105
3) tadqiqot ob’ektlari va usullarining to’g’ri tanlanishi;
4) tajriba o’tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi;
5) zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning
yaratilganligi;
6) tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta
ishlash.
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga
kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda
tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi, muammo
holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta
tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko’rsatkich
hisoblanadi. Ayni vaqtda, pedagogik yo’nalishda, tadqiqotlar olib borishda
St’yudent, Kivirlyag, Rokich, V.P.Bespalko hamda V.V.Grechixin metodlaridan
keng foydalanilmoqda.
Pedagogika fani o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud
pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan
metodlari bilan o‘rganadi.
Demak, zamonaviy pedagogikadaga ilmiy-tadqiqot metodlari pedagogik
jarayon qatnashchilarini har tomonlama chuqur o‘rganishga, pedagogik
muammolar yechimini topishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: