44-amaliy mashg’ulot. “CHorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti” (4 soat) (1-qism)
1. Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar: Korhonaning ma’lum bir davrdagi pul daromadi (tushumlari) ni hisoblanishi.
Korhonaning yalpi daromadi yoki yangitdan yaratilgan qiymat summasini hisoblanishi.
Korhonaning yalpi foydasini hisoblanishi.
Korhonananing sof foydasini hisoblanishi.
Samara.
Samaradorlik.
Rentabellikni hisoblanishi.
Rentabellik darajasini hisoblanishi.
Qishloq xo’jaligining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llari.
Mahsulot sotishning rentabelligi koyeffitsentini hisoblanishi.
Asosiy vositalar va oborotdan tashqari boshqa aktivlarning rentabelligi koyeffitsentini hisoblanishi.
Xususiy kapitalning rentabelligi koyeffitsentini hisoblanishi.
YUqorida qayd qilingan tayanch so’z va iboralar uchun mos keladigan ta’riflarni aniqlang: YAlpi foyda summasidan davr xarajatlari, ko’zda tutilmagan xarajatlar, moliyaviy xarajatlar summasini ayirish natijasida aniqlanadi.
1 sum harajat hisobiga olingan foyda.
Qishloq xo’jaligida sarflangan harajatlar va resurslar birligiga to’g’ri keladigan natijalar.
Qishloq xo’jaligida yalpi hosilni ko’paytirish va uning sifatini yaxshilash tadbirlarini, qishloq xo’jaligida modiy, mehnat va pul xarajatlari tejalishini ta’minlovchi tadbirlarni, bozor iqtisodi munosabatlarini qishloq xo’jaligiga joriy etishni erkinlashtirish va jadallashtirish tadbirlarini amalga oshirish .
Jami sotilgan mahsulotlar, hizmatlar miqdorini ularning haqiqiy baholariga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi.
Korhonaning soliqqa tortishga qadar bo’lgan foydasi(zarari)ni uzoq muddatli aktivlarga taqsimlanadi.
Sof foyda summasini tannarx yoki ishlab chiqarish xarajatlari summasiga taqsimlab, 100% ga ko’paytiriladi.
YAlpi mahsulot qiymatidan ishlatilgan asosiy vositalarning eskirgan qiymatini, ya’ni amortizatsiya summasini ayirish yo’li bilan topiladi.
Korhonaning soliqqa tortishga qadar bo’lgan foydasi(zarari)ni qishloq xo’jaligi xususiy kapital qiymatiga bo’linadi.
Sof foyda summasini tannarx yoki ishlab chiqarish xarajatlari summasiga taqsimlanadi.
Mahsulotni sotish (hizmat ko’rsatish) dan tushgan pul daromadlaridan shu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarni ayirish yo’li bilan hisoblanadi.