O‘. R. Salomov, kelgusida “Xizmat ko‘rsatuvchi”


V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI



Yüklə 31,67 Kb.
səhifə2/3
tarix09.10.2023
ölçüsü31,67 Kb.
#153179
1   2   3
TTJ Shartnoma20222023 (2)

V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
5.1. Ushbu shartnoma buyicha majburiyatlarni ijro etilmasligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida shuningdek ushbu shartnomada nazarda tutilgan talablar asosida javobgardirlar.
5.2. Shartnomaga asosan ajratilgan xona uchun to‘lovlar o‘z vaqtida bajarilmaganda, «Mijoz» har bir kechiktirilgan kun uchun 0,1 foizi miqdorida penya to‘laydi. Penyaning umumiy summasi o‘tkazilmagan summaning 10 foizidan oshib ketmasligi kerak.
5.3.Texnik nazorat komissiya yoki talabalar turar joyi komendanti tomonidan xona va xonadagi buyum va jihozlar yaroqsiz holga kelganligini aniqlagan holda, yetkazilgan zarar «Mijoz» yoki uning ota-onasi tomonidan qoplanadi.


VI. FORS-MAJOR HOLATLARI
6.1. Hech bir taraf ikkinchi taraf oldida o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra va yengib bo‘lmas kuch mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas. Favqulotda tusdagi holatlarga: suv toshqini, yong‘in, yer qimirlashi va boshqa tabiiy ofatlar, shuningdek, xarbiy harakatlar, davlat organlarining aktlari yoki harakatlari va taraflar nazorat qila olmaydigan boshqa har qanday holatlar tegishlidir.
6.2. Taraflar ushbu shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaslik sabablari to‘g‘risida albatta ikkinchi tarafni ogohlantirishi shart.
6.3. Agar bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch 1 oy davomida uzluksiz ravishda davom etsa, taraflar bir-birini yozma ravishda ogohlantirib, shartnomaning ijrosini bekor qilish yoki qo‘shimcha ijro muddatlarini belgilashlari mumkin.
6.4. «Mijoz» talabalar turar joylari uchun o‘rnatilgan ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun talabalar turar joyidan chetlatilganda oldindan bajarilgan to‘lovlar qaytarilmaydi.
VII. SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI
7.1. Ushbu shartnomani bajarish, o‘zgartirish va uni bekor qilishda paydo bo‘ladigan nizolar eng avvalo taraflarning kelishuvi bilan hal qilinadi. O‘zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida nizo tegishli tartibda sud orqali hal qilinadi.
7.2. Shartnoma taraflarning o‘zaro kelishuviga asosan yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga hamda amaldagi qonun hujjatlari normalariga binoan keltirilgan zararni to‘lagan holda muddatidan ilgari bekor qilish mumkin.
7.3. Ushbu shartnoma 202__ yil «____» ____dan 202__ yil______ _____gacha 2 nusxada tuzildi. Shartnoma taraflar tomonidan imzolanib, institut muxri qo‘yilganidan so‘ng qonuniy kuchga kiradi.



Yüklə 31,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin