O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 12,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/236
tarix21.10.2023
ölçüsü12,57 Mb.
#159277
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   236
Normal-fiziologiya

kreator
niunosabat deyiladi.
Yurak ichiperiferik reflekslari.
Yurakning o ‘zida periferik reflekslar m avjud. 
Bu reflekslaming yoyi MNSda emas, balki m iokard ichidagi intramural tugunlarda 
ulanadi(44-rasm).
223


Yurak ichi boshqarishi mustaqil avtonom bo‘lishigaqaramay, murakkab markaziy 
boshqarilish m erarxiyasiga b o ‘y sunadi. Yurakning xususiy nerv boshqarilishi 
m etasim patik nerv sistem asi tomonidan amalga oshiriladi. Metasimpatik nerv 
sistemasi mustaqil reflektor faoliyat ko‘rsatish uchun to i i q nerv elementlaridan 
iboratdir: sezuvchi neyron, oraliq neyron va harakatlantiruvchi neyronlar.
Yurakdagi sensor neyronlar faqat yurak ichi boshqarilish mexanizmida ishtirok 
etadilar. Ulamingaksonlari adashgan vasimpatiknerv orqali MNSyuqori qismlariga 
yetadi. Yurakning metasimpatik nerv sistemasi vazifasi issiqqonli hayvonlaryuragini 
k o 'c h irib o ‘tkazganda (tran sp lan tatsiy a) yaqqol nam oyon boMadi. Yurakni 
b o sh q a ru v c h i n e rv la r d e g e n e ra ts iy a g a u c h ra g a n d a n s o ‘n g ham y u rag i 
transplantatsiya qilingan odam larda qon aylanishi jism oniy zo ‘riqishda deyarli 
sog‘lom odamlamiki singari o ‘zgaradi va organizm ehtiyojini qondira oladi.
G. I. Kositskiy yurak-o‘pka preparatida yurak reflekslarini o ‘rgandi. Ajratib 
olingan yurakning biror b o ‘limi mexanoretseptorlari cho‘zilsa, nafaqat shu bo‘lim 
qisqarishlari kuchayadi, balki boshqa boMimlar qisqarishlari ham kuchayadi.
Y u ra k d a n ta s h q a ri b o sh q a ru v m exanizm lari. Yurak innervatsiyasi-yurakka 
MNSdan simpatik va parasimpatik (adashgan nerd) nervlar orqali keluvchi impulslar 
hisobiga amalga oshiriladi. BoMmachalar va chap qorincha yakka sezuvchi nerv 
tolalaridan yozib olingan elektrik hodisalar shuni ko‘rsatadiki, ularda yakka tipdagi 
mexanoretseptorlar m avjud ekan. Kuchli cho'zilishlam i A - retseptorlar, kuchsiz 
cho‘zilishlami esa B- retseptorlar sezar ekan. Bu ixtisoslashgan retseptorlar tolalari 
adashgan nerv tarkibida boradi. Bundan tashqari* yana erkin nerv oxirlari bo lib, 
ular endokard ostida joylashgan b o ‘lib, simpatik nerv tarkibida boradi va og‘riq 
sezgisi haqida signallar yuborib turadi. Barcha vegetativ nervlar singari, yurak 
nervlari ham ikki neyrondan tarkib topgan. Simpatik nerv tizimining birinchi neyroni 
orqa miyaning yuqorigi beshta ko'krak segmenti yon shoxlarida joylashgan. Bu 
neyronlam ing o ‘sim talari b o 'yin, yuqori ko'krak va asosan yulduzsimon chigal 
tugunlarda tutashadilar. Bu tugunlarda simpatik nervlam ing ikkinchi neyroni 
joylashgan, o'sim talari esa nafaqat miokardni, balki o ‘tkazuvchi tizmni ham 
innervatsiyaqiladi.
Uzunchoq miyada adashgan nervning yadrosi joylashgan, ulaming aksonlari 
chap va o ‘ng nervlar tarkibida yurakka kelib metasimpatik nerv motoneyron bilan 
sinapslarhosil qiladi. O lng adashgan nerv tolalari, asosan o‘ng boMmachaga boradi. 
M iokardni, koronar tom irlam i va sinus tugunini (juda k o ‘p) innervatsiya qiladi. 
Chap adashgan nerv metasimpatik nervlar orqali atrio-ventrikulyar tugunda tugaydi. 
Agar tajribada o ‘ng adashgan nerv ta’siriansa, asosan yurak urishlar soniga ta sir 
etadi. Chap adashgan nerv ta ’sirlansa, boMmacha qorincha o ‘tkazuvchanligiga 
ta ’sir ko‘rsatadi.
1845 yil aka-uka E. va G. Veberlar birinchi bo4 lib, adashgan nervning yurakka 
t a ’sirin i k o ‘rsatib b e rish g a n . U lar bu nervlar ta ’s ir etilg an d a, yurak ishi 
sekinlashganini va hatto diastolada butunlay to‘xtab qolganligini kuzatishgan.
Adashgan nervni qirqib, periferik uchini elektr toki bilan ta ’sir etilsa, yurak 
qisqarishlari sekinlashadi. Bu ta ’sir manfiy 
xronotrop effekt
deyiladi. Bir vaqtning
224


o'zida yurak qisqarishlari amplitudasi pasayadi. Bu hodisa 

Yüklə 12,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin