9.4. Inkrement va dekrement amallarini qo‘shimcha yuklash C ++ tilining zamonaviy versiyalarida prefiks ++ va -- operatsiyalarni qo‘shimcha
yuklash boshqa operatsiyalarni yuklashdan fark qilmaydi, Postfiks shakldagi ++va --
amallarini kayta yuklaganda yana bir int tipidagi parametr kiritilishi kerak.Agar
qo‘shimcha yuklash uchun global funksiya ishlatilsa uning birinchi parametri sinf
tipiga, ikkkinchi parametri int tipiga ega bo‘lishi kerak.
Dasturda postfiks ifoda ishlatilganda butun parametr ham qiymatga ega bo‘ladi.
Quyida postfiks va prefiks ++ va – amallari uchun funksiya – amallarga
misollar keltirilgan.
Misol:
complex &complex::operator++() // prefiks uchun komponenta
{ re++; return *this;}
complex &complex::operator--(int k) // postfiks uchun komponenta
{ re--; return *this;}
complex &operator++(complex& a) // prefiks uchun do‘stona
{ a.re++; return a;}
complex &operator++(complex& a, int k) // postfiks uchun do‘stona
{ a.re++; return a;}