13
o‘z
ichiga olgan;
—
Edit (tahrir) bo‘limi fayl ichidagi ma’lumotlarni tahrirlash uchun kerakli
buyruqlarni o‘z ichiga olgan:
—
Seerch;
—
View;
—
Compile;
—
Run formani ishga
tushirish;
—
Options;
—
Tols servis xizmatidan foydalanish;
—
Help yordam chaqirish.
Forma oynasida ilovalar yaratiladi. Object Inspector oynasi obyekt xossalarini
tahrirlash uchun xizmat qiladi. Obyekt xossalari bu — obyektga berilgan
xarakteristika bo‘lib, uning ko‘rinishi, joylashishi va holatidir. Masalan, Width va
Height xossalari forma o‘lchamini, top va Lift esa formaning ekrandagi holati,
Caption — sarlavha matnini aniqlaydi.
Vizual dasturlash texnologiyasida obyekt deganda muloqot oynasi va
boshqarish elementlari (kiritish va chiqarish maydoni, buyruq tugmalari,
pereklyuchatellar va boshqa) tushuniladi.
Delphida dasturlash ikkita o‘zaro ta’sir etuvchi bir-biri bilan bog‘liq jarayon
asosida tashkil qilinadi:
—
dasturni vizual loyihalash jarayoni;
—
dastur kodlarini kiritish (yozish) jarayoni.
Kodlarni yozish uchun maxsus kod oynasi mavjud bo‘lib, u dastur matnini
kiritish va tahrirlash uchun mo‘ljallangandir. Bu kodlarni yozish oynasida dasturlash
Pascal tilining rivoji bo‘lgan va kengaytirilgan Object Pascal tilida tuziladi.
Kodlarni yozish oynasi boshlanishda o‘z ichiga holi bo‘sh formani
akslantiruvchi dastur matnini yozib chiqaradi. Dastur loyihasini ishlash mobaynida
dasturchi kerakli dastur operatorlarini kiritib, formani loyiha bo‘yicha akslantiradi.
Delphida dasturlash forma oynasini tashkil etishdan boshlanadi.
14
Oddiy dastur ilovasini yaratish ketma-ket
File=> New=> Application
buyrug‘ini berish bilan boshlanadi. Bu buyruqni berishdan oldin ikkita asosiy ishni
bajarish lozim:
—
papka tashkil etish;
—
tizimni to‘g‘rilash.
Delphi dasturlash muhitida ishlash jarayonida quyidagi kengaytmali fayllar
ishlatiladi:
—
loyiha fayli, kengaytmasi
.dpr;
—
paskal moduli fayli, kengaytmasi
.pas;
—
komponentalar
joylashgan fayl, kengaytmasi
.dcu;
—
formalar joylashgan fayl, kengaytmasi
.dfm;
—
ma’lumotlar bazasi fayli, kengaytmasi
.dbf.
Tayyorlanadigan Delphi dastur uchta asosiy etapdan o‘tadi:
—
kompilyatsiya;
—
komponovka;
—
bajarish.
Kompilyatsiya etapida tayyorlangan dastur matni Object Pascal tiliga
o‘tkaziladi. Kompanovka bosqichida esa kerakli qo‘shimcha yordamchi dasturlar va
ostdasturlar unga birlashtiriladi.
F9 tugmasini bosish bilan
Save UnitAs dialog
oynasi paydo bo‘ladi va sizdan
Unit.pas moduli uchun fayl nomini va joylashadigan
papkani ko‘rsatishingizni so‘raydi. Agar joyi ko‘rsatilmasa Delphi avtomatik
ravishda dasturingizni
Bin papkasiga joylashtiradi. Yaxshisi siz bu papkani o‘z ishchi
papkangiz nomiga almashtiring, masalan,
My_Delphi. Dastur kompilyatsiya qilinishi
paytida Delphi sistemasi
pas,
dfm va
dcu kengaytmali modullar tuzadi.
.pas
kengaytmali fayl kodlarni yozish oynasiga kiritilgan dastur matnini,
.dfm forma
oynasi tashkil etuvchilarini,
.dcu kengaytmali fayl esa
.pas va
.dfm kengaytmali
fayllarning birgalikdagi mashina kodiga o‘tkazilgan variantini saqlaydi. Bu
.dcu
kengaytmali fayl kompilyator tomonidan tashkil qilinadi va yagona ishchi
(bajariluvchi)
.exe kengaytmali fayl tashkil qilishga baza yaratadi.