O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

267
www.ziyouz.com kutubxonasi


1. Gipoksemik gipoksiya
- qonning kislorodga to ‘yinmasligi, nafas olishning 
buzilishi, nafas oladigan havoda kislorod parsial bosimining pasayishi natijasida 
kelib chiqadi, balandlikka k o ‘tarilganda, inert gazlar bilan nafas olganda, o ‘pka 
bilan qon orasida gazlar almashinuvi buzilganda, nafas muskullarining zaifligi, nafas 
markazi faoliyati pasayganda, pnevmatoraksda, yurak-qon-tom ir kasalliklarida 
kuzatiladi.
2. Anemik gipoksiya
- qonning kislorod biriktirish xossasi susayganda 
kuzatiladi. Qonning kislorod s ig im i pasayadi. Gemoglobin miqdori kamayganda, 
k o ‘p qon y o ‘q o tg a n d a , q o n k a sa llik la rid a is g azi b ila n zah arlan g an d a, 
metagemoglobin hosil b o ig a n d a (og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanganda) ham 
anemik gipoksiya kelib chiqadi.
3. Sirkulyator gipoksiya
- qon aylanishi buzilganda, yurak-qon-tomir sistemasi 
kasalliklarida sodir b o ia d i.
4. Gistotoksik gipoksiya
- hujayra ichida oksidlanish-qaytarilish jarayoni 
buzilganda (masalan, sianidlardan zaharlanganda) kuzatiladi.
Davriy nafas.
N afasning bu turida nafas harakatlari soni, uning chuqurligi 
o ‘zgarishi mumkin. N afasning toiqinsim on o ‘sib borishi va shu kabi pasayishi, 
ham da ular o ‘rtasidagi pauzalar (to ‘xtab olish) 5 -1 0 -2 0 sek va undan uzoqroq 
davom etadi. Bunday holat Cheyn-Stoks nafasi deb ataladi. Bir necha sekund yoki 
minutning bir necha b o ia g id a davom etgan pauzadan so‘ng siyrak nafas harakatlari 
paydo b o ia d i, u dastlab yuzaki b o iib , keyin chuqurlashib va tezlashib boradi 
ham d a yuqori n u q tag a y e tg a c h , yana siyraklashadi v a nihoyat to ‘xtaydi. 
Navbatdagi pauzadan so‘ng ular yana qaytalanadi. Bunday nafas, nafas markazining 
q o ‘z g ‘alish xususiyati su say g an lig ig a ham b o g iiq . S o g io m odam da ham 
u x la y o tg a n d a b ilin a r-b ilin m a s so d ir b o ia d i. C h e y n -S to k s nafasi MNS 
zararlanganda: miyada qon aylanish buzilganda va zaharlanganda uchraydi.
Biot nafasi nafas olishning ancha sekinlashishi bilan xarakterlanadi: bunda 
m a iu m vaqt bir necha sekunddan yarim minutga qadar nafas olinmaydi. Biot nafasi 
k o ‘pincha miya kasalliklarida uchraydi va u nafas markazi qo‘zg ‘aluvchan!igining 
juda ham pasayganligini k o ‘rsatadi.
Sun 'iy nafas.
Nafas m arkazi shikastlanganda ishlamay q o ‘yib, mustaqil nafas 
olish to‘xtaydi, gazalm ashinuvini ta’minlash uchun sun’iy nafas olishi zarur boiadi. 
Sun’ iy nafas ko‘krak qafasida o ‘tkaziladigan, shuningdek, uzoq vaqt davom etuvchi 
operatsiyalarda va m iorelaksantlar yuborilganda qoilaniladi.
Sun’iy nafas oldirishning uch turi bor: l . Nafas y o ila ri orqali o ‘pkaga havoni 
ritmik ravishda kiritish 2. K o‘krak qafasining tabiiy nafas harakatlari kabi sun’iy 
ravishda ritmik kengaytirish va kesish 3. Nafas muskullarini elektrtoki bilan ritmik 
stimullash.
Birinchi usul keng tarqalgan b o iib , hozirda juda ko‘plab sun’ iy nafas apparatlari 
mavjud; og‘iz orqali traxeyaga trubka kiritilib,o‘pkaga havo m a iu m bosim bilan 
ballonchadan haydaladi; M axsus moslamalar havo kirishini boshqarib turadi. Havo 
o ‘pkaga haydalmay turgan vaqtda esa o ‘pka qisilishi hisobiga - nafas chiqarish 
sust ravishda sodir b o ia d i. 0 ‘pkaga havoni faol kiritish bilan birg ao ‘pkadan havoni
268
www.ziyouz.com kutubxonasi


so‘rib oluvchi apparallar ham yaratilgan. Maxsus apparatlar boMmaganda tez tibbiy 
yordam berish uchun eng oddiy usul - ogMzdan og‘izga havo yuborish usulini 
tatbiq etish mumkin.
Sun’iy nafas oldirishni ikkinchi usuli - ko‘krak qafasini q o ‘! bilan ritmik 
kengaytirish va qisishning turli usullari. Ko‘krak qafasini qisish tolxtatilgandan 
so‘ng, ko‘krak qafasi sust ravishda kengayadi va o ‘pkaga havo kiradi. Uzoq nafas 
oldirish uchun esa «temir o'pka» nomli maxsus apparat q o ' llaniladi. Buning uchun 
odam maxsus yotgan holdajoylashtiriladi. Kameraning oldingi qismida bosh, bo'yin 
uchun teshik va maxsus yoqa bor. Y oqa kameraning germ etikligini ta ’minlaydi. 
Odam boshi kameradan tashqarida bo'lib, kompressor yordam ida yuqori va past 
bosim hosil qilib turadi. Kamerada bosim pasayganda atmosfera havosi nafas yoMlari 
orqali o ‘pkaga kiradi va ko'krak qafasini kengaytiradi. K am erada bosim ortganda 
esa ko‘krak qafasi qisilib, o‘pkadan havo chiqadi.
Sun’iy nafas oldirishning uchinchi usuli - diafragmal nervni ta’sirlash natijasida 
diafragma qisqarishini ta ’minlash. Bu usul nisbatan kam qoMlanilmoqda.
IX 
H A Z M F IZ IO L O G IY A S I
Tirik organ izm yashashi uchun energetik va plastik m oddalam i iste’mol qilishi 
zarurdir.
Yuqori darajada rivojlangan hayvonlar organizm i, o 'sim liklardan o ‘zida 
anorganik moddalardan organik moddalam i sintezlay olm asligi bilan farqlanadi. 
Shuning uchun ham bunday m oddalar hayvonlar organizm iga tashqaridan tushishi 
zarur. Bundan tashqari, odamlar va yuqori rivojlangan hayvonlar organizmida oqsil, 
yog* va karbonsuvlar m a’Ium b ir fizik va kim yoviy ish lo v d an s o fcnggina 
assim ilyatsiya qilinadi. Mana shunday ishlovdan o ‘tk azish hazm tiztmining 
vazifasiga kiradi.

Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin