O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

Atmosfera havosi
Alveotyar
havo
J
Tashqi 
’ nafas
To'qima
nafasi
Gazlam)
qonda
tashifishi
66-rasm. Tashqi muhit va organízm orasida gazlar almashintivi 
(nafas bosqichlari).
246
www.ziyouz.com kutubxonasi


Nafas muskullariga asosan ko‘ndalang targ ‘il skelet muskullari va diafragma 
kiradi. U lar boshqa skelet muskullaridan o ‘z!arining nihoyatda ahamiyatli ekaniigi 
bilan farq qiladi, chunki nafas m uskullari butun hayot davomida ritm ik qisqarib 
turishi kerak.
Ikki turdagi asosiy va qo‘shim cha (yoki yordamchi) nafas muskullari tafovut 
qilinadi. Tinch holatda boMganda so g ‘lom odamning nafas olishini diafragm a va 
tashqi qovurg‘alararo vatog‘aylararo m u sk u llarta’minlaydi.
Diafragma ham ko‘nda!ang targ‘il muskuldan tashkil topgan b o ‘ lib, muskullari 
qisqarishi hisobiga u gumbaz holatidan yassi holatga o‘tadi (1 ,5
sm
gacha pastga 
tushadi) va qorin bo‘shlig‘i a ’zolarini pastga va yon taraflarga siljitadi, natijada 
ko‘krak b o ‘shlig‘i vertikal yo‘nalishda kattalashadi.
Chuqur nafas olganda yoki tez-tez nafas olganda qo‘shimcha nafas muskullari 
ham ishtirok etadi. Bularga qovurg‘alam i k o ‘taruvchi: narvonsimon, katta va kichik 
ko'krak, oldingi tishsimonmuskullar,yelka kamarini vayelkani qimirlatmay turuvchi 
muskuilar-trapesiyasimon, rombsimon, k o ‘rakni ko‘taruvchi muskullar kiradi.
N afas ch iq arish mexanizmi. N afas chiqarish passivjarayon b o ‘lib, nafas olish 
muskullari b o ‘shasha boshlagach, yuqorida sanab o ‘tilgan qarshiliklar ta ’sirida, 
diafragma gumbazi ko‘tari!ib k o ‘krak qafasi dastlabki holiga qaytadi.
Tez-tez va chuqur nafas chiqarilganda esa nafas chiqarish muskullari ishtirok 
etadi. Bularga: ichki qovurg'alararo muskullar, qorin muskullari (qiyshiq, ko‘ndalang 
va to‘g ‘ri) q o ‘shimcha nafas chiqarish muskullariga yana umurtqani bukuvchi 
muskullar ham kiradi.
P levra v a alveola bo‘shliqlaridag» bosim . Ko‘krak qafesida joylashgan o‘pka 
va ko‘krak qafasi seroz parda-plevra bilan o ‘ra!gan. Plevrani pariyetal va visseral 
varaqlari bo‘lib, ulaming oralig‘ida seroz suyuqlik mavjud. Suyuqlik tarkibi bo‘yicha 
limfa suyuqligiga o ‘xshash.
Plevra b o ‘shlig‘ida bosim atm osfera bosimidan past bo‘ladi. Buni quyidagi 
tajribada kuzatish mumkin. Buning uchun rezina naychalar orqali «U» simón shisha 
nayga simob toMdirilib, rezina naycha orqali ignaga ulab plevra bo‘shlig‘iga kiritiladi. 
M onom etm ing k o ‘rsatkichi, bosim lar farqi hisobiga, plevra b o ‘sh lig ‘i tom on 
ulangan qismi ko‘tariladi. Bu esa b o ‘shliqdagi bosim atmosfera bosim idan past 
ekanligini k o ‘rsatadi. Tinch nafas oigan paytda u yerdagi bosim - 6 
mm simob
ustunigacha
pasayadi. Oddiy nafas chiqarganda esa plevra bo‘shlig‘idagi bosim 
atmosfera bosimidan - 3 
mm sim. usluniga
kam. Chuqur nafas olganda bu yerdagi 
bosimlar farqi 20 
mm sim usi.
ga teng.
Oddiy holatlarda plevra bo‘shlig‘ ida havo bo‘ Imaydi. Agar plevra varaqlarining 
birbutunligi buzilib, u yerga havo kirib qolsa, plevra bo‘shlig‘idagi bosim atmosfera 
bosimi bilan tenglashib qoladi, bu holatni 
plevmotoraks
deyiladi. N atijada o ‘pka 
bujmayib qoladi, uning nafas olish vaqtida kengayishi chegaralanadi, bu holat 
og‘ir asoratlarga olib keladi va hatto oM imgaolib kelishi mumkin.
K o‘k ra k q a fa si ochilganda, ja ro h a tla n g a n d a o ‘pka b u jm a y a d i 
ochiq
pnevmotoraks
vujudga keladi. Agar igna orqali plevra bo‘shlig‘iga m a’lum miqdorda 
havo yuborilsa, 
yopiq pnevmotoraks
v u ju d g a keladi. Yopiq pn ev m o to rak s
247
www.ziyouz.com kutubxonasi


tibbiyotda tashxis qo‘yish va davolash maqsadlarida hosil qilinadi. Ikki tomonlama 
ochiq pnevmotoraks holatida zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilm asao‘limga olib 
kelishi mumkin. Bunday holatda sun’iy nafas oldirish, ya’ni nafas y o ‘llari orqali 
o ‘pkaga havoni ritmik ravishda kiritish yoki ko‘krak qafasini tabiiy nafas harakatlari 
kabi sun’iy ritmik kengaytirish va qisish kerak. Yopiq pnevmotoraks bo ‘lganda u 
yerdagi havo m a’lum vaqt 
0
‘tgandan so ‘ng qonga so‘rilib ketadi va yana plevral 
b o ‘shliqdagi bosim manfiy b o iib qoladi.
P lev ra b o ‘shlig‘ida bosim ning m anfiy bo‘lishiga asosiy sabab, bu o ‘pka 
to ‘qim asining elastik tortishish kuchi v a plevra pardalarining havoni so‘rish 
xususiyatiga ega ekanligi.
N afas olish va chiqarish vaqtida k o ‘krak qafasi bo‘shlig‘i kengayib kichrayib 
turadi. Shunga monand ravishda o ‘pka ham passiv ravishda kengayib, kichrayib 
harakat qiladi. Bunday harakatlami Donders modelida o ‘rganish mumkin. Donders 
modeli tubiga rezina parda qoplangan shisha idishdan iborat. Idishning yuqori 
qismi berkitilgan bo‘Iib uning o ‘rtasidan shisha nay o'tkazilgan. Unchalik katta 
b o ‘lm agan hayvondan (kalamush, quyon yoki mushukcha) qirqib olingan o ‘pka 
traxeya, bronxlari bilan birgalikda shisha idishchaga o'matiladi. Idish ichidagí bosim 
m onom etr orqali o ‘lchanishi m umkin. Idishning rezina pardali tubi pastga tortilsa, 
idish hajm i kattalashadi, ichidagi bosim atmosfera bosimidan past b o ‘lib qoladi, 
o ‘pka to ‘qimasi cho‘zilib, ichiga atm osfera havosi kiradi. Rezina parda tubi qo‘yib 
yuborilsa, avvalgi joyiga qaytadi. Idish hajmi kichrayadi; o ‘pka to ‘qimasi elastik 
xossalari tufayli siqiladi, ichidagi bosim ko‘tarilib, havo o ‘pkadan tashqariga chiqadi.

Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin