O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 -§ . K onstitu tsiyaviy huquq — huquq tarm og'i



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

4 -§ . K onstitu tsiyaviy huquq — huquq tarm og'i
Tartibga solish zarur bo'lgan ijtimoiy munosabatlarning turlicha bo‘lishi 
huquqlarningham turli tarmoq va sohalarga bo‘linishi shartligini keltirib chiqaradi. 
Har bir huquq tarmog‘i o‘ziga mos ravishda alohida ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga solish vazifasini o'taydi. Har bir mamlakatda ijtimoiy munosabatlarning 
ko‘lami huquq tarmoqlarining doirasini belgilaydi va huquq tizimini tashkil 
etadi. Ijtimoiy munosabatlar ko‘lami, yangi munosabatlarning vujudga kelishi, 
rivojlanishi yangi huquq tarmog‘ini vujudga keltiradi. Masalan, O ‘zbekistonda 
bozor munosabatlarining rivojlanishi bir necha huquq tarmog‘ining vujudga 
kelishiga sharoit yaratdi. Jumladan, soliq huquqi, bojxona huquqi, bank huquqi, 
tadbirkorlik huquqi va boshqalar.
Konstitutsiyaviy huquq 0 ‘zbekiston huquq tizimida yetakchi huquq 
hisoblanishi bilan birga, alohida huquq tarmog‘i ham hisoblanadi, chunki faqat 
uning o‘zi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlari, ya’ni predmeti mavjud. 
Konstitutsiyaviy huquqning alohida tarmoq huquqi sifatida mavjud bo‘lishiga 
ijtimoiy munosabatlarga taalluqli asosiy munosabatlar umumiy tarzda tartibga 
solinishi zarurligi sabab bo‘ladi. Buni boshqacha qilib, ijtimoiy hayotda 
konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solish zarur bo‘lgan ijtimoiy 
munosabatlar mavjud, deb aytish mumkin.
Konstitutsiyaviy tuzum asoslari bilan bog‘liq munosabatlar (davlat 
suvereniteti, hokimiyatchilik), shaxs huquqiy holati asoslari, davlat tuzilishi, 
ma’muriy-hududiy tuzilish asoslari, jamiyatdagi nodavlat tuzilmalar faoliyati 
asoslari, hokimiyat asoslari, hokimiyat organlari tizimi va faoliyatini tashkil 
etishning asosiy prinsiplari konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga 
solinadi.
Konstitutsiyaviy 
huquq 
normalarining 
boshqa 
huquq 
tarmoqlariga 
xos xususiyatlarga egaligi ham bu huquqni alohida huquq tarmog‘i sifatida 
gavdalantiradi.
Boshqa huquq normalari kabi konstitutsiyaviy huquq normalari ham 
imperativ va dispozitiv bo‘Iadi.
Imperativ xususiyat deganda, huquq normalarida belgilangan qoida subyektga 
boshqa hech qanday harakat uchun imkoniyat qoldirmay, aniq bajarilishi shart
11


bo‘lgan topshiriqni qo‘yishi tushuniladi. Bunga Konstitutsiyaning91-moddasidagi: 
«Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimni 
egallashi, vakillik organining deputati bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanishi mumkin emas», - degan normani yoki 98-moddadagi: «Vazirlar 
Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan 
soqit qiladi», degan normani misol qilib keltirish mumkin.
Dispozitiv xarakterdagi normalarda esa subyektda shu normadagi qoidadan 
foydalanish imkoniyati mavjud bo‘ladi yoki u shu norma ko‘rsatmasidan o‘z 
xohishiga qarab foydalanadi. Konstitutsiyaning 95-moddasi Qonunchilik 
palatasi bilan Senat o‘rtasida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz 
berganda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi 
mumkin. Imperativ va dispozitiv xarakterdagi normalarni boshqa moddalarda 
ham ko‘rish mumkin.
Shunday qilib, konstitutsiyaviy huquq huquqning mustaqil tarmog'i, u tartibga 
soladigan ijtimoiy munosabatlar turli sohalarga taalluqli bo‘lib, konstitutsiyaviy 
huquq normalari ularning asoslarini belgilaydi, tartibga soladi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin