3.9. Modellashtirish usuli.
Kasalliklarni modellashtirish masalasi tibbiyotda katta ahamiyatga ega. 100 yildan
ortiqroq vaqt davomida ko‘pgina insonlarda uchraydigan kasalliklarining patogenezini,
davolash usullarini va profilaktikasini o‘rganish maqsadida hayvonlarda biologik
modellashtirish usuli qo‘llanilmoqda. Ayniqsa infektsion kasalliklarni davolash va
oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqishda modellashtirish katta rol o‘ynaydi.
Irsiy patologiyani o‘rganishda ham modellashtirish usuli katta ahamiyatga ega.
N.I.Vavilovning irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatori qonuniga ko‘ra bunday
modellar tabiatda mavjuddir. Bu qonunga ko‘ra irsiy jihatdan yaqin bo‘lgan turlar va
avlodlar o‘xshash irsiy o‘zgaruvchanlikka egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish
lozimki, doimiy jihatdan yaqin bo‘lgan hayvonlarda odamlarga o‘xshash irsiy
kasalliklar uchrashini kutish mumkin. Hayvonlarda uchraydigan irsiy anomaliyalarni
chuqur o‘rganish, ularning patogenezi odam irsiy kasalliklariga o‘xshashligini
ko‘rsatdi. Masalan, mushak distrofiyasi odamlarda, sichqonlarda, xomyaklarda,
olmaxonlarda, tovuqlarda uchraydi, itlardagi A va B gemofiliyalari odamlardagi kabi
X ga birikkan retsessiv genlar orqali yuzaga chiqadi, qandli diabet xitoy
xomyaklarida, irsiy semiruvchanlik kalamushlarda, irsiy karlik mushuklarda uchraydi.
Hozirgi vaqtda maxsus laboratoriyalarda odam irsiy patologiyasini o‘rganishda
foydalanadigan mutant sichqonlar, kalamushlar, quyonlar va itlar ko‘paytirilmoqda.
Biologik modellashtirish irsiy kasalliklar patogenezida muhit omillari va irsiyatning rolini
65
aniqlashda ham qo‘llaniladi. Bu usul odam irsiy patologiyalarini davolash va profilaktika
qilish yo‘llarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga egadir.
Albatta, odamda faqat uning o‘ziga xos bo‘lgan irsiy kasalliklari ham uchraydi,
hayvon modellari insonlarda uchraydigan kasalliklarining aniq nusxasi bo‘la olmaydi.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan biologik modellashtirish usuli o‘zining ahamiyatini
yo‘qotmaydi.
Modellashtirishning ikkinchi xili - matematik modellashtirishdir.
Bu usul populyatsiyalardagi genetik jarayonlarni o‘rganishga imkon beradi.
Kompyuter texnikasidan foydalanib belgining rivojlanishida irsiyat va muhit omillarining
o‘zaro munosabatlarini o‘rganish, genlarning birikishini tahlil qilish mumkin. Tibbiy
genetik maslahatlarda matematik modellashtirish usuli oilada kasal bolaning tug‘ilish
xatarini aniqlashda qo‘llaniladi. Shuning uchun ham bu usul katta istiqbolga ega.
3.10. Dermatoglifika usuli.
Dermatoglifika termi yunoncha derma-teri, gliphe-chizmoq so‘zlaridan olingan
bo‘lib, barmoqlarda, kaftda va tovonlarda teri relefini o‘rganishga asoslangan. Shu
joylarda terining tuzilishi o‘zgacharoq bo‘lib, epidermal do‘ngliklar - qirralarni hosil
qiladi. Qadimdan Xitoyda, Hindistonda, Yaponiyada, Quriyada, Markaziy Osiyoda
barmoq va kaftdagi teri izlarining individualligini bilishar va undan imzo o‘rnida
foydalanilar edi.
Dermatoglifika to‘g‘risida dastlabki ilmiy ma`lumotlar XVII asrda paydo bo‘ldi.
Birinchi bo‘lib teri izlarining o‘ziga xosligi to‘g‘risidagi ma`lumotlar N. Gryu (1684), M.
Malpigi (1686), Ya. Purkinye (1823) asarlarida bayon qilindi. Dermatoglifika alohida
ilmiy yo‘nalish sifatida XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllandi. F. Galtonning
ilmiy ishlari natijasi bayon qilinganidan so‘ng teri chiziqlarini o‘rganish sud tibbiyotida
jinoyatchilarni aniqlashda odam genetikasida oilalar va egizaklarni o‘rganishda keng
qo‘llanila boshlandi. Dermatoglifika terminini fanga birinchi bo‘lib amerikalik olimlar G.
Kammins va Ch. Midl kiritishdi. Teri relefining irsiylanishi, etnik dermatoglifika
muammolarini o‘rganishga rus olimlari M. I. Vilyamovskaya, I. I. Katayeva, T. D.
Gladkovalarning qo‘shgan hissalari katta bo‘ldi.
Dermatoglifika usuli asosan uch qismga bo‘linadi:
66
1)
daktiloskopiya - barmoq chiziqlarini o‘rganish;
2)
palmoskopiya - qo‘l kafti chiziqlarining o‘ziga xosligini o‘rganish;
3)
plantoskopiya - oyoq tovoni chiziqlarining o‘ziga xosligini o‘rganish.
Dermatogliflarni olish uchun oddiy tipografiya bo‘yoqlaridan foydalaniladi. Buning
uchun bo‘yoqni vazelin yog‘ida yoki skipidarda bir oz eritilib 15 x 25 sm o‘lchamli
oynaga tomiziladi va fotografiyada ishlatiladigan oddiy rezina rolik bilan bir tekis qilib
yoyiladi.
Tekshirilayotgan shaxsning kafti oynaga bosiladi. Agar bo‘yoq kaftining hamma
joyi to‘liq bo‘yamasa, rolikni kaft ustida aylantirish mumkin. Keyin kaft oddiy qog‘ozga
bir tekis bosiladi. Qog‘ozning tagiga yumshoq rezina qo‘yilsa kaftning chuqur
joylaridagi izlari ham qog‘ozga to‘liq tushadi. Kaftni qog‘ozga ohista qo‘yib o‘rtasidan
sekin bosiladi. Kaftni qog‘ozdan birdaniga yuqoriga ko‘tarib olish lozim. Barmoq izlari
alohida olinadi. Buning uchun har bir barmoqqa bo‘yoq surtilib radial qismdan ulnar
qismgacha birin-ketin qog‘ozga bosiladi.
Daktiloskopiya. Barmoqtarda papillyar chiziqlar joylashishining asosan uch xil
varianti uchraydi (25-rasm): yoy A harfi bilan belgilanadi (inglizcha Arch - yoy), sirtmoq -
L harfi bilan belgilanadi (inglizcha Loop - sirtmoq), o‘rama — W bilan belgilanadi
(inglizcha Whorl - o‘rama). Yoylar eng kam tarqalgan variant bo‘lib (6%), triradiuslari
bo‘lmaydi. Uning qirralari barmoq yostiqchasini ko‘ndalangiga kesib o‘tadi. Sirtmoqlar
eng ko‘p tarqalgan variant (60% ga yaqin) hisoblanadi. Barmoqning bir tomonidan
boshlanib ikkinchi tomoniga yetmasdan yana boshlang‘ich nuqtaga - orqaga qaytadi.
Sirtmoqlarda bitta delta bo‘ladi. Sirtmoq radial tomonga ochilsa radial sirtmoq
deyiladi (L
r
), ulnar tomonga ochilsa ulnar sirtmoq deyiladi (L
u
). O‘ramalar o‘rtacha
chastotada tarqalgan bo‘lib (34%), konsentrik yo‘nalgan izchalardan tashkil topadi.
O‘ramalarda ikki delta mavjud. Yuqorida ko‘rsatilgan uchta asosiy chiziqli shakllardan
tashqari boshqa shakllar ham uchraydi. Murakkab ikki deltali chiziqlar shakli ham
o‘ramalar variantiga kiritiladi.
67
25-rasm. Barmoq izlarining turlari.1- (А)-yoysimon, 2- (L)sirtmoqsimon,
3- (W )aylanasimon.
Planetamizda yashaydigan turli millatlar orasida asosiy barmoq izlari shakllarining
taqsimlanishi har xildir. Mongoloidlarda ikki deltali shakllar ko‘p, deltasiz chiziqlar
shakllari esa kam uchraydi (populyatsiyaning 2% yaqinida). Aksincha yevropoidlarda
sirtmoq va yey shakllari ko‘p uchraydi. Negroidlarda 75 % ga yaqin sirtmoqlar, 27 % dan
kamroq o‘rama shakllari uchraydi. Bunday farqlar mavjudligi tufayli delta indeksini
DL
10
=
10
2
x
W
L
A
W
L
formulasi yordamida aniqlab, odamning qaysi etnik guruhga kirishini
aniqlash mumkin. Masalan mongoloidlarda DL
10
o‘rtacha olganda = 15,7 ga, yevro-
poidlarda (ruslarda) =12,7ga, negroidlarda (yangi Gvineya) = 16,0 ga avstraliyali
aborigenlarda esa = 17,0 ga tengdir.
Teri chiziqlarining shakllanishi embriogenezning 10-19 haftalaridan boshlanadi. 20-
haftada pushtda teri chiziqlari aniq ko‘rinadi. Papillyar relef shakllanishi asab
tolalarining tarmoqlanishiga bog‘liqdir. 6 oydan keyin papillyar relef to‘liq shakllanib,
keyin umrning oxirigacha umuman o‘zgarmasdan saqlanadi. Har xil ta`sirlar natijasida
(kuyish, sovuq oldirish, shikastlanish) teri jarohatlanishidan keyin avvalgi holatdagi
papillyar chiziqlar shakli yana qaytadan tiklanadi. Faqat jarohatlar juda chuqur bo‘lib,
biriktiruvchi to‘qima chandiqlari hosil bo‘lgandagina avvalgi holat qayta tiklanmaydi.
Daktiloskopiyaning miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida umumiy qirralar soni (UQS)
hisoblanadi (qirralar sonini hisoblash uchun markazdan deltagacha bo‘lgan chiziqlar
sanaladi). O‘rtacha olganda bitta barmoqda 15-20 qirralar mavjud. Hammasi bo‘lib o‘nta
barmoqda o‘rtacha olganda erkaklarda umumiy qirralar soni 144,88 ± 51,08, ayollarda
esa 127,23 ± 52,51 ga tengdir. UQS kariotipda X xromosomalar soniga bog‘liq.
А
L
W
68
Shereshevskiy –Terner sindromida UQS 180 ga teng, Klaynfelter sindromida -50, X
pentosomiyada esa 0 ga teng.
Palmoskopiya. Kaftning relefi juda murakkab bo‘lib, unda maydonchalar,
yostiqchalar, kaft chiziqlari tafovut etiladi. Ularni farqlay olish uchun kaftning
topografiyasini yaxshi bilish lozim. Kaftning katta barmoq yonidagi chegarasi radial,
uning qarama-qarshi tomoni esa ulnar qismlar deyiladi. Kaftning yuqori chegarasi
kaft-falangalar burmasi bilan, pastki chegarasi kaft orti (bilakuzuk) burmasi bilan
chegaralangandir. Uchta asosiy bukuvchi burmalar mavjud, katta barmoq burmasi, distal
(uch barmoqli) va proksimal (besh barmoqli) burmalar.
Markaziy kaft chuqurchasini 6 ta kaft yostiqchalari o‘rab turadi. Katta barmoq
asosidagi yostiqchani tenar, unga qarama - qarshi qirradagisini esa gipotenar deyiladi.
Barmoqlar orasida 4 ta yostiqchalar mavjud. 2, 3, 4, 5 barmoqlar asosida a, b, c, d
barmoq triradiuslari joylashgan.
Triradius (delta) deb uchta har tomonga yo‘nalgan papillyar liniyalar yo‘nalishlarining
uchrashgan nuqtasiga aytiladi. Kaft orti burmasi yaqinida, 4-kaft suyagidan uzunasiga
yo‘nalgan chiziqda asosiy o‘zak triradius t joylashadi. Agar a va d triradiuslaridan t
triradiusiga chiziqlar o‘tkazsak a t d kaft burchagi hosil bo‘ladi. Me`yoriy holatlarda
uning kattaligi 57° dan ortmaydi, har xil xromosoma kasalliklarida esa kattalashishi yoki
kichrayishi mumkin (26-rasm).
26-rasm.
Normal holatda va xromosoma sindromlarida
atd burchagi.
1-Patau sindromi,
2-Daun sindromi,
3-Shereshevskiy- Terner sindromi,
4-norma,
5-Klaynfel'ter sindromi.
69
O‘naqaylarda murakkab teri chizig‘i shakllari o‘ng qo‘lda ko‘proq uchraydi. Ayollarda
o‘ramalar erkaklarga nisbatan kamroq, sirtmoqlar va yoylar esa ko‘proq uchraydi.
Teri chiziqlari relefi irsiy jihatdan determinatsiyalangan bo‘lib va poligen irsiylanish
tipida nasldan-naslga o‘tadi. Monozigot egizaklarda teri chiziqlari shakli konkordantligi
0,8-0,9 ga, dizigot egazaklarda esa 0,3-0,5 ga teng, shuning uchun ham bu usuldan
egizaklarning zigotaligini aniqlashda keng foydalaniladi.
Keyingi yillarda dermatoglifika usuli tibbiyot genetikasida keng qo‘llanilmoqda. Bu usul
xromosoma sindromlariga tashxis qo‘yishda qo‘shimcha usul sifatida qo‘llanilishi
mumkin. Masalan, jinsiy xromosomalar soni o‘zgarganda (aneuploidiya) umumiy
papillyar qirralar soni o‘zgaradi. X xromosomalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, umumiy
qirralar soni shuncha kamayib boradi. D, C, E trisomiyalarida bosh kaft chiziqlarining
yo‘nalishlari ham o‘zgaradi. Autosomalar aneuploidiyalari ham umumiy qirralar sonining
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Masalan o‘ramalar deyarli uchramaydi, radial sirtmoqlar
ko‘proq IV barmoqda uchraydi, E trisomiyasida faqat yoylar uchraydi (umumiy qirralar
soni 0 ga teng bo‘ladi). Daun kasalligida ulnar sirtmoqlar ko‘proq uchraydi, atd burchagi
80° ga yaqin bo‘ladi, kaftda chuqur ko‘ndalang burma ("maymun" burmasi) uchraydi.
Jimjiloqda
yolg‘iz
bukuvchi
burmacha
40%
gacha
uchraydi (2% o‘rniga) (27-rasm A,B).
Patau sindromida yoylar miqdori ortadi, umumiy qirralar soni kamayadi, IV va V
barmoqlarda radial sirtmoqlar ko‘proq uchraydi (umumiy populyatsiyada esa II-
70
barmoqda), t triradiusining distal siljishi natijasida atd burchagi 108
0
gacha ortadi) (27-
rasm C,D).
Edvards sindromida ham yoylar soni ortadi (6 yoki undan ko‘proq barmoqlarda), kaft
chiziqlari soddalashishi kuzatiladi (27-rasm E).
Multifaktorial
patologiyada
ham
dermatoglifikaning
o‘zgarishlari kuzatiladi
(S.A.Rahimov). Shizofreniya, qandli diabet, semirish va shu kabi irsiy moyilli
kasalliklarda dermatoglifika o‘zgaradi.
27-rasm. Odam xromosoma
kasalliklarida qo`lda (palmoskopiya) va
oyoqda (plantoskopiya) har xil chiziqlar
o`zgarishining sxematik ifodasi.
A- Daun sindromida kaftning ko`nda-
lang burmasi (―maymun burmasi‖),
B- me`yorda dermatoglifika,
C-D triso-miyasida,
D-G trisomiyasida,
E-E triso-miyasida.
Lekin bunday kasallikda dermatoglifikaning o‘ziga xos o‘zgarishlari kuzatilmaydi.
Shuning uchun ham dermatoglifik tekshirishlar irsiy kasallikka tashxis qo‘yishning
birdan-bir asosi bo‘lishi mumkin emas.
Lekin shunday bo‘lishiga qaramasdan kasal proband va uning fenotipik sog‘lom ota-
onalari hamda sibslar genotipida o‘xshashlik elyementlarini aniqlash lozim bo‘lganda
dermatoglifika qulay usul hisoblanadi. Masalan, dermatoglifika o‘xshashligi asosida kasal
d
E
71
proband qarindoshlari o‘rtasida xatar darajasi yuqori bo‘lgan guruhlarni ajratib olib ularni
dispanser nazoratiga qo‘yish mumkin.
Dermatoglifik ma`lumotlarning prognoz ahamiyati bo‘lishi ham mumkin.
Dermatoglifika ko‘rsatkichlari umum populyatsiya darajasidan qancha katta farq qilsa,
proband uchun prognoz shuncha noqulay hisoblanadi.
Tayanch so’zlar:
Klinik genyeologik usul
Immunogenetika usuli va HLA tizimi
Egizaklar usuli
Somatik hujayralar genetikasi
Sitogenetik usul
Hujayralarni suniy o‘stirish va klonlashtirish
Biokimyoviy usul
Molekulyar genetik usullar
Populyatsion statistik usul
Xardi-Vaynberg qonuni
Modellashtirish usuli
Dermatoglifika
72
4. IRSIY KASALLIKLAR TASNIFI, SEMIOTIKASI VA KLINIK
DIAGNOSTIKASI.
XIX asrda irsiy kasalliklar juda kam uchraydigan kasalliklar qatoriga kiritilar edi,
hozir esa har qanday mutaxassislikdagi shifokorlar amaliyotida irsiyatga bog‘liq bo‘lgan
kasalliklar juda ko‘p uchramoqda.
Hozirda 7000 ga yaqin irsiy kasalliklarning mavjudligi ma`lum. Har yili kamida 100
ta irsiy kasalliklar aniqlanmoqda. Bunga sabab birinchidan, fanning tobora rivojlanib
borishi natijasida odam organizmida kuzatiladigan jarayonlarning irsiy, biokimyoviy,
fiziologik mexanizmlari tobora chuqur o‘rganilishi bo‘lsa, ikkinchidan, ekologik muhit
sharoitlarining tobora yomonlashib borishi odam irsiyatida kelib chiqadigan buzilishlarni
ko‘paytirmoqda.
Irsiy kasalliklar tushunchasi bilan tug’ma kasalliklar tushunchasini bir xil ma`noda
ishlatib bo‘lmaydi. Tug‘ma kasalliklar bola tug‘ulishi bilanoq nomoyon bo‘ladi.
Ularning sababi irsiy yoki irsiymas omillar bo‘lishi mumkin. Irsiymas omillarga har xil
teratogenlar, yuqumli kasalliklarni kiritish mumkin. Irsiy kasalliklarning hammasi ham
tug‘ma bo‘lavermaydi ( 50% ga yaqin) ularning ayrimlari bola tug‘ilgandan keyin
dastlabki 2-3 oydan boshlab (fenilketonuriya, Verdniga Gofman spinal amiotrofiyasi); 6
oydan 1 yoshgacha (mukovistsidoz, irsiy raxitsimon kasalliklar), bolalikda -5-7 yoshda
(Dyushenn miopatiyasi) yetuk -25-50 yoshda (Aran – Dyushenn rivojlanib boruvchi
spinal amiotrofiyasi, Gentington xoreyasi); hatto qarilikda (Altsgeymer kasalligi) ham
yuzaga chiqishi mumkin.
Oilaviy kasalliklar tushunchasi ham tug’ma kasalliklar tushunchasi bilan bir xil
emas. Oilaviy kasalliklar ham irsiy yoki irsiymas bo‘lishi mumkin. Oilaviy kasallik oila
a`zolariga bir xil zararli omil ta`sirida kuzatilishi mumkin (noto‘g‘ri ovqatlanish, yashash
sharoiti nochorligi, zararli kasbda ishlash va boshqalar).
Irsiy kasalliklar deb etiologik omili mutatsiyalar bo‘lgan kasalliklarga
aytiladi.
Irsiyatga va muhitga aloqadorligiga qarab mavjud kasalliklarni 4 guruhga
ajratiladi.
73
1.
Birinchi guruh – aniq irsiy kasalliklar. Kasallik mutatsiya natijasi, muhit
ta`siridan qat`iy nazar yuzaga chiqadi. Bularga to‘liq namoyon bo‘ladigan
xromosoma va gen kasalliklarini kiritish mumkin, (Daun sindromi, gemofiliya,
neyrofibromatoz, fenilketonuriya, mukovistsidoz, axondroplaziya va boshqalar).
Kasallik ontogenezining harqanday bosqichlarida namoyon bo‘lishi mumkin.
2.
Ikkinchi guruh kasalliklari irsiy omilga bog‘liq, lekin uning namoyon bo‘lishi
uchun ma`lum atrof muhit omili ta`siri kuzatilishi shart (podagra, diabet). Bular
irsiy moyilligi bo’lgan kasalliklardir.
3.
Uchinchi guruh kasalliklarida asosiy etiologik omillar muhit ta`sirlari
hisoblandi, lekin ularning namoyon bo‘lishida irsiyatning ham roli mavjud.
4.
To’rtinchi guruh kasalliklari rivojlanishida irsiy omillar hech qanday rol
o’ynamaydi (jarohatlar, kuyish, yuqumli kasalliklar). Lekin kasallikning qanday
kechishiga irsiy konstitutsiya ta`sir qilishi mumkin.
Irsiy kasalliklarni etiologik omili genom, xromosoma va gen mutatsiyalaridir.
Xromosomalar sonining (genom mutatsiyalari) yoki strukturasining o‘zgarishlari
(xromosoma mutatsiyalari) natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni xromosoma
kasalliklari deyiladi.
Gen mutatsiyalari (DNK strukturasining buzilishlari) natijasida rivojlanadigan
kasalliklarni gen kasalliklari deyiladi. Gen kasalliklari soni 3500-4000 ga yetadi.
Gen mutatsiyalari Mendel qonunlariga asosan irsiylanadi.
4.1.Irsiy kasalliklarning genetik tasnifi
Irsiy kasalliklarning genetik tasnifi asosida etiologik prinsip, ya`ni mutatsiyalar
tiplari va muhit bilan o‘zaro munosabat yotadi.
Irsiy kasalliklarni 5ta guruhga ajartish mumkin:
1. Gen kasalliklari;
2. Xromosoma kasalliklari;
3. Irsiy moyilli yoki multifaktorial (ko‘p omilli) kasalliklar;
4. Somatik hujayralar kasalliklari;
5. Ona va pusht antigenlari nomosligi kasalliklari.
Gen kasalliklari – gen mutatsiyalari natijasida kelib chiqadi.
74
Xromosoma kasalliklari – genom va xromosoma mutatsiyalari natijasida
kelib chiqadi.
Irsiy moyilli kasalliklar monogen va poligen bo‘lishi mumkin. Bu kasalliklar
yuzaga chiqishi uchun ma`lum muhit omillari ta`siri kuzatilishi shart.
Somatik hujayralar irsiy kasalliklari asosida somatik hujayralar mutatsiyalari
yotadi. Ba`zi yomon sifatli o‘smalarda xromosoma mutatsiyalari hujayralar
transformatsiyasiga sabab bo‘lishi aniqlangan. Embriogenezning qaltis davrlarida
somatik hujayralardagi mutatsiyalar tug‘ma rivojlanish nuqsonlariga sabab bo‘lishi
mumkin.
Ona va pusht antigenlari nomosligi irsiy kasalliklari ona organizmining pusht
antigenlariga immunologik reaktsiyasi natijasidir. Bunday kasalliklarning tipik
misoli qilib Rh antigeniga nisbatan ona va pusht nomosligi natijasida kelib
chiqadigan chaqaloqlar gemolitik anemiyasi kasalligini keltirish mumkin.
Immunologik ziddiyatlar ABO guruhlari antigenlariga nisbatan ham kelib chiqishi
mumkin. Bu guruh kasalliklari akusherlik-ginyekologiya amaliyotida va tibbiy-
genetik maslahatlarda keng uchraydi.
Irsiy kasalliklar juda xilma-xil bo‘lganligi uchun har qanday mutaxassislikdagi
shifokor amaliyotida uchraydi. SHuning uchun irsiy kasalliklarni tibbiy
mutaxassisliklariga qarab tasniflashlash mumkin.
Irsiy kasalliklarning klinik tasnifi a`zolar va tizimlar prinsipiga yoki moddalar
almashinuvi tipiga asoslanadi masalan: ko‘z, asab va mushaklar tizimlari
kasalliklari, ruhiy kasalliklar, tayanch-harakat tizimi kasalliklari, qon va
biriktiruvchi to‘qima kasalliklari va boshqalar. Lekin bunday tasnifi shartli
bo‘lishligini unutmaslik kerak, chunki aynan bir xil kasallik birlamchi namoyon
bo‘lishiga qarab har xil guruhlarga kiritilishi mumkin: agar avval terida dog‘lar yoki
tugunchalar paydo bo‘lsa, neyrofibromatoz bilan kasallangan shaxs teri kasalliklari
klinikasida, agar unda miya o‘smasi paydo bo‘lsa, neyroxirurgiya klinikasida
davolanishi mumkin. Shunday qilib, neyrofibromatoz irsiy kasalligi teri kasalliklari
guruhiga ham, asab tizimi kasalliklari guruhiga ham kiritilishi mumkin. Undan
tashqari irsiy kasalliklarda bir varakayiga bir qancha tizimlarda o‘zgarishlar
75
namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham irsiy kasalliklarning genetik tasnifi qulaydir
va asosan shu tasnifidandan foydalaniladi.
Metabolizm buzilishlari bilan namoyon bo‘ladigan irsiy kasalliklarni
tasniflashda metabolizm birinchi bo‘g‘ini o‘zgarishlariga qarab amalga oshiriladi.
Bunday biokimyoviy tasniflashda uglevodlar, oqsillar, lipidlar, aminokislotalar,
vitaminlar, purinlar, pirimidinlar, gormonlar va hakozolar almashinishi buzilishlari
ajratiladi.
Irsiy kasalliklar patogenezi irsiyat tuzilmalarining qanday buzilganligiga
bog‘liq. Masalan, yirik xromosomalardagi buzilishlar kasallikning ontogenezda
ertaroq yuzaga chiqishiga va og‘ir kechishiga sabab bo‘ladi. Sindromning o‘ziga
xos belgilari odatda xromosomaning kichik bo‘lagiga bog‘liq, yirik qismlar buzilishi
esa o‘ziga xos bo‘lmagan belgilar yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi.
Odatda xromosoma kasalliklarining o‘ziga xosligi ko‘p tizimlar va a`zolar
rivojlanishining buzilishidir.
Monogen kasalliklar patogenezida umumiy qonuniyatlarni kuzatish mumkin.
Mutant gen bilan biokimyoviy reaktsiyalar orasidagi bog‘lanishni sezish qiyin emas.
Organizmning noqulay irsiyati harqanday patologiyaning rivojlanishini
og‘irlashtirishi mumkin. Kasallikning prognozida (letal samara yoki surunkali
kechish) irsiyatning holati faqat irsiy kasalliklar uchungina emas, balki irsiy
bo‘lmagan kasalliklar uchun ham katta ahamiyatga ega. Ko‘p mutatsiyalar irsiymas
kasalliklarning qiyin tuzalishiga, surunkali shaklga o‘tishiga sabab bo‘ladi.
Patologik mutatsiyalar natijasida odam genetik populyatsilarida ikki xil
genetik yuk to‘planib boradi. Birinchisi – aloddan avlodga meros bo‘lib o‘tib
to‘planib boradigan mutatsiyalar – segregatsion yuk deyiladi. Ikkinchisi esa avlod
umri davomida yangidan hosil bo‘ladigan mutatsiyalar – mutatsion yuk deyiladi.
Uzoq davom etuvchi evolyutsiya jarayonida mutatsiyalar va genotiplarning
tanlanishi natijasida odamlar populyatsiyasida muvozanatlashgan polimorfizm
shakllangan. Bitta genning allellarining soni ikkitadan ortiq bo‘lgan holatlarni
muvozanatlashgan polimorfizm deyiladi. Bunga misol qilib ABO qon guruhlari, Rh,
mukovistsidoz, fenilketonuriya genlarini keltirish mumkin.
76
Mutatsion yukning ta`siri letal samara bilan ifodalanadi. Letal effekt gametalar,
zigotalar, homilalar, pushtlar, bolalar o‘limi darajalarida namoyon bo‘ladi.
Zigotalarning 60% implantatsiyagacha nobud bo‘ladi. Homiladorlikning 15 %
spontan abortlar, 1% o‘lik tug‘ulishlar bilan tugallanadi. 1000 ta yangi tug‘ilgan
chaqaloqlardan kamida 5 tasi irsiy patologiya sababli bir yoshga yetmasdan nobud
bo‘ladi.
Irsiy
kasalliklar
reproduktiv
funksiya
kamayishiga,
ijtimoiy
dezadaptatsiyaga (nogironlik), tibbiy yordamga o‘ta muhtojlikka, o‘rtacha umrning
kamayishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |