ASM bo’g’inlarida bir yil davomida ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarning puldagi ifodasi
Bir yil davomida barcha qayta ishlangan mahsulotlar yig’indisi
ASMda bir yil davomida barcha sotilgan mahsulotlarning puldagi ifodasi
ASMda bir yil davomida ko’rsatilgan hizmatlarni puldagi ifodasi
ASMning pirovard mahsuloti to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang aytiladi ASMda ma’lum bir davr ichida yaratilib shaxsiy va ishlab chiqarish iste’moliga yetkazib berilgan mahsulot hajmiga
Ma’lum davr ichida yaratilgan mahsulot miqdoriga
Qishloq xo’jaligidan oziq-ovqat va yengil sanoat uchun yetkazib berilgan mahsulot hajmiga va sanoat mahsulotining miqdoriga
Dehqonchilikdan oziq-ovqat va yengil sanoat uchun yetkazib berilgan mahsulot hajmiga va sanoat mahsulotining miqdoriga
6--amaliy mashg’ulot. Mavzu: « Yer resurslari, ulardan samarali foydalanish». (4 soat) (1-qism)
Yer resurslaridan foydalanish samaradorligi qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar birligiga eng kam mehnat va mablag’ sarflab ko’proq hosil olishni bildiradi. yer resurslaridan foydalanish ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
1. Qishloq xo’jalik ekinlaridan olingan hosildorlik:
H = YAM / Me = ts/ga (1)
bunda: YAM – yalpi mahsulot, ts
Me – ekin maydoni, ts/ga
2. 1 gektar qishloq xo’jalik yerlari hisobiga olingan:
a) yalpi mahsulot qiymati:
YAMQ q/x1 ga = YAMQ / M q/x = so’m/ga (2)
bunda: M q/x– qishloq xo’jalik yerlari, ga
b) foyda:
Fq/x1 ga = F / M q/x= so’m/ga (3)
3. 1 gektar ekin maydoni hisobiga olingan:
a) yalpi mahsulot qiymati:
YAMQ e1ga = YAMQ / Me = so’m/ga (4)
b) foyda:
Fe1ga = F/ Me = so’m/ga (5)
4. 1 gektar ekin maydoni hisobiga mehnat sarfi:
MSe1ga = MSjami/ Me = kishi–soat/ga (6)
bu yerda: MSjami – jami mehnat sarfi, kishi–soat