II.Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu: “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” fanining predmeti, vazifalari va uslublari Qishloq xo‘jaligining Respublika ijtimoiy iqtisodiyotida tutgan o’rni va ahamiyati. Raqamli iqtisodiyot sharoitida agrar soxani bozor munosabatlari talabi darajasida rivojlantirish yo’llari. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti fanining predmeti, maqsadi va vazifalari xamda fanni o‘rganish usullari. Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi.
2-mavzu: O‘zbekistonda agrar islohotlarning mohiyati, bosqichlari va asosiy yo’nalishlari Respublikada agrar islohotlarning zaruriyati, mohiyati va xuquqiy asoslari. Agrar islohotlarning maqsadi va tamoyillari. Agrar islohotlarning bosqichlari va asosiy yo’nalishlari. Yer islohoti. Suv islohoti. Mulk islohoti. Moliya-kredit na soliq islohoti. Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish bog’liq amalga oshirilayotgan innovatsion mexanizmlar.
3-mavzu: Agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi va vazifalari Agrosanoat majmuasining mohiyati, uning turkumlashtirilishi va asosiy bo‘g‘inlari. ASMning mamlakat oziq-ovqat xavfsiziligini ta’minlashdagi o’rni va ahamiyati. Respublikada agrosanoat majmuasi tizimining zaruriy asoslari. Agrosanoat majmuasining maqsadi, vazifalari va soxalari. Agrosanoat majmuasining boshqaruv tuzilmasi. Agrosanoat majmuasi tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish munosabatlari. Agrosanoat majmuasida iqtisodiy mehanizm va uni ishlab chiqarishda joriy etish yo’llari.
4-mavzu: Qishloq xo‘jaligida yer resurslari, ulardan foydalanish samaradorligi Yer qishloq xo‘jaligining asosiy vositasi sifatida.Qishloq xo‘jaligida yer resurslari va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Yer fondi va uning tarkibi, yer resurslaridan qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish yo’llari.Yer unumdorligi va uni oshirish yo’llari. Yer resurslaridan foydalanuvchilar va yerdan foydalanish xuquqi. Yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari. Yer resurslaridan samarali foydalanishni yaxshilash va rag’batlantirish.