O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIGIDA INFRATUZILMA VA UNI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə35/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

12-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIGIDA INFRATUZILMA VA UNI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Reja:

  1. Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati.

  2. Qishloq xo‘jaligi ishlab chitsarish infratuzilmasi va uni boshtsarish.

  3. Ijtimoiy infratuzilma.

  4. Bozor infratuzilmasi.

Infratuzilma - lotincha suz bo‘lib, infra-kuyi, asos, struture (tuzilma)-tuzilish, uzaro joylashuv ma’nosini ifodalaydi.
Infratuzilma milliy xo‘jalik ishlab chiqarish tarmoqlari va ijtimoiy sfYeraning umumiy sharoitini ta’minlash uchun hizmat kiladigan soxalar majmuasini ifodalaydi.
U ishlab chiqarish, texnologik, iqtisodiy va tashqiliy alokalar jarayonida vujudga keladigan munosabatlar orkali qishloq xo‘jaligining samarali ishlashini ta’minlaydi. Infratuzilma jamiyat ishlab chiqarish kuchlarning bo‘linmas kismi hisoblanadi. U korhonaning samarali faoliyatini ta’minlaydi va qishloq xo‘jaligining pirovard mahsulotining miqdoran ko‘p va sifatan yuqori bo‘lishga yunaltiradi. Infratuzilma qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini intensivlashtirish va samaradorligini usishining muhim omili hisoblanadi. Ko‘p kirrali hizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirish bozor iqtisodiyotiga xos muammolarni xal etishda keng imkoniyatlar yaratadi.
Agrar soxada xo‘jalik yuritishda hizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalarning o‘rni va ahamiyati juda bekiyosdir. Chunki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarida, ya’ni yerni ekin ekishga tayyorlash, urugni yerga kadashdan boshlab, zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, yetishtirilgan mahsulotlarni yigib olish va boshqa bo‘ladigan barcha jarayonlarda turli hizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar ishtirok etadi. Bundan tashkari qishloq xo‘jaligining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi albatta ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarni kanchalik tarakkiy etganligiga bog’liqdir. ^ishloq xo‘jaligida mahsulot xajmining oshishi, ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlanishi hizmat turlarining ko‘payishi bilan bog’liq. Xrzirgi vaqtda nisbatan rivojlangan qishloq xo‘jaligiga hizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar, xususan texnika, agrokimyo, melioratsiya va okar suv bilan ta’minlash, zooveterinariya, transport, seleksiya va urugchilik, yokilgi-moylash materiallari, mahsulotlarni saklash va qayta ishlash xamda ixtisoslashgan bank hizmatlarini sanab o‘tish mumkin.
Mamlakatda chukur iqtisodiy isloxotlarni olib borilishi iqtisodiyotning barcha jabxalari singari, qishloq xo‘jaligida, unga hizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar tizimida xam tub uzgarishlarga olib keldi. Yangi servis (konsalting, injinYering, lizing va boshqa) hizmatlari vujudga keldi. Aksariyat servis hizmati ko‘rsatuvchi korhonalarning faoliyati tubdan uzgardi, hizmat turlari kengaydi.
Infratuzilma sub’ektlari xar kanday iqtisodiyotning asosiy tarkibi hisoblanib, ko‘rsatilayotgan turli hizmatlari bilan barcha tarmoq va soxalarning iqtisodiy barqaror rivojlanishiga asosiy poydevor yaratadi.
Infratuzilma sub’ektlari qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish munosabatlari va qishloqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosi hisoblanadilar. Hizmat ko‘rsatish va ta’minot tizimidagi korhonalar faoliyati rivojlantirilmasdan qishloq xo‘jaligida iqtisodiy barqaror usish sur’atlarini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi korhonalari va dehqonlarning daromadlarini ko‘paytirish mumkin emas. Infratuzilmaning asosiy vazifalari:
-Qishloq xo‘jaligiga tovar - moddiy boyliklarni yetkazib berish (urugchilik, kuchat, YOMM, mineral ugit, kimyo vositalari, suv ta’minoti);
Zotli mollarni sotish va zooveterinariya hizmati
Agrofirmalar

  • sifatli, arzon va kafolatli hizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalarga bo‘lgan talabning oshganligi;

  • mavjud hizmat ko‘rsatuvchi korhonalarning asosiy kismini yirik xo‘jaliklarga hizmat ko‘rsatishga ixtisoslashganligi, mayda tovar ishlab chiqaruvchilar extiyojlari hisobga olinmaganligi;

  • ilgari barcha qishloq xo‘jaligi korhonalarining moddiy-texnika ta’minoti bevosita davlat tomonidan fond orkali amalga oshirilgan bo‘lsa, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida esa, moddiy resurslarni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning uz mablaglari hisobiga sotib olishi;

  • mayda tovar ishlab chiqaruvchilarda pul mablaglari aylanish xajmining kamligi va moliyaviy jixatdan zaifligi, xar biri uzida servis hizmati ko‘rsatishni tashqil etish imkoniyatiga ega emasligi.

Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi ishlab chiqarish jarayoniga ta’siri darajasi buyicha quyidagi ikki guruxga bo‘lish mumkin:

  • ishlab chiqarish;

  • ijtimoiy.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga hizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmaning o‘rni va ahamiyati bekiyosdir. Chunki, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishning barcha jarayonlarida, jumladan, yerni ekin ekishga tayyorlash (Yerni tekislash, shudgorlash), urugni yerga kadashdan boshlab, zarur agrotexnik tadbirlar utkazish, yetishtirilgan mahsulotlarni yigib-terib olish va boshqa bo‘ladigan jarayonlarda turli servis hizmatlari ko‘rsatilyapti.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish mablaglari xamda ularning uzok muddat ishlashini ta’minlaydigan tarmoqlarni uz ichiga oladi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiga bevosita qishloq xo‘jaligiga hizmat kiluvchi tarmoqlar: ishlab chiqarishga yunaltirilgan transport, ta’mirlash ustaxonalari, ombor xo‘jaliklari, kommunikatsiya tizimi va telegraf, aloka, elektroenergiya uzatish liniyalari, texnik hizmat stantsiyalari, ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyalari, hisoblash markazlar kiradi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko‘pgina omillar ta’sir etadi. Ularning ichida tuproq-iklim sharoiti, hudud relefi, suv bilan ta’minlanishi, yer hududi konfiguratsiyasi, yo‘l xolati, korhonaning joylashishi, ishlab chiqarish ob’ektlarining joylashishi, kullanilayotgan tehnologiyalar, ishlab chiqarishni ixtisoslashishi darajasi muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy infratuzilmaning asosiy vazifasi qishloq axolisining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini kelgusida yaxshilash hisoblanadi.
Ijtimoiy turmushga ta’sir utkazuvchi infratuzilmaning asosiy jixatlariga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona joylashtirish;

  • axoli mehnat faolligi kulamini kengaytirish;

  • Mehnat resurslari safarbarligini tartibga solish;

  • bush vaqt fondini boyitish va undan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash uchun imkoniyat yaratish;

  • ishchi kuchini takror yetishtirishga ta’sir etish.

Ijtimoiy infratuzilma murakkab vazifalar tizimidan iborat bo‘lib, unda barcha unsurlar uzaro bog‘langanki, ulardan birining rivojlanishdan ortda kolishi, boshqalaridan samarasiz foydalanishga sabab bo‘ladi. SHu boisdan mintaka ijtimoiy infratuzilmasining majmuaviy tarzda rivojlanishini ta’minlash muhim vazifadir.
Qishloq xo‘jaligi korhonalarining samarali Mehnat jarayonida bo‘lgani kabi, ishlovchi kuchini takror ishlab chiqarishda xam zarur shart - sharoitlar yaratishni talab etadi. Bu vazifani bajarishga ijtimoiy infratuzilma bo‘limlari va hizmat soxalari yunaltirilgan.
Ijtimoiy infratuzilma uzida mehnat jarayonida ishlovchilarni samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart - sharoitlarni yaratishga yunaltirilgan jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining bir kismini aks ettiradi. Ijtimoiy infratuzilmaning asosiy vazifasi qishloq axolisining ijtimoiy - maishiy sharoitlarini kelgusida yaxshilash hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma soxalari mahsulot yaratishda bevosita ishtirok etmaydi, lekin ular ishlab chiqarish jarayonining me’yoriy rivojlanishi uchun shart - sharoitlarni ta’minlaydilar.
Ijtimoiy infratuzilmaning ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarishning zarur malakali kadrlarga bo‘lgan talabini kondirishni tartibga soladi, kadrlarni takror ishlab chiqarishga va qishloq xo‘jaligiga bog‘lanib ketishiga kumaklashadi, Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlaydi. Ijtimoiy infratuzilma bo‘limlari nafakat korhona, balki ularning oila a’zolari kommunal - maishiy talablarini kondirish uchun xam shart - sharoitlarni yaratishda katnashadi.
Ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini tashqil etish va maqsadga muvofik ishlab turishi ular joylashgan qishloq xo‘jalik korhonasining iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bog’liq bo‘lib kolmokda. Xo‘jaliklar ijtimoiy infratuzilma bo‘limlarini shakllantirishga zarur moddiy, pul va Mehnat resurslarini ajratadilar.
Qishloq xo‘jaligida ijtimoiy infratuzilma ob’ektlariga kommunal uy - joy xo‘jaliklari, meditsina va maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ovkatlanish tashqilotlari, o‘quv-ishlab chiqarish kombinatlari, Mehnat muxofazasi buyicha hizmat soxalari, sport-soglomlashtirish tashqilotlari, ishlovchi - hizmatchilarga hizmat ko‘rsatuvchi transport, aloka va axborot hizmati bo‘limlari kiradi.
Maqsadli yunalishi, shakllanish manbai, hududiy joylashuvi va ishlab chiqarish jarayonida katnashishiga kura, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari hizmat soxalarini 2 guruxga bo‘lish mumkin.
Birinchi guruxga korhonalar hisobidan barpo etilgan xo‘jalik bo‘limlarida joylashgan va Mehnat sharoitlari, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish jarayonida ishlovchilarning xordik olishini, sharoitlarni yaxshilashga karatilgan ob’ektlar tegishlidir. Bu gurux tarkibiga brigadalardagi va chorva mollari fermalaridagi maishiy inshootlar, bo‘limlardagi umumiy ovkatlanish punktlari (bufetlar, oshxonalar), soglikni saklash, madaniyat va xordik ob’ektlari (profilaktoriylar, vrach kabinetlari, o‘quv zallari va boshqalar), yonginga karshi punktlar kiradi. Ular chorvachilik majmualarida, fermalarida, ustaxonalarida, traktor parklarida, dala stantsiyalarida joylashtiriladi.
Ikkinchi guruxga qishloq xo‘jalik korhonalarining axoli punktlariga joylashgan, axolining kommunal uy-joy talablarini kondirish uchun muljallangan va koida buyicha davlat resuslari hisobiga va katta korhonalar va agrosanoat uyushmalarining maxsus vositalari hisobiga tashqil etilgan ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari, maishiy hizmat ko‘rsatish korhonalari, soglikni saklash, sport, maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari, madaniyat uylari va klublar, savdo korhonalari ta’alluklidir.
Ijtimoiy infratuzilmaning ushbu ob’ektlari qishloq joylaridagi axolining, mehnat soxasidagi va ijtimoiy axvolidan kat’iy nazar xammasiga hizmat ko‘rsatishga yunaltirilgan.
Qishloq xo‘jaligida ijtimoiy infratuzilma ob’ektlariga kommunal uy - joy xo‘jaliklari, meditsina va maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ovkatlanish tashqilotlari, o‘quv-ishlab chiqarish kombinatlari, mex,nat mux,ofazasi buyicha hizmat soxdlari, sport-soglomlashtirish tashqilotlari, ishlovchi - hizmatchilarga hizmat ko‘rsatuvchi transport, aloka va axborot hizmati bo‘limlari kiradi.
Bozor infratuzilmasi - mahsulot (hizmatlar) ishlab chiqaruvchini iste’molchi bilan yagona bozor makonida birlashtirib, ishlab chiqarish va iste’mol kulamlari urtasidagi ziddiyatni bartaraf etuvchi va uning barcha ishtirokchilari uz oldilariga kuygan maqsadlariga Yerishishlarini ta’minlovchi muassasalar va vositachilik tarkiblari tizimidir.
Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli mux,itsiz, tovar-pul va mex,nat resurslari bozorlarida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar urtasida uzaro alokani ta’minlashi kerak bo‘lgan infratuzilmasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Moliya, bank-kredit tizimlari bilan bog’liq masalalarni x,al kilish, sugurta, auditorlik, yuridik va konsalting firmalari xdmda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish zarur.
Bozor infratuzilmasining asosiy maqsadi tovar va hizmatlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetib borishi va ularning extiyojlarini kondirish borasida kulay sharoitlar yaratish orkali iqtisodiy tizimning samarali faoliyat yuritishini oshirishga karatilgan.
Bozor infratuzilmasi respublikada vujudga kelayotgan umummilliy va mintakaviy bozorlarning ishlashini, davlatlararo iqtisodiy munosabatlarning tartibga solinishini ta’minlaydi.
O‘zbekistonda bozor infratuzilmasi sub’ektlari asosan shakllantirib bo‘lindi, ularning huquqiy-institutsional asoslari yaratildi. Xrzirgi kunda respublikada ikki pogonali bank tizimi, sugurta kompaniyalari, tovar va xom ashyo birjalari, sarmoya fondlari tarmogi, fond va kuchmas mulk birjalari, Markaziy depozitariy va ikkinchi pogona depozitariylari, lizing va konsalting kompaniyalari, Savdo-sanoat palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi faoliyat ko‘rsatmokda xamda ularning faoliyat yunalishlari bozor talablariga moslashtirilmokda.
Iqtisodiyotni Erkinlashtirish jarayonida fermer xo‘jaliklarini xam samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida qishloqda infratuzilma sub’ektlarini tashqil etish va rivojlantirishga karatilgan huquqiy-me’yoriy xujjatlar qabul kilinib, ularda vazirlik, kompaniya, tijorat banklari va maxalliy xokimiyat organlariga qishloq hududlarida hizmat ko‘rsatish va ta’minot buyicha infratuzilma sub’ektlarini tashqil etish tadbirlarini amaliyotga joriy kilishdagi vazifalar belgilandi.
Xar bir tuman yoki qishloq hududida infratuzilma sub’ektlarining shoxobchalarini tashqil etish, ularni zarur texnika va jixozlar xamda malakali kadrlar bilan ta’minlash muayyan moliyaviy kullab-kuvvatlash va ma’lum bir muddatni talab etadi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin