O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

manfiy inotrop effekt
deb ataladi. Yurak da qokzg‘alishlam ing o ‘tish tezligi kamayadi. Bu esa 
manfiy
dromotrop effekt
deb ataladi. Yurak muskullarining q o kzgkaluvchanligi kamayadi- 
bu hodisa 
manfiy batmatrop effekt
deb ataladi.
Adashgan nerv uzoq vaqt ta ’sirlansa, yurak qisqarishlari to ‘xtaydi, t a ’sirot 
yana davom ettirilsa, yurak qisqarishlari yana asta-sekin tiklanadi. Bu hodisa 
yurakning 
adashgan nerv ta ’siridan sirpanib chiqib ketishi
deb ataladi.
Simpatik nervni yurak faoliyatiga ta’sirini birinchi b o ‘lib aka-uka Sionlar (1867), 
so‘ngra I.P. Pavlov va V. Gaskell b ir vaqtda o ‘rgangan!ar. Simpatik nerv ham 
parasimpatik nerv singari yurak faoiiyatini barcha k o krsatkichlariga ta ’sir etadi. 
Faqat uning ta’siri qarama-qarshi yo‘nalishda boMadi, yurak qisqarishlar soni ortadi. 
Bu musbat xronotrop effektdir. Qorincha va b o ‘lmachalar qisqarish kuchi ortadi. 
Musbat inotrop effekt, yurakda qo‘zg‘alish!ari o ‘tishi tezlashadi, musbat drom otrop 
effekt yurak muskullarini qo‘zg‘a1uvchanligi ortadi, musbat batmatrop effektlar 
qo‘zg‘atiladi.
Bir vaqtning o 'z id a ikkala nerv (sim p a tik va parasim patik) ta ’sirlan sa, 
parasimpatik nerv ta ’siri ustunlik qilib, yurak urishi sekinlashadi.
Har ikkala nervning periferik qism larin i ta ’sirlaganda kelib chiq ad ig an
o ‘zgarishiar asosida - biologik faol m oddalar ishlab chiqarilishi turadi. Bular 
yordam idaqo‘zg‘alish!ar uzatiladi. Bu hodisani birinchi bo‘lib 1921-yil, olim O. 
Levi tajribada aniqlagan. U ikki tarm oqli kanyulaga ikkita ajratib olingan baqa 
yuragini o ‘m atad i. B itta yurakning a d ash g an nervi p eriferik qism i k u ch ü
ta’sirlanganda, yurak urishlari to‘xtab qoladi. M a’lum vaqt o ‘tgach, ikkinchi ajratib 
olingan yurak ham to ‘xtab qolganini kuzatdi. H ar ikkala yurak ham bitta umumiy 
eritma bilan ulangan edi. Ta’sirlangan yurak nerv oxirlaridan chiqqan m odda 
ikkinchisiga ham eritma orqali o ‘tib ta ’sir etadi. Bu modda atsetilxolin edi. A gar 
simpatik nerv ta ’sirlansa, yurak urishlari tezlashadi. Uning oxiridan esa adrenalin 
yoki noradrenalin ishlab chiqaritadi.
Adashgan nerv oxirlarida ajralib chiqqan atsetilxolin qon va to ‘qim alarda 
bo'ladigan xolinesteraza fermenti ta’sirida, te z parchalanib ketadi. Shuning uchun 
ham atsetilxolin m ahalliy ta ’sir k o ‘rsa tad i. N oradrenalin esa nisbatan sekin 
parchalanadi, uning ta ’siri uzoqroq davom etadi.
Yurak ichi va yurakdan tashqari boshqaruv m exanizm larning o 'zaro
munosabatlari.
Adashgan va sim patik n erv lar m arkazlari yurak faoliyatining 
boshqaruvi, ikkinchi iyerarxik pog‘ona hisoblanadi. Bosh miyaning yuqori qismlaridan 
kelayotgan reflektor va pastga tushuvchi ta ’sirlarini umulashtirib, yurak faoiiyatini. 
qisqarishlari varitmlarsonini boshqaruvi signallami hosil qiladi. Undan ham yuqorigi 
iyerarxik markazgipotalamik soha hisoblanadi. Gipotalamusni turli sohalari elektrik 
ta’sir etilganda, yurak qon-tomir sistem asida o ‘zgarishlar kelib chiqadi. Lokal 
ta’sirlanganda alohida o ‘zgarishlar kelib chiqadi: yurak ritmi o ‘zgaradi yoki chap 
yurak qisqarishlari kuchi yoki chap qorincha b o ‘shashish darajasi va h. k. Shunga 
asoslanib gipotalamusda yurakning ayrim funksiyaiarini boshqaruvida tuzilm alar 
bor deb atash mumkin. Tabiiy holda bu m arkazlar alohida faoliyat ko‘rsatmaydi.
225
www.ziyouz.com kutubxonasi


Gipotalamus integrativ markaz bo'lib, yurak faoliyatining har qanday ko'rsatkichini, 
tashqi va ichki muhit o ‘zgarishlariga, organizm ehtiyoji va xulq-atvor reaksiyalariga 
qarab o ‘zgartiradi. Gipotalamus yuqoridan kelayotgan signallami birlashtirib yurak 
qon-tom ir sistemasi faoliyatini o ‘zgartiradi. Limbik tizim yoki yangi po‘stloq 
ta'sirlanganda harakat reaksiyalardan tashqari yurak qon-tomir tizimida ham o'zgarish 
kuzatiladi; arterial bosim, yurak qisqarishlari soni va h. k.

Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin