91
2. Siljib yurishlar.
Turgan holda yakka o‘zi siljib yurish: oldiga, orqaga, o‘ngga,
chapga, qadam tashlab, sakrab-sakrab.
Turli masofada, bir-birini turlicha ushlab juft-juft bo‘lib siljish:
oldinga, orqaga, yon tomonlarga qadam tashlab, sakrab-sakrab.
3. Ushlashlar
Belbog‘dan ushlashb olishlar:
- bir qo‘li bilan belbog‘ning ustidan-oldidan, tagi-orqasidan;
- ikki qo‘li bilan oldidan-ustidan, oldidan-tagidan;
- bir qo‘l bilan yon tomondan-ustidan chapdan, yon tomondan-
tagidan o‘ngdan;
- ikki qo‘llab-bir qo‘l bilan
ustidan yon tomondan-chapdan,
ikkinchi qo‘li bilan tagidan o‘ngdan;
- bir qo‘li bilan orqadan ustidan-qo‘lini
boshidan yoki
yelkasidan o‘tkazib, ikkinchi qo‘li bilan qo‘lini.
- bir qo‘li bilan orqasidan-tagidan belbog‘idan ikkinchi qo‘li
bilan qo‘lini ushlash usullari kiradi.
Kombinatsiyalashgan ushlashlar.
- belbog‘dan va gavdasidan;
- belbog‘dan qo‘lini va bo‘ynini;
- belbog‘dan qo‘lini va gavdasini.
Yaktakdan ushlab olishlar
- bir qo‘li bilan yaktakning yengini-ustidan, tagidan;
- ikki qo‘li bilan yaktakning yengini-ustidan, tagidan;
- bir qo‘li bilan yaktakning yelkasini-ustidan;
- ikki qo‘li bilan yaktakning yelkalarini ustidan;
- bir qo‘li bilan yaktak hoshiyasini ustidan, tagidan;
- ikki qo‘li bilan yaktak hoshiyasini ustidan, tagidan;
- bir qo‘li bilan yaktak
yoqasini orqadan-ustidan,
pastdan
boshidan, yelkasidan o‘tkazib;
- bir qo‘li
bilan yaktak yengini, hoshiyasini va belbog‘ini
chalishtirib ushlab olish;
- ikki qo‘li bilan yaktak yengini, hoshiyasini va belbog‘ini
chalishtirib ushlab olish.
Kombinatsiyalashgan ushlashlar:
- yaktakdan va qo‘lidan;
- yaktagidan va bo‘ynidan;
- yaktagidan, qo‘lidan va gavdasidan.
Quchoqlab olishlar:
- gavdasidan;
92
- gavdasidan va belbog‘idan.
Dostları ilə paylaş: