O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


-26--amaliy mashg’ulot. Qishloq xo’jaligida narx va narxlarni shakllantirish(4 soat) (1-2 qism)



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə142/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

25-26--amaliy mashg’ulot. Qishloq xo’jaligida narx va narxlarni shakllantirish(4 soat) (1-2 qism)
Qishloq xo’jaliigda barchav talablarni qondirish maqsadida turli xildagi o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtiriladi, ishlar hamda hizmatlar bajariladi. Ularni iste’molchilarga etkazib berishda, sotishda turli xildagi baholardan foydalaniladi. Baholar mahsulot (ish, hizmat) larni ayriboshlash maskaniga, maqsadiga, vazifasiga ko’ra, bir qancha turlardan tashkil topadi.
Davlatning xarid narxlari (tsent/so’m)




Yillar

2019 yilda o’tgan yillarga nisbatan

2017

2018

2099

2017

2018

Paxta xomashyosi

5200

25500

50255

9.7 marta

197.1%

Boshoqli don

2181

8200

20600

9.4 marta

2.5 marta

Boshoqli donlarning ham xarid narxlari ularning sifatlariga qarab o’rnatilgan. YA’ni mahsulot sifati yuqori bo’lsa, xarid baholari ham yuqori. Baholar rag’batlantiruvchi vazifani bajarishi lozim. Respublika hukumati bu masalaga alohida e’tibor bermoqda. Bu yaxshi natijalar bermoqda. Jumladan, davlatning xo’jaliklarni rag’batlantirish maqsadida o’z buyurtmasi uchun bug’doyning xarid narxlarini yil sayin oshirishi uning yalpi hosili oshishiga ijobiy ta’sir etmoqda. Bu hol, baho va yalpi hosil o’rtasida o’zaro bog’liqlik, ya’ni elastiklik mavjud ekanligidan dalolat beradi Davlat o’z buyurtmasi bo’yicha sotib olayotgan har tonna bug’doy xarid narxlarini so’nggi yillarda nisbatan yuqori sur’atlar bilan oshirishi uning yalpi hosili oshishiga olib keldi. Bunga xarid narxlari shunday sur’atlarda oshishidan ishlab chiqaruvchilar manfaatdor bo’lganligi tufayli erishildi.


Davlat xarid narxlarining o’zgarishi. (sentener/so’mda).



Hozirgacha respublikada bug’doyning bahosi bilan uning yalpi hosili o’sishi o’rtasidagi korrelyatsiya koyeffitsiyenti R-0,9321 ga teng. Bu davlatning don mahsulotlari baholari borasida olib borayotgan iqtisodiy siyosati to’g’riligidan dalolat beradi.
Korhonalar davlat buyurmasidan tashqari barcha mahsulotlarini erkin va boshqa turdagi baholarda sotmoqdalar. erkin baho bozorda mahsulot sotuvchi va uni sotib oluvchilar o’rtasida, ularning iqtisodiy manfaatlari hamda bozor talabi va taklifi asosida shakllanadi, ya’ni belgilanadi. U tarmoqlarning mahsulot oldi-sotdi munosabati bo’yicha tuzilgan shartnomalarida o’z aksini topadi. SHuning uchun erkin baholarni shartnoma baholari deb ham atashadi. Uning absolyut miqdori mahsulot sotish davriga, unga bo’lgan talabga hamda mahsulot sifatiga bog’liq.
Tarmoqdagi erkin (shartnoma) baholarning mutlaq (absolyut) miqdori qishloq xo’jaligida foydalanilayotgan ishlab chiqarish vositalari baholarining o’sishi, mahsulotlarga nisbatan talabning oshishi natijasida so’nggi yillarda o’zgarib bormoqda.
Qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan talabni muntazam oshishi oqibatida ularning erkin bozor narxlari xam oshib borgan.
Davlat xarid hamda erkin (shartnoma) baholarida mahsulotlar iste’molchilarga ulgurji holda, ya’ni ko’p miqdorda, katta partiyalarda ham sotiladi. SHuning uchun ularni ulgurji baholarga ham tenglashtirish mumkin.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari jahon baholarida ham sotilmoqda. Uning mutlaq (absolyut) miqdori jahondagi ixtisoslashgan yirik birjalarda belgilanib, mahsulot eksporti va importi shartnomalarida aks ettiriladi. Qishloq xo’jalik mahsulotari darajasiga jahondagi yirik tovar ishlab chiqaruvchilar hamda ularni sotib oluvchilar ham ta’sir ko’rsatishi mumkin. SHu bilan birga ularning barqarorligiga dunyo miqyosidagi tinchlik, iqtisodiy barqarorlik ham ta’sir etadi. Jumladan, 2001 yil sentyabr oyidagi voqealar va keyingi holatlar ta’sirida jahon miqyosida neftning bahosi o’zgarib turgan holda, paxta tolasining bahosi pasayib bormoqda, guruch va bug’doyning baholari esa o’zgarib turibdi. Lekin jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ayrim davlatlarda qurg’oqchilik natijasida mahsulot ishlab chiqarish miqdori kamayishi, ularga bo’lgan talabning mavjudligida narxining ortishiga olib keldi.
Bug’doyning bahosi bilan uning yalpi hosili o’rtasidagi bog’liqlik

CHakana baholar – savdo jarayonida sotilayotgan tovarlarning bahosidir. CHakana baholar orasida ulgurji hamda chakan savdo korhonasi sotib olgan tovarlar bahosi yotadi. Savdo korhonalari ulgurji baholarga savdo ustamasini qo’yadilar, shuning hisobidan qilingan xarajatlar qoplanadi va foyda olinadi. Savdo ustamasi miqdorini savdo korhonalari o’zlari belgilaydilar, lekin ma’lum chegaradan o’tmaydilar. SHuningdek, savdo ustamasiga qo’shimcha qiymat solig’i va maxsus soliq ham qo’shiladi. Korhonalar iqtisodiyotining bir necha yilligini o’rganish maqsadida, ya’ni mahsulotini, mehnat unumdorligini, fondlar qaytimi o’zgarishini tahlil etishda qiyosiy baholardan foydalaniladi. Qiyosiy baholar asosida mamlakat miqyosidagi ma’lum bir yilning haqiqiy o’rtacha bahosi yotadi. Hozirgi davrda qiyosiy(taqqoslama) baho sifatida 1996 yildagi haqiqiy baholar olingan. Kelajakda qiyosiy baho uchun inflyatsiya va boshqa asosiy iqtisodiy masalalarni e’tiborga olgan holda boshqa yilning haqiqiy bahosi asos qilib olinishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot ayriboshlash jarayonida pul o’tkazish operatsiyalari ma’lum darajada buzilishi tufayli mahsulotlarni natura holida (barter) ayriboshlash amalga oshirilmoqda. Mahsulot ayriboshlash jarayonida ekvivalentlik holatini ta’minlash uchun shu mahsulotning baholari e’tiborga olinmoqda. Barter jarayonida korhonalar o’z maqsadlarini hal etsalar, davlat ma’lum miqdorda daromad ololmay qoladi. CHunki barterda mahsulotning qiymati pulda hisoblanmaydi. Oqibatda davlat byudjetiga foydadan olinadigan soliq to’lanmaydi.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin