tamg‘aning yaxlitligini buzmasdan yukka yaqinlashish va 
avtotransport vositasi kuzovi, konteyner, seksiya yoki alohida yuk o‘rnining 
tamg‘asini olib tashlash imkoni berilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 
Yukni avtotransport vositasiga ortish, shuningdek uni mahkamlash, to‘sish, 
bog‘lash, tushirish, mahkamlagichlar, qoplamalarni olib tashlash, bortlarni 
(sisternalarning qopqoqli tuynuklarini) yopish va ochish, shlanglarni tushirish va 
chiqarib olish, shlanglarning vintlarini burash yoki orqaga burash, agar tashish 
shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, yukni jo‘natuvchi (yukni 
oluvchi) tomonidan amalga oshiriladi. 
Tashuvchi yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi) bilan kelishuv bo‘yicha ortish-
tushirish ishlarini bajarishni o‘z zimmasiga olishi mumkin. 
Yuklar avtotransport vositasi kuzovida tashish vaqtida yukning o‘rami va 
avtotransport vositasi saqlanishi ta’minlanadigan tarzda joylashtirilishi va 
mahkamlanishi kerak. 
Yukni jo‘natuvchi (ekspeditor), yukni oluvchi, agar tashish shartnomasida 
o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ortish, tashish va tushirish uchun zarur 
bo‘lgan moslamalar va yordamchi materiallarni taqdim etishi, o‘rnatishi va olib 
tashlashi kerak. 
Mijozga tegishli bo‘lgan barcha moslamalar tashuvchi tomonidan tushirish 
punktida yuk bilan birgalikda yukni oluvchiga beriladi yoki tashish shartnomasiga 
muvofiq ortish punktiga yoki boshqa joyga qaytariladi. 
Tashuvchi tomonidan avtotransport vositasida yukni taxlash yoki mahkamlash 
yo‘l harakati xavfsizligi yoki yuk va/yoki avtotransport vositasi saqlanishini 
ta’minlash talablariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda tashuvchi mijozni 
bundan xabardor qilishi va, agar tashish shartnomasida o‘zgacha hol nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, aniqlangan kamchiliklar mijoz tomonidan bartaraf etilguniga qadar 
tashishni bajarishni to‘xtatishi kerak. 
Tashuvchining avtotransport vositasi yuklash uchun kelish vaqti ortish punktida 
tegishli belgi qo‘yilgan yo‘l varaqasi yukni jo‘natuvchiga (ekspeditorga) taqdim 
etilgan paytdan boshlab, tashuvchining avtotransport vositasi ortish uchun kelgan 
vaqt esa — tovar transport yukxati va tushirish punktlariga kelganlik to‘g‘risidagi 
tegishli belgi qo‘yilgan yo‘l varaqasi yukni oluvchiga taqdim etilgan paytdan boshlab 
hisoblanadi. 
Agar haydovchi yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) tomonidan rasmiylashtirilgan 
tovar-transport yukxatini olgan bo‘lsa va yuk avtotransport vositasining yuk 


553
bo‘linmasida turgan bo‘lsa, tashuvchining avtotransport vositasini yuklash 
tugallangan deb hisoblanadi. 
Yuk yuk bo‘linmasidan to‘liq tushirilganda, yuk bo‘linmasini tozalash bo‘yicha 
barcha zarur ishlar bajarilganda va yuk olinganligi to‘g‘risida yukni oluvchining 
belgisi qo‘yilgan tovar-transport yukxatlari haydovchiga topshirilganda avtotransport 
vositasidan yukni tushirish tugallangan deb hisoblanadi. 
Yuklar tushirilgandan keyin avtotransport vositalari va konteynyerlar ushbu 
yuklarning qoldiqlaridan tozalanadi, ushbu bandda sanab o‘tilgan ayrim yuklar 
tashilgandan keyin esa avtotransport vositalari va konteynyerlar yuvilishi va zaruriyat 
bo‘lganda — bo‘lak-bo‘lak va maydalangan alebaster; asbest; barit (og‘ir shpat); 
mineral momiq paxta; sabzavot sharbati; gaja (gipsli ohakgil); gips; glina; alyuminiy 
oksidi; dolomit; grafit; vannalar uchun mineral loylar; ozuqa xamirturushlari (gidroliz 
sulfat); kartoshka va lavlagi qoldig‘i; kul; ohaktosh; kaolin; asbest karton; g‘isht; 
koagulyantlar; omixta yem; apatit konsentrati; nefelin konsentrati; bo‘yoqlar va quruq 
bo‘yoqlar; yormalar (iste’mol o‘rami shikastlanganda); bo‘r, merteli; un; rangli 
metallar qipiqlari; chiqindilar; pegmatit; asfalt, ohaktosh, metallurgiya magneziti, 
shamot (olovbardosh) kukunlari; chang; sigaretlar (papiroslar) (iste’mol o‘rami 
shikastlanganda); tuz; kukunsimon yuvuvchi vositalar; texnik va qurilish shishasi 
(singan taqdirda); rangli metallar va ularning qotishmalari qirindilari; sulfatlar, 
xavflilaridan tashqari, tamaki va moxorka xomashyosi; tamaki (barglardan va 
ildizlardan hidlanadigan ishlov berilgan); yanchilgan va ildizlardagi talk (talkli tosh); 
shisha tara (singgan taqdirda); torf va torf mahsulotlari; o‘g‘itlar; quritilgan go‘sht 
qiymasi (qoplarda); ferroqotishmalar; sement; bo‘lak-bo‘lak shamot; taxtakunjara; tez 
buziladigan yuklar; hayvonlar va parrandalar dezinfeksiya qilinishi kerak. 
Avtotransport vositalari va konteynyerlarni tozalash, yuvish va dezinfeksiyalash 
majburiyati yukni oluvchilarga tegishlidir. Tashuvchi yukni oluvchi bilan kelishgan 
holda avtotransport vositalari va konteynyerlarni yuvish va dezinfeksiyalash ishlarini 
bajarishni o‘z zimmasiga olishga haqlidir. 
Tovar va notovar xususiyatga ega bo‘lgan yuklarni tashish tovar-transport 
yukxati bilan rasmiylashtirilishi kerak. 
Yuk ortiladigan avtotransport vositasining tovar-transport yukxatlari va yo‘l 
varaqalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, matbaa usulida 
tayyorlanadi, hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega bo‘ladi. 
Tovar-transport yukxati belgilangan tartibda yukni jo‘natuvchi tomonidan har 
bir borishga har bir yukni oluvchining nomiga alohida to‘rt nusxada tuziladi, ulardan: 
Birinchi nusxa yukni jo‘natuvchida qoladi va tovar-moddiy boyliklarni hisobdan 
chiqarishni (zararni) hisobga olish uchun mo‘ljallanadi; 
Ikkinchi nusxa yukni oluvchiga beriladi va u tomonidan moddiy boyliklar kirim 
qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi; 
Uchinchi va to‘rtinchi nusxalar tashuvchiga beriladi hamda tashuvchining mijoz 
bilan hisob-kitob qilishi va avtotransport ishini hisobga olish uchun xizmat qiladi. 


554
Ko‘p miqdordagi tovar-moddiy boyliklar tashish uchun bir vaqtning o‘zida 
taqdim etilganda qo‘shimcha varaqani — barcha qo‘shimcha varaqalarda tovar 
bo‘limida ko‘rsatilgan tovar-transport yukxatining bosh varaqasi seriyasi va tartib 
raqami takrorlangan holda to‘rt nusxada to‘ldiriladigan tovar-transport yukxatining 
davomini qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. 
Bir yukni jo‘natuvchidan bir yukni oluvchining manziliga aynan bir xil 
masofada bir necha marta borishni talab etadigan bir xildagi yuklarni tashish smena 
mobaynida avtotransport vositasi tomonidan bajarilgan barcha ishga jamlangan holda 
bitta tovar-transport yukxati bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda oraliq 
borishlarni rasmiylashtirish yukni jo‘natuvchi tomonidan haydovchiga har bir alohida 
borishga talon berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Talon faqat berilgan kun uchun haqiqiydir va uch nusxada to‘ldiriladi, ulardan 
bir nusxasi yukni jo‘natuvchida, ikkinchi nusxasi — haydovchida va uchinchi nusxasi 
yukni oluvchida qoladi. 
Haydovchi (yoki yukka hamrohlik qiluvchi shaxs) yukni tovar-transport 
yukxatida ko‘rsatilgan yukni oluvchiga topshirishi kerak. 
Yukni yukni oluvchiga massa va o‘rinlar soni bo‘yicha topshirish yuk yukni 
oluvchidan qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi (tarozida tortish, o‘lchash, yuk 
o‘rinlarini sanab chiqish va shu kabilar). 
Shikastlanmagan konteynyerlar, sisternalarda kelgan va yukni jo‘natuvchining 
shikastlanmagan tamg‘alariga ega bo‘lgan yuklar yukni oluvchiga yukning massasi, 
holati va yuk o‘rinlari soni tekshirilmasdan beriladi. 
Yuk yukni oluvchiga shikastlangan tarada, avtotransport vositasining 
shikastlangan kuzovida yoki yukni jo‘natuvchining shikastlangan tamg‘alari bilan 
kelgan taqdirda, tashuvchi tovar-transport yukxatiga muvofiq yuk o‘rinlarining 
massasini, sonini yoki yukning holatini tekshirishi kerak. 
Standart og‘irlik va mijoz tomonidan har bir yuk o‘rnida ko‘rsatilgan og‘irlik 
bo‘yicha tashish uchun qabul qilingan taradagi va donali yuklar borish punktida 
yukni oluvchiga o‘rinlar hisobi bo‘yicha tortilmasdan, faqat shikastlangan 
o‘rinlardagi (agar shunday bo‘lsa) yukning og‘irligi va holatini tekshirgan holda 
topshiriladi. 
Uyo‘lgan va to‘kilgan holda tashiladigan, kamomad belgilarisiz kelgan yuklar 
yukni oluvchiga og‘irlikni tekshirmasdan topshirilishi mumkin. 
Tashuvchining qayta yo‘naltirish, yukni realizatsiya qilish yoki uni yukni 
jo‘natuvchiga qaytarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlari mijoz tomonidan tashish 
shartnomasi shartlariga muvofiq to‘lanadi. 
Tashuvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha yukni oluvchi yukni qabul 
qilishni rad etgan taqdirda, yuk tashuvchi tomonidan yukni jo‘natuvchiga (agar 
tashish shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa) qaytarilishi yoki uning 
yozma ko‘rsatmasi bo‘yicha boshqa yukni oluvchiga berilishi mumkin. Yukni 
oluvchi, agar u yuridik shaxs hisoblansa, tovar-transport yukxatiga imzo bilan 


555
tasdiqlangan yuk qabul qilinishi rad etilganligi to‘g‘risidagi yozuvni qayd etishi 
kerak. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin