O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

motor
yoki 
harakat
funksiyasi,
nafas muskullarining qisqarishi bilan namoyon bo‘lad¡ va ikkinchisi 
gomeostatik
- ichki muhitdagi 0 2 va 
C 0 2
konsentratsiyasiga bogMiq holda nafas 
o ‘zgarishi kelibchiqadi.
N afas markazining harakat funksiyasi MNT ning boshqa funksiyalari bilan 
ham korlikda nafasni organizmdagi metabolitikehtiyojiga moslab turadi.
N afas markazining gomeostatik funksiyasi gazlaming ( 0 2, CO:) va rNning 
qondagi va m iya suyuqligidagi fiziologik miqdorini ta’minlab turadi. Tana harorati, 
gazlar tarkibi o ‘zgargan muhitdagi, masalan, ortgan va pasaygan barametrik bosimda, 
nafasni ta ’minlaydi.
Nafas muskuilari innervatsiyasi.
Barcha skelet muskullari kabi nafas muskullan 
ham som atik nerv sistemasidan tarm oq oladi. Diafragmani innervatsiya qiluvchi 
neyronning tanasi orqa miya III - IV bo'yin segmentining oldingi shoxlaridan 
innervatsiya oladi. Qovurg‘a!ar va qorin muskullari esa orqa miyaning ko‘krak 
segm entlaridan innervatsiya oladi. A gar orqa miya ko‘krak va b o ‘ym segmentlari 
o ralig 'id an kesib qo‘yilsa, diafragm a yordamida nafas olish saqlanib qoladi, 
q o v u rg ‘a la r y ordam ida nafas olish t o ‘xtaydi, chunki diafragm a nervining 
m otoneyroni kesilgan joydan yuqorida qoladi. Orqa miya uzunchoq miya ostidan 
kesib qo'yilsa, nafas taqqa to ‘xtaydi. Biroq, burun va hiqildoqni bevosita uzunchoq 
miyadan chiqaradigan nervlar bilan innervatsiyalovchi yordamchi nafas muskullari 
qisqarishi b ir necha vaqt davom etib turadi.
H ayvonlarda uzunchoq m iyaning quyi qismiga shikast yetkazilganda nafas 
to 'x tash i mumkinligi XVIII asrda m a’lum bolgan. 1842 yilda Flurans uzunchoq 
m iyaning ayrim qismlarini shikastlab va ta ’sirlab, nafas markazi uzunchoq miyada 
joylashganligini tajriba yo‘li bilan isbotlab berdi. 1885 yilda N. A. Mislavskiy 
uzunchoq miyaning ayrim qismlarini shikastlab, nafas markazi uzunchoq miyaning 
IV qorincha tubi kaudal qismida joylashgan tuzilmalaryigMndisi ekanligini aniqladi. 
Bundan tashqari olim nafas markazini ikki qismdan - nafas olish (inspirator) va 
nafas chiqarish (ekspirator) m arkazlardan iborat ekanligini ham isbotlab berdi.
Keyingi olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, nafas markazi uzunchoq 
miya to ‘rsimon formatsiyasini medial qismida ovex sohasida, stria acústica qismida 
joylashgan b o ‘lib ikki: inspirator va ekspirator qismlardan iborat. Uzunchoq 
miyaning to'rsim on formatsiyasida yana nafas neyronlari deb ataladigan tuzilmalar
258
www.ziyouz.com kutubxonasi


ham anlqlangan, ulam ing ayrimlari nafas olganda, ayrimlari nafas chiqarganda 
faollashadi.
Uzunchoq m iyaning dorsomedial va v entrolateral sohalarida jo y lash g an
quyidagi nafas neyronlari tiplari aniqlangan: 1) erta inspirator neyronlari, nafas 
olishning boshlanishida maksimal qo‘zg‘aIadi; 2 ) kechikuvchi inspirator neyronlar, 
nafas olish o x irid a m aksim al q o ‘z g ‘a la d i; 3 ) to 'I iq inspirator n e y ro n la r, 
inspiratsiyaning barcha vaqtida qo‘zg‘aladi. U zunchoq miyaning katta qism ini 
egallab turgan neyronlar ekspirator va inspirator neyronlardan iboratdir. Bu guruh 
neyronlar qovurg‘alararo va qorin m uskullariga pastga tushuvchi tarm oqlarni 
beradi. Orqa miyaning insprator neyronlari asosan II - VI ko‘krak, ekspirator 
neyronlari esa VIII - X ko‘kraksegm entlaridayig‘i!gan.
Ventral guruh neyronlarining kaudal qismi faqat ekspirator neyronlardan iborat. 
Barcha ekspirator neyronlardan orqa miyaga aksonlar boradi. Bulardan 40 % ichki 
qovurg‘alararo muskullami, 60% esa qorin muskullarini innervatsiya qiladi.
Nafas markazi neyronlari uch guruhga b o ‘linadi: I. Yuqori nafas yoMlarint 
innervatsiya qiluvchi, nafas yollaridahavo harakatini boshqaruvchi neyronlar. 2. Orqa 
miya motoneyronlari bilan sinaptik bog‘lar hosil qilib, nafas olish vachiqarish muskullari 
ishlarini boshqaruvchi neyronlar. 3. Nafas markazini boshqa markaz neyronlari bilan 
boglovchi propriobulbar neyronlar. Nafas ritmini boshqarishda ishtrrok etadi.
Varoliyev ko‘prigi sohasida nafas neyronlarining ikki yadrosi joylashgan: m e­
dial parabraxial va Shatr(Kelliker) yadrosi. Agarhayvonlarda miyao'zagi Varoliyev 
ko‘prigi ostidan kesib qo'yilsa, nafas harakatlari saqlanib qoladi. Faqat ajralgan 
holda yuqoridan keluvchi impulslardan mahrum boMgan markaz, primitiv (oddiy) 
nafas olishni ta ’minlaydi xolos. Uzoq nafas chiqarish, qisqa uzilib turuvchi nafas 
olish bilan almashinib turadi. Uzluksiz ketma-ket nafas olish va chiqarishni bir-biri 
bilan almashinib ritmik ishlashi uchun Varoliyev ko ‘prigi neyronlari ishtirok etishi 
shart. V aroliyev ko'prigining oldingi qism ida 

Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin