Bu ma'lumot Domullozoda imzosi bilan qayd qilingan.
Shuningdek, Zelen tumandan 1931-yil 31-avgustda 111 ta xo„jalik, jami 470
kishidan iborat kolxozchilar quloq qilinib, O„zSSR xududidan ko„chirib yuborilgan.
82
Umuman, rahbarlarni tozalash davrida ham kamchiliklar ro„y bergan. Jumladan,
81
Тошкент ВДА.Ф-25,рўйхат-1, 132-йиғма жилд,94-варақ.
82
Коллективизация сельского хозяйство в республиках средней Азии и Казахистана: опыт и проблемы.-Алма-
Ата,Гылым,1990.141-ст.
58
1930-yil 2-mart kuni Toshkent okrugi bo„yicha bo`lib o„tgan yig„ilish
komissiyasining xujjatlarini olib ko„radigan bo„lsak, hujjatlarni rasmiylashtirish
davrida ortiqcha qog„ozbozliklar, amaldagi qonun-qoidalarga rioya qilmaslik
holatlari yuz berganligini ko„rishimiz mumkin.
Arxiv materiallari shohidlik beradiki, quloq qilish faqatgina badavlat
xo„jaliklarga emas, balki o„rtaxol dehqonlarg nisbatan qo„llanilayotganligi ham
ma'lum. Masalan, respublika prokuraturasi ma'lumotiga ko„ra, 1930-31 yillarda don
tayorlash kompaniyasi davrida quyidagi holat yuz bergan:
83
Xo„jaliklar turi
Xammasi
Jazoga tortilganlar
Oqlanganlar
Quloqlar
1034
1025
9
O„rtaxollar
50
44
6
Kambag„allar
9
6
3
Mansabdor
shaxslar
33
29
4
Jami:
1126
1104
22
“Don tayyorlash” ishi yuzasidan jazoga tortilganlarning 44 foizining mol-mulki
musodara qilingan. 19 foizi esa O„zbekistondan chetga ko„chirib yuborilgan.
Bundan tashqari 1930-yilda Zangiota, O„rtaovul, Boyqush qishloqlarida quloq
xo„jaliklari bir qismining saylovda ishtirok etish masalasi quyidagicha hal
qilinganligini ko„rish mumkin:
84
Zangiota qishlog„idan
1.Xo„jayev Mullaxo‟ja
2.Jamoliddinov Xusamitdin
3.Maxmudxo„jayev Toshxo„ja
1-kategoriya
3-kategoriya
3-kategoriya
O„rta ovul qishlog„idan
1.Qo„shoqov Abdullo
2.Qo„shoqov Yormuhammad
3.Qo„shoqov Sulaymon
4.Shayxov Abdulla
1-kategoriya
1-kategoriya
1-kategoriya
1-kategoriya
Boyqush qishlog„idan
1.Nazarqulov Sotti
2.Pirmuhammadov Bo„tabek
3.Abdukarimov B.
3-kategoriya
3-kategoriya
3-kategoriya
83
Коллективизация сельского хозяйство в республиках средней Азии и Казахистана: опыт ипроблемы.-Алма-
Ата,Гылым,1990.143-ст.
84
Тошкент ВДА.Ф-25,рўйхат-1,825-йиғма жилд,156-варақ.
59
Agar o„rtaxol dehqonlarni ijtimoiy holatini ko„radigan bo„lsak, ushbu jadvaldan
ko„rish mumkinki, quloq qilish oddiy bir holga aylanib qolgan,
“kambag„allar uyushmasining” (1929-yil oktabr oyida “Qo„shchi” ittifoqi
asosida ta'sis etilgan - O.N.) yig„ilishi orqali ushbu masalalar salbiy tomonga, asossiz
quloq qilish tomonga yo„naltirilgani hujjatlar tahlil qilinganda ma'lum bo„ldi.
Shu tariqa, 1930-yillardan e`tiboran kolxozlarni tozalash ommaviy tus olishiga
zamin tayyorlandi va kambag„al hamda o„rtaxol dehqonlarning 50 foizi shu toifaga
kiritildi va kolxozdan chiqarildi. Bu kolxoz ustavini buzishdan boshqa narsa emas
edi. Buyruqbozlik asosida ish olib borish, “kolxozlar begona unsurlar bilan to„lib
ketgan” degan xulosa bilan ish yuritish bevosita xatoliklarni keltirib chiqardi.
Quloqlarni sinf sifatida tugatish keyingi yillarda faqat zo„ravonlik asosida xam
keskin tus ola boshladi. Masalan, VKP (b) MK O„rta Osiyo byurosining 1931-yil 30-
yanvardagi “O‟rta Osiyoda kollektivlashtirish to„g„risida” gi qarorida 1930-yil dekabr
plenumi qaroriga ko„ra kollektivlashtirishni paxtakor rayonlarda 50 foizga yetkazish
hamda soxta yoppasiga kollektivlashtirish asosida quloqlarni sinf sifatida yo„q
qilishni kun tartibidagi birinchi masala qilib qo„yilganligi ta'kidlangan.
Natijada, O„zSSR XKS ning soxta kollektivlashtirish masalasi bo„yicha 1931-yil
27-apreldagi komissiya hujjatida aytilishicha, kolxozlarni tozalash davrida masalaga
jiddiy e'tibor berilmagan, hamda 1930-yil 1-aprelgacha bo„lgan davrda kolxozlardan
4910 kishi chiqarilgan. Shulardan, 878 tasi quloqlar, 173 tasi quloq toifasiga yaqindir,
145 tasi dindorlar, 216 tasi savdogarlar, 55 tasi ustavga bo„ysunmaganlar. Qolgan
528 tasi har xil masalada kolxozdan chiqarildi. Eng muhimi 2336 ta kishining qanday
qilib kolxozdan chiqarilganligi tekshirib ko„rilganligi qayd qilingan. lekin ularning
taqdiri xolisona hal qilinmagan. Ular quloqlar toifasida qoldirilganligi hujjatlarda
qayd qilingan.
Vaholanki, xalq noroziligini oldini olish maqsadida hukumat 1930-yil 14-
martdagi qarorida
85
“Xalqning kundalik xayoti uchun zarur bo„lgan bozorlarni ochib
qo„yish, hamda dehqonlar o„z yetishtirilgan mahsulotlarini erkin ravishda sotishiga
85
Компартия Узбекистана в резолюциях и решениях съездов и пленумов ЦК.1-ч.1925-1937гг.-
Т.:Узбекистан,1987.-522-ст.
60
yo„l ochib berish” ta'kidlangan edi. Shuningdek qarorda dehqonlarning diniy
erkinliklari xisobga olinib, diniy ta'qib qiluvchilarni, ya'ni aybdorlarni so„zsiz
jazolash kerakligi uqtirilgan. shunga qaramasdan quloq qillish jatumanda yuqorida
qayd qilingan holatlar oddiy tusga aylanib bordi. Jumladan, Beshariq tumandagi
quloqlarni sinf sifatida tugatish davrida o„rtaxol dehqonlardan nohaq 6 ta xo„jalik
sudga tortilgan.
86
Bo„ston qishlog„idan agrouchastka oqsoqoli Ramazonov dehqonlar
mol-mulkini baholash paytida shunday ish tutadi: “sizlarda nima bo„lsa, hammasini
yozib olamiz va kimda ikkita xalat bo„lsa, bittasini olamiz”, deb aytgan bemani
so„zlari to„g„risida ma'lumotlar mavjud. Umuman quloq qilish davrida ko‟plab
kambag„al dehqonlar aziyat chekdilar. Ba'zi bir rayonlarda quloq qilinganlar 15
foizga, saylovdan mahrum qilish 15-20 foizgacha yetgani ma'lum.
Siyosiy rahbarlar soxta kolxoz tuzumi tuzishdagi ayrim imkoniyatlar yana bir
ishga solindi. 1930-yil 6-mart kuni Markazkomda bo„lib o„tgan partiya xodimlari
yig„ilishida kolxoz tuzumining asosiy formasi - artel bo„lib, qishloq kishilarni
shaxsiy tegirmonlarini olish hamda bozorlarni yopib qo„yish quloqlarga qarshi kurash
degan ma'noni bildirmasligi qayd qilingandi. Lekin ko„rilgan tadbirlarni hech qachon
nihoyasiga yetkazilgan emas yoki iqtisodiy asoslanmagan holda bo„lgani uchun shu
hodisa yuz berdi.
Jumladan Bag„dod tuman “dehqon” kolxozida quloqlardan tozalash paytida 21
ta batrak kolxozdan ko„chirilgan, dehqonlarning arizalari ko„rib chiqilmagan,
pirovardida dehqonlar asossiz quloq qilingan. Namangan tumanga kelgan hukumat
rahbari Y. Oxunboboyev 6 ta kolxozchi va 3 ta kambag„al dehqon paxta planini
bajarmagani uchun qamalgan faktiga duch keladi.
87
Shuningdek, Yuqori Chirchiq
tumandagi “mehnat birligi” kolxozida 250 ta xo„jalik mavjud bo„lib, xo„jalik rahbari
To„lagan Ro„ziyev va rais mouvini Nurbek Saidaliyevlar “Biz kolxozdan hech kimni
chiqarmaymiz, xohlasa rayon rahbarlari kelib chiqarsin, agarda qo„llarida asoslari
bo„lsa”, deydilar. Marg„ilonning shahar va qishloqlarida dehqonlarni tekshiruv
o„tkazish orqali toifalarga bo„lmoqchi bo„ladilar. Masalan, Konor Ariq qishloq
86
Уша жойда.
87
Правда востока.1930 йил 21 ноябрь.
61
sovetida rais Safiyev bir dehqonning uyini tekshirib, yagona uy urchug„ini musodara
qildiradi. Sababi, VKP( b) MK O„rta Osiyo byurosining 1931-yil 30-yanvardagi
qaroriga ko„ra sovxozlarda 20 foiz, paxtakor rayonlarda esa 50 foizgacha quloqlar
tugatilishi kerak degan ko„rsatma asos bo„lib xizmat qildi. Tarixchi olim
S.Saidaliyevning ma'lumotiga ko„ra, 1930-31-yillarda kolxozlardan 40 ming quloqlar
chiqarilgan. Shundan 31,7 minggi chekka o„lkalarga surgun qilingan.
88
“Quloqlarga” qarshi kurash natijasida ta'qib qilinganlar qisman respublikaning
aholi kamroq yashaydigan mintaqalariga yuborilardi. U yerlarda 17 ta maxsus
qo„rg„on qurilgan edi. O„zbekistondan tashqariga - Shimoliy Kavkazga, Ukrainaga,
Sibirga yuborilardi. 1933-yilga kelib respublikadan tashqariga majburan ko„chirilgan
“quloqlar “ oilalarining soni 5,5 mingdan oshib ketgan edi.
89
Xullas, yuqori partiya va
sovet hamda xo„jalik rahbarlarining aksariyatini (chaqirilmaganlar- O.N.) kolxozlarga
rahbarlik lavozimiga tayinlash oddiy bir holga aylandi (bu yerda 25 mingchilar
ko„zda tutilmoqda - O.N.) xujjatli ma'lumotlarga qaraganda, 1930-33 yillar davrida
kolxozlarga, o„sha vaqtda aytilishicha “suqilib kirib olgan” quloqlar va “yot unsurlar”
dan 30 mingdan ortiq kishi haydab chiqarilgan. Ulardan aksariyat qismi bir qolipda
“jamoalashtirishga qarshi faol chiqishlari uchun” degan ayblash bo„yicha qatag„on
qilindi.
90
Bu esa kolxozlar ichki demokratiyasini, ya'ni o„z-o„zini boshqarish
tamoyillarini buzdi hamda dehqonlarga bo„lgan munosabat sinfiylik nuqtayi-
nazaridan qarab belgilash oddiy bir holga aylandi.
Demak, kollektivlashtirishni amalga oshirishda qonunchilik va inson huquqlari
poymol etilgan. Chunki, 1930 yillardan boshlangan ma'muriy-buyruqbozlikning
kuchayishi oqibatida mahalliy rahbarlarning javobgarligi, tashabbuskorligi, obro„-
e'tiboriga putur yetkazildi. Ularning ko„pchiligi tuzum qurboni bo„ldilar. Natijada
dehqonlar orasidagi masuliyatlarni sezilarli darajada kamayishi oqibatida
mehnatkashlarni ham quloq qilishga keng yo„l ochib beradigan tadbirlarni amalga
oshirilishiga oid harakat boshlandi. Har qanday to„siqlar “siyosiy qarorlar” dastagi
88
Сайдалиев С.Осушествление коопертивного плана в Узбекистане.-Т.:Госиздат,1958.66-ст.
89
Алимова Д.А.,Голованов А.А.Узбекистан мустабид совет тузуми даврида: сиѐсий ва мафкуравий тайзик
окибатлари.-Т.:Ўзбекистон,2000-50-б.
90
Ўзбекистоннинг янги тарихи.2-китоб,-Т.:Шарк,2000.-355 бет.
62
bo„lgan “ishonchli” odamlar tomonidan amalga oshirilishi tufayli xalqning so„nggi
umid va imkoniyatlari butunlay yo„qqa chiqarildi.
Boylar va quloqlar ( nomunosib - O.N.) bilan kurash bahonasida dehqonlarni
saylov huquqidan maxrum qilishgan hamda o„zbilarmon, ishchan yer egalariga urush
e'lon qilingan edi. Dindorlarga, ma'muriyat harakatlariga qarshi chiqqanlarga ham
quloqlashtirish siyosati yuritilgan. Ayrim raxbarlar o„z shaxsiy ishlari bo„yicha
o„zlariga yoqmagan odamlarni ham quloq qilishgan. “Yoppasiga kollektivlashtirish
asosida quloqlarni sinf sifatida tugatish” siyosati boshidan oxirigacha xato siyosat
bo„lgan. U nafaqat quloqlarga tinch yo„l bilan “sotsializmga o„tishga” imkon
qoldirmagan, balki ularning tashkilotchilik qobiliyatlarini va mablag„larini yangi
ijtimoiy tuzumni mustahkamlash maqsadida foydalanishga xam yo„l qo„ymagan
hamda moddiy ahvoli ancha yaxshi va o„ziga to„q bo„lganlarni jismoniy jihatdan yo„q
qilinishiga yo„naltirilgan.
“Quloqlarni tugatish” siyosatini o„tkazishda sifat jihatidan ijtimoiy mezonlar
to„g„ridan to„g„ri xo„jalik rivojlanish darajasini xajmi jihatidan baholash mezonlari
bilan almashtirilgan. Quloq kategoriyasiga asosan Sho„ro tomonidan ajratib berilgan
yerida o„z mehnati bilan xo„jalikni o„rta darajadan yuqoriga ko„tara olgan
mehnatkash dehqonlar kiritilgan edi. Rahbar xodimlarning katta qismi quloqlar safiga
o„ziga to„q o„rtaxol dehqonlarni ham kiritgan. Vaholanki, qishloq mehnatkashlari
bunday dehqonlarni ilg„or dehqonlar deb atab, ulardan qishloq xo„jaligini yaxshilash
va mustahkamlash borasida ko„p narsani o„rgansa bo„ladi deb baholaganlar.
Shunday qilib, kolxoz qurilishi sur'atlarini suniy ravishda avj oldirish
kolxozlarni, “sotsialistik asosda mustahkamlash” ko„p sonli odamlarning qurbon
bo„lishiga, ularning begunoh qoni to„kilishiga sabab bo„ldi.
Qishloqda sinfiy siyosatni ishlab chiqarishda asosan oldingi yillarda o„tkazilgan
axolini ro„yxatga olish ma'lumotlaridan foydalanib, soliq qonunchiligi, yer o„lchash,
texnika bilan ta'minlash, kredit va kooperativ siyosat, ma'muriy amaliyot kabi
sohalarda turli qaror va ko„rsatmalar ishlab chiqilgan. Ular ko„pincha joylarga
kechikib borgan. Ayrim hollarda esa ularda ko„rsatilgan usullarlar qarama-qarshi
bo„lgan va dehqonlarni sinf sifatida ajratishda qiyinchilik tug„dirgan.
63
Markaziy partiya va sovet organlari qishloq sovetlari va partiya tashkilotlariga
ishongan. Biroq joylardagi partiya va sovet xodimlarining tajribasi yo„q edi va ular
ko„pincha dehqonlarning ijtimoiy ahvolini aniqlashda to„g„ri ma'lumotlar bera
olishmagan.
Umuman, jamoalashtirish o„zbek qishlog„i tarixiy rivojlanishining sog„lom
jarayonlariga to„sqinlik qildi. U dehqonlarning davlat tomonidan asoratga solinishiga
olib keldi. Kolxozlarga zo„rlik bilan haydab kiritilgan dehqonlar barcha asosiy
fuqarolik huquqlaridan mahrum qilindilar. Shu tariqa qishloqda yangi tuzumning
mustahkam asosi bo„lgan odamlar quloq qilindi.
Dostları ilə paylaş: |