61
Kurashchining tezkorlik sifatlarini tarbiyalash uchun maksimal
tezlik bilan bajariladigan mashqlar (ular, odatda,
tezlik mashqlari,
deb ataladi) qo‘llaniladi. Tezlik mashqlarining texnikasi ularning
chegaradagi tezliklarda bajarilishini ta’minlashi shart. Mashqlarni
bajarish paytida asosiy kuchlanishlar bajarish usuliga emas,
balki
uning tezligiga qaratilishi uchun mashqlar shunchalik yaxshi
o‘rganilgan va egallangan bo‘lishi kerak. Mashqlar davomiyligi
shunday bo‘lishi zarurki, bajarish oxiriga kelib tezlik, toliqishga
qaramasdan, pasaymasligi shart.
Tezlik mashqlarini bajarish tartiblari katta ahamiyatga ega. Har
bir mashq davomiyligi 20 sek.dan
oshmasligi lozim, dam olish
oralig‘i, mashqni takrorlash boshida, bir tomondan,
kurashchining
tiklanishishini, ikkinchi tomondan, uning markaziy asab tizimini
optimal qo‘zg‘aluvchanligini ta’minlashi, optimal bo‘lishi kerak.
Oraliqlarda dam olish faol bo‘lishi lozim. Buning uchun
tanaffuslarda katta kuchlanishlarni
talab qilmaydigan turli xil
mashqlar bajariladi.
Dostları ilə paylaş: