129
deb ataladi yoki ichma-ich bog‘lanishda bo‘ladi. Ikkinchi bog‘lanish “Ota-onalar va
vorislar” bu odatda vorislik deb nomlanadi.
Vorislik paytida bazaviy sinf yangi atributlar va operatsiyalar hisobiga yanada
o‘sadi. Hosila sinfda odatda yangi ma’lumotlar a’zolari, xususiyatlar va metodlar
paydo bo‘ladi. Obyektlar bilan ishlashda dasturchi odatda aniq masalani hal qilish
uchun eng to‘g‘ri keladigan sinfni tanlaydi, hamda undan bitta yoki bir nechta voris
avlod yaratadiki, ular o‘z otalarida mavjud imkoniyatlardan ko‘proq imkoniyatga ega
bo‘ladilar. Do‘stona funksiyalar hosila sinfga barcha tashqi sinflar ma’lumotlari
a’zolariga kirish huquqini olish imkonini beradilar.
Funksiya shablonlari (parametrlangan turlar) bog‘langan funksiyalar oilasini
tuzish imkonini beradi. Shablon kiritilishi uchun, hosil qilingan funksiya
avtomatlashtirish, har xil tipli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Masalan,
algoritm tartiblash uchun har qaysi funksiyani o‘zini aniqlovchi tipi qo‘llaniladi.
C++ o‘zi istisno xolatlarni yuzaga keltirmaydi. Ularni C++ ning throw
operatoridan foydalangan dasturlar yuzaga keltiradi. Istisno yuzaga kelganda, throw
operatoridagi
nom berish ifodasi muvaqqat obyektni nomlaydi
(initsiallashtiradi), Bunda muvaqqat obyektning turi ifoda argumenti (dalili) ning
turiga mos keladi. Ushbu obyektning boshqa nusxlari, masalan, istisno obyektidan
nusxa ko‘chirish konstruktori yordamida generatsiya qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: